O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Fanning maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi: –
O‘quvchilarni butun insoniyat, chunonchi, Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi yaratgan ma’naviyatga oid bilimlar bilan qurollantirish; –
Buyuk vatandoshlarimizning jahon tafakkuri taraqqiyotiga, Islom madaniyati va tasavvuf axloqiga qo‘shgan beqiyos hissalarini yoritish orqali ularda milliy-ma’naviy merosdan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash. Fanning vazifasi: –
Yoshlarda ajdodlarga munosib voris bo‘lish, milliy qadriyatlar hamda urf-odatlarimizga ongli munosabat va daxldorlik hissini uyg‘otish; –
Mustaqillikni asraydigan, Vatan kelajagi uchun, yurt ravnaqi uchun fidoiy farzandlarni tarbiyalash; –
tahdidlar, illatlar, qusurlardan himoya qila oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish. Fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakalariga qo‘yiladigan talablar O‘quvchilar ushbu fanni organish orqali:
Ma’naviyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati;
“Ma’naviyat asoslari” fanining ijtimoiy, ilmiy-nazariy, badiiy- estetik, amaliy manbalari;
Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining yozma yodgorliklari; ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning shakllanish va mavjudlik tamoyillari;
Barkamol shaxs ma’naviyatida milliy marosimlar, urf-odat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rni va roli; 348
Ma’naviy barkamollikda milliylik va umuminsoniylik birligi; insonga, vatanga muhabbat, fidoiylik, bunyodkorlik, adolatlilik, huquqqa hurmat ma’naviy shaxsning fazilatlari ekanligi;
Insonparvarlik, vatanparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mehr- oqibat, birodarlik yuksak ahloqlilik barkamol shaxs ma’naviyatining muhim jihatlari ekanligi;
Kasb-hunarli bo‘lish, ilm-fanni ishtiyoq bilan o‘rganish Vatanga fidoiylik namunasi ekanligi;
Mahalla muhiti va oila ma’naviyati-milliy taraqqiyotimiz kafolatlari ekanligi haqida nazariy bilimlarga ega bolishi; Davlat rahbarimizning ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati bilan bog‘liq fikrlarini o‘rganib borish; ommaviy axborot vositalari va boshqa tarmoqlardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish,tahliliy yondashish va mavzu bilan bog‘lay olish; O‘zbekistondagi ma’naviy islohotlar jarayonlarni kuzatish va ularga oid diagrammalar, infogrammalar tayyorlay olish; O‘rgangan bilimlarini bir davrdan ikkinchi davrga o‘tkaza olish, qiyosiy tahlil qilish; mustaqil bilimlarini boyita olish; fanga oid bo‘lgan atamalar izohini topa olish, ulardan o‘rinli foydalanish; O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlariga oid ma’lumotlarini jamlay olish va taqdimotlar tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bolishi; Jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarga faol kirisha olish; Jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar va hodisalar, vaziyatlarga baho berish, ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash; Aniqlangan xususiy natijalarni umumlashtirib, asosiylarini ajratish, xulosa chiqara olish; Jarayonga munosabat bildirishda tanqidiy va asosli fikrlay olish; jamiyatda bo‘layotgan har qanday voqea-hodisalarga dahldorlikni his etish;
o‘zlikni anglashni shakllantirish; Milliy ma’naviyatimiz boyliklarini jahonga tanitishda fidoiy bo‘lish; Ekologik madaniyat va ma’naviyatni takomillashtirishda fidoiy bo‘lishni anglash malakalariga ega bolishi lozim. Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi “Ma’naviyat asoslari” fani umumtalim fanlaridan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Ona tili va adabiyot”, “Tarix”,
349 “Falsafiy fanlar”, “Oila psixologiyasi”, “O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Huquqshunoslik” fanlari bilan uzviy bog‘liq hamda uslubiy jihatdan ketma- ketdir.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Zamonaviy axborot texnologiyalari: Kompyuter texnikasi, proektor, ovoz kuchaytirgich, printer, nusha ko‘chirish apparati, elektron doska va boshqa multimedia vositalari yordamida o‘qitiladi.
o‘qish”, “Loyiha”, “Keys-stadi” kabi interfaol pedagogik texnologiyalar hamda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Amaliy o‘yin”, “Rolli o‘yin”, “Yelpig‘ich”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Zinama-zina”, “Tushunchalar tahlili”, “T sxema”, “Atamalar zanziri”, “Toifalash jadvali”, “FSMU”, “B-B-B”, “Blits-so‘rov”, “Insert” va boshqa shu kabi metodlar qo‘llaniladi.
orqali mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida taqsimlagan holda mashg‘ulotni tashkil etadi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qaytar aloqani o‘quv topshiriqlar (og‘zaki, yozma) yordamida mustahkamlaydi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, yangi pedagogik texnologiyalar orqali
o‘quvchilarda mavzu
bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi.
o‘quvchilarning bilimlari pedagogik texnologiyalar asosida
mustahkamlanadi. O‘qituvchi mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beradi. Taqdimotlarni kuzatadi, nazorat qiladi, baholaydi.
mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro‘yxatini shakllantiradi, mustaqil ishlarni bajarish shaklini belgilaydi, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi. Mustaqil ishlar 350 yakuniy nazorat o‘tkazilgunga qadar tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi.
O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlar darslik va o‘quv qo‘llanmalarda to‘liq yoritilishi o‘qituvchiga vaqtni tejashga va tejalgan vaqtdan mavzularga oid qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallar tayyorlash uchun foydalanish imkoniyatini yaratish; – bu borada tajribali, yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, o‘rganishni yo‘lga qo‘yish; –
biladigan, fidoiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor bo‘lishi lozim; – Тa’lim berishda zamonaviy texnik imkoniyatlar Respublika miqyosida oshirilishiga qaramasdan, o‘qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal bilim berish yo‘llarini izlab topmog‘i va ularni qo‘llamog‘i kerak; muzeylarga, tarixiy joylarga, dalalar, zavod-fabrikalar, san`at dargohlari, kontsert zallari, teatr, kino, televideniya, nashriyotlar va hokazolarga sayohat darslari tashkil etishni nazarda tutadi. O‘QUVCHILARNING BILIMLARINI BAHOLASH Fanning xususiyatini hisobga olgan holda reyting tizimi bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqildi. O‘quvchining fan bo‘yicha o‘zlashtirishni baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: – joriy baholash (JB); – akuniy baholash (YaB). JB da fanning har bir mavzusi bo‘yicha o‘quvchining bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi. JB turlari har bir mavzuning hususiyatidan kelib chiqqan holda, og‘zaki, yozma ish, test, nazorat ishi, uy vazifasi, kollokvium va shu kabi boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. YaB da o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmun doirasida baholanadi. O‘quvchining semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy balli har bir baholash turlaridan to‘plangan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi. YaB turi test shaklida o‘tkaziladi.
351 O‘quvchining fan bo‘yicha mustaqil ishi JB va YaB turlarida baholandi. O‘quvchilar bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.
4,5-5
A’lo Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish; Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 3,5-4
Yaxshi Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 2,5-3 Qoniqarli Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 1-2
Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega emaslik; Bilmaslik.
“Ma’naviyat asoslari” fanidan o‘tkaziladigan reyting tizimi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan: – o‘quvchilarning “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘zlashtirishini muntazam ravishda nazorat etib borish, ularni o‘quv semestri davomida o‘z bilimlarini uzluksiz faol ravishda oshirib borishlarini ta’minlash. –
natijalarini ularga muntazam ravishda ma’lum qilib borish; –
o‘quvchilarni mafkuraviy muammolar bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini keng rivojlantirish; – “Ma’naviyat asoslari” fanidan ta’lim beradigan o‘qituvchilarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilar bilimini baholash uchun savollarni tuzishda mas’uliyatni oshirish va hokazolar.
352 Mavzular bo‘yicha dars soatlarining tahminiy taqsimoti
Fan bo‘limlari va mavzular Umumiy yuklama, soat Dars turi bo‘yicha soatlar taqsimoti Hammasi
1 “Ma’naviyat asoslari” fanining maqsad va vazifalari. 2 2
2 Ma’naviy meros. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. 8 6
4 2 3 Bashariyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni.
6 4 2 2 2 4 O‘rta Osiyolik mutafakkirlarning jahon madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi. 6 4
2 2 5 Ta’lim - tarbiya – inson ma’naviyati shakllaniishiga bevosita ta’sir etuvchi omil. 6
2 2 2 6 Barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviyatning o‘rni. 4 2 2
2 7 Insonparvarlik, vatanparvarlik va
tinchliksevarlik – shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi. 6 4
2 2 8 Demokratik jamiyatning shakllanishida ma’naviyatning o‘rni. 6 4
2 2 9 Jamiyat taraqqiyotida islohotlar va ularning ma’naviy mezonlari. 6 4
2 2 10 Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash. 5 4 2 2 1 11 Mamlakat taraqqiyotidagi mas’uliyatni his etish yoshlarning yuksak ma’naviy burchi. 3 2 2
1 Jami: 58 40 22 18 18 O‘quv dasturining mazmuni 1-mavzu. “Ma’naviyat asoslari” fanining maqsad va vazifalari. Ma’naviyat tushunchasiga ta’rif. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridagi kontseptual g‘oyalar asosida ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berish. 353 Ma’naviyat asoslari fanining ijtimoy-gumanitar fanlar bilan aloqasi. Tarix, adabiyot va inson falsafasi ma’naviyatning nazariy manbalari sifatida. O‘zlikni anglash. Ma’naviyatni anglash. Ma’naviyat inson ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liq tushuncha ekanligi. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy – ma’rifiy, madaniy-diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etishi. Ma’naviyatga bevosita ta’sir etuvchi omillar. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar. Ma’naviyatni anglashda ona tilining o‘rni. O‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlikning til orqali namoyon bo‘lishi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi.
Ma’naviy meros hamda qadriyatlar tushunchalari. Qadimiy diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hamda umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismi ekanligi. Mustaqillik tufayli xalqimiz ma’naviy merosiga, qadriyatlariga munosabatning o‘zgarishi. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida amalga oshirilgan tadbirlar. Davlat ramzlarini qabul qilinishi, Navro‘z, hayit bayramlari, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Bobur singari ulug‘larimiz nomlarining tiklanishi borasida olib borilgan ishlar. Muqaddas dinimiz ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligi. Islom dini va madaniyati rivojiga xalqimiz tomonidan qo‘shib kelinayotgan beqiyos hissa. Xalqaro Islom Konferentsiyasi tashkilotining ta’lim, fan, va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi (AYSESKO) 2007- yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e`lon qilganligi. Madaniy boyliklar. Mamalakatimiz hududida mavjud bo‘lgan tarixiy obidalar umumjahon merosining noyob namunasi ekanligi. O‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va shaharsozlik yuksak darajada rivoj topganligi haqida. Madaniyatning ilm, axloq, badiiy, diniy qadriyatlar kabi tarkibiy qismlari mavjudligi. “Avesto” bebaho ma’naviy meros. Xalq og‘zaki ijodi va uning noyob durdonalari. “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarida ota-bobolarimizning chet el bosqinchilariga qarshi Vatan, xalq ozodligi uchun kurashlarining tasvirlanganligi. Milliy bayramlar xalq ma’naviyatining ko‘zgusi ekanligi. Milliy urf-odatlar. Mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, muammolarni birgalikda xal qilish,
354 hashar. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Xotira va qadrlash kunining joriy etilishi. Xotira maydonlari, Motamsaro ona haykalining barpo etilishi, ”Xotira” kitobining chop etilishi. Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunining joriy etilishi”. Shahidlar xotirasi” xiyoboni va “Qatag‘on qurbonlarini yod etish” muzeyining barpo etilishi haqida.
3-mavzu. Bashariyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni. Insoniyat tarixida jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlarning ma’naviy merosi. Aristotel, Platon va Sokratning falsafa tarixidagi o‘rni. Gerodot, Ksenofont kabi tarixchilarning asarlari, Kul Tegin obidasi, O‘rxun-Enasoy toshbitiklari. Bag‘doddagi “Bayt ul-hikma” va Xorazm Ma’mun akademiyasi va unda faoliyat yuritgan olimlarning ma’naviy qarashlari. O‘rta asrlarda Yevropa uyg‘onish davri namoyandalari Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley. XX asr tarixida Hindiston milliy ozodlik kurashining yetakchisi Mahatma Gandining ma’naviy qarashlari.
Buyuk allomalarning ilmiy-ijodiy kashfiyotlari ma’naviyatimiz mezoni. Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy. Ularning hayoti va buyuk merosi xalqimiz ma’naviy boyligi isboti ekanligi. Sohibqiron Amir Temur. “Temur tuzuklari”. Mirzo Ulug‘bek. “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”. Alisher Navoiy so‘z mulkining sultoni. Buyuk
mutafakkir va
allomalarimizning islom
madaniyati taraqqiyotidagi ulkan hissasi. Imom Buxoriy hadis ilmining sultoni. “Al- jome` as-sahih”. Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi. “Sunani Termiziy”. Imom Moturudiy – musulmonlarning e`tiqodini tuzatuvchi. Burxoniddin Marg‘inoniy islom din va millatning hujjati. “Hidoya” asari. Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy tariqatining asosi “Diling Ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin”. Buyuk allomalarimizning dunyo miqyosida e`tirof etilishi va ularga nisbatan hurmat. Jadidchilik harakati namoyandalari. Ajdodlarimizning ilmiy merosi davomchilari, o‘zbek fani va madaniyatining fidoiylari.
355 5- mavzu. Ta’lim- tarbiya – inson ma’naviyati shakllaniishiga bevosita ta’sir etuvchi omil sifatida. Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi. Ta’lim-tarbiya davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Ta’lim va tarbiya ajratib bo‘lmaydigan uyg‘unlikdir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi” ta’lim jarayoni mazmunini tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi. Ta’limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda or- nomusni, vatan va xalq oldidagi mas`uliyatni, yuksak axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan hamda ma’naviy-ruhiy fazilatlarni singdirishdan iborat ekanligi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda ta’lim va tarbiya ishlarining ahamiyati benihoya katta ekanligi. Inson qalbiga yo‘l ta’lim -tarbiyadan boshlanadi. Maktab - ma’naviyat ma’rifat maskani. 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Mamlakatimizda ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonlarida adabiyot hamda san`at. Erkin ijod imkoniyatlari. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda ilmu fan, san`at, ijod ahlining o‘rni. Ommaviy axborot vositalari- ma’naviy targ‘ibotning markaziy namoyandasi. Ommaviy axborot vositalarining keng imkoniyatlari, faoliyati va kelajakdagi maqsadlari. Ilm – inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilat ekanligi. , Ilm kishini zehnini, fikrini o‘tkir qilishi. Kishi xayotidagi ishlarni haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga soladigan vosita bu – ilm ekanligi. Kasbiy mahoratni shakllantirishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalash, mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotini yanada takomillashtirishda ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, zamonaviy texnika va texnologiyani muayyan sohalarga tatbiq etish, ulardan samarali foydalanish yo‘llari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari ochib beriladi. Zamonaviy mutaxassis o‘z kasbiy faoliyati sohasidagi yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo‘nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni yechish yo‘llarini ko‘ra bilishi lozim. Kasbiy mahorat yoshlarni kasbga yo‘naltirish va tayyorlashda kasb egalariga nisbatan hurmat hissini, kasbiy g‘ururni shakllantirishdan iborat ekanligi.
Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling