O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


spred – qimmatli qog‘ozlar narxlarining betgilanadigan yuqori  va quyi chegaralari va kotirovkalangan narxi o‘rtasidagi farq; savdo sessiyasi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

spred – qimmatli qog‘ozlar narxlarining betgilanadigan yuqori 
va quyi chegaralari va kotirovkalangan narxi o‘rtasidagi farq;
savdo sessiyasi – muayyan seksiyada qimmatli qog‘ozlar sav-
dosini amalga oshirish uchun birja tomonidan belgilangan vaqt;


208
savdo tizimi – qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni tuzish va 
bajarish maqsadida axborotni ushlab turish, saqlash, unga ishlov 
berish va oshkor etishni ta’minlovchi texnik-dasturiy kompleks; 
savdo kuni – birja savdolari o‘tkaziladigan amaliyot kuni;
sotish narxi – sotuvchi tomonidan qimmatli qog‘ozning birja 
savdolarida sotilgan narxi;
taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar qimmatli 
qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi mulkiy huquqlarni realizatsiya 
qilish uchun kifoya qiladigan qimmatli qog‘ozlar;
treyder – qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka 
attestatiga va birja a’zosi nomidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan hamda Birja to-
monidan belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yiladigan birja 
a’zosining vakolatli xodimi;
taklif narxi – uzluksiz ikki tomonlama auksion texnologiyasi 
bo‘yicha ishlovchi seksiyalarda birja a’zosi tomonidan qimmatli 
qog‘ozni sotish buyurtmasida ko‘rsatilgan narx;
talab narxi – birja a’zosi tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib 
olish buyurtmasida ko‘rsatilgan narx;
uzluksiz ikki tomonlama auksion – elektron tartibda amal-
ga oshiriladigan kimoshdi savdosining turi; bunda Savdo tizimi 
avtomatik tarzda buyurtmalar parametrlari bilan mavjud muqobil 
buyurtmalarni izlab taqqoslaydi va birja savdolari natijalarini qayd 
etadi;
veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan bosh-
qa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel 
egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini 
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling