qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha va-
kolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki
207
qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini mu-
vofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi;
repo akseptanti – Savdo tizimida repo tashabbuskori bilan bi-
tim tuzgan tomon;
repo tashabbuskori – repo bitimida ishtirok etish taklifi bilan
Birja Savdo tizimiga buyurtma kiritgan tomon;
repo bitimi varaqasi – repo seksiyasidagi birja savdosi natijasi
bo‘yicha repo bitimi amalga oshirilganligi haqida tuzilgan hujjat;
rasmiy birja byulleteni – birja savdolariga qo‘yilgan qimmatli
qog‘ozlar ro‘yxati;
rasmiy birja listingi – birja tomonidan belgilangan talablarga
mos keladigan listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlarini o‘z
ichiga olgan rasmiy birja byulletenining bir qismi;
repo-kelishuv – tomonlar ishtirokida repo bitimini amalga oshi-
rish uchun tuziladigan kelishuv bo‘lib, u ushbu bitimning narxi va
o‘zga shartlarini, shuningdek, muddatlarini belgilaydi;
repo bitimi – qaytarib sotib olish sharti ko‘zda tutilgan qimmat-
li qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi;
savdo kunining bayonnomasi – Bosh makler tomonidan sav-
do kunining yakunlari bo‘yicha tuziladigan hujjat bo‘lib, unda so-
tish va (yoki) sotib olish uchun qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning
umumiy soni, savdolarda qatnashgan birja a’zolari, birja savdola-
rining natijalari hamda savdo jarayonida yuz bergan voqealar
haqidagi ma’lumotlar aks etadi;
seksiyalar bo‘yicha birja savdolarining yakunlari – savdo
kunining yakunlari bo‘yicha Savdo tizimining muayyan seksiyasi-
da qayd etilgan birja savdolarining natijalari;
seksiya – mazkur Qoidalarga muvofiq muayyan qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha savdolarni o‘tkazish uchun ajratilgan Birja Sav-
do tizimining sektori;
Do'stlaringiz bilan baham: |