O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Birja tashkil qilgan savdo maydonchalari ro‘yxati


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

13. Birja tashkil qilgan savdo maydonchalari ro‘yxati.
Quyidagilarni sotish bo‘yicha savdo maydonchalari:
– neft mahsulotlari;
metall mahsulotlari;
– yog‘och materiallar;
qurilish materiallari;
– kimyo va neft-kimyo mahsulotlari.
Quyidagilarni sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari o‘tkaziladigan 
savdo maydonchalari:
– paxta tolasi;
paxta linti;
– paxta shroti va shulxa;
– rangli metall.
Yuqori likvidli mahsulotlarni EKVda sotish bo‘yicha savdo 
maydonchalari.
Ko‘rgazma va yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha ixtisos-
lashgan savdo maydonchalari.
Xulosa
Tovar birjasi – savdo bitimlari tuzish bo‘yicha vositachilik xiz-
matlari ko‘rsatish; tovar savdosini tartibga solish; savdo operatsi-
yalarini tartibga solish va savdo muammolarini hal qilish; narxlar 
haqida, ishlab chiqarishning ahvoli va narxga ta’sir etuvchi boshqa 
omillar haqida ma’lumot to‘plash va e’lon qilish uchun o‘zini o‘zi 
oqlash asosida faoliyat ko‘rsatadigan tashkilotdir. Tovar birjasida 
bitim predmeti tovar va uni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar 
hisoblanadi.
Tovar birjasi, qoidaga ko‘ra, tijorat tashkiloti hisoblanmaydi. 
Katta foyda olish – uning maqsadi emas. Tovar birjalarini shart-
li ravishda ishlab chiqaruvchilar va vositachi firmalar tomonidan 
qo‘shma loyihani amalga oshirish – har bir qatnashchiga sotuv va 
xarid operatsiya o‘tkazishni ta’minlovchi, tartibga solinadigan to-
varlar bozorini tashkil qilish uchun tuziladigan konsorsium sifatida 
ifodalash mumkin.


176
Qatnashchilar oladigan foyda tijorat ishlarini amalga oshirishga 
sarflanadigan xarajatlarni tejab qolish bilan ta’minlanadi.
Birjani aksiyadorlik turidagi tijorat tashkiloti sifatida ham tuzish 
mumkin. Biroq bunda qatnashchi-tashkilotchilar ularning mijozla-
ridan foydalanadigan mijozlardan ancha kam bo‘lishi lozim. Shun-
da ta’sischilar manfaatlarida turli vositachilik xizmatlari ko‘rsatish 
hisobiga birjaning ishlari foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Birjaning oliy boshqaruv organi bo‘lib aksiyadorlar yig‘ili-
shi xiz mat qiladi. Birja faoliyatiga joriy rahbarlikni uning tarkibi 
va raisi aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tayinlanadigan qo‘mita 
amalga oshiradi.
Birjada faoliyat yuritadigan asosiy shaxslar – birja qatnashchi-
lari manfaatlarini ifodalovchi va ularning nomidan bitimlar tuzadi-
gan brokerlardir. Bu holatda brokerlar agentlar sifatida ishtirok eta-
dilar. Agar brokerlik idorasi o‘z hisobidan operatsiyalarni amalga 
oshiradigan bo‘lsa, u prinsipal sifatida qatnashadi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling