O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
-mavzu. Estetikaning asosiy tushunchalari
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu. Texnika va sport estetikasi estetikasi
- 10– mavzu. Estetik tarbiya
- Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a’zolari
- Fanning vazifasi
6-mavzu. Estetikaning asosiy tushunchalari Estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) - estetik bilishning muhim omili sifatida. Nafosat - estetikaning keng qamrovli mushtarak mezoniy tushunchasi. Go‘zallik mezoniy tushunchasi. Go‘zallik haqidagi tasavvurning o‘zgaruvchanligi, go‘zallikka sifatning ta’siri, go‘zallik va manfaat, go‘zallikkning san’atda namoyon bo‘lishi, go‘zallik va xunuklik. Ulug‘vorlik mezoniy tushunchasi. Ulug‘vorlikning favqulodda salbiy hissiyotlarga asoslanishi. Ulug‘vorlikka son va miqyosning ta’siri, tabiatdagi ulug‘vorlik, ulug‘vorlikning san’atda namoyon bo‘lishi, ulug‘vorlik va tubanlik. Fojiaviylik mezoniy tushunchasi. Fojiaviy to‘qnashuv va uning asoslari, fojiaviylik va estetik ideal, fojiaviylikning san’atda namoyon bo‘lishi, fojia(tragediya) - san’at janri sifatida, fojiaviy ziddiyat va fojiaviy qahramon. Forig‘lanish. Kulgililik mezoniy tushunchasi. Kulgili holat, kulgi va uning inson hayotidagi o‘rni, hazil hissi, kulgililikning san’atda namoyon bo‘lishi va uning ifoda shakllari (hajv, mutoyiba, kinoya, kesatiq, istehzo) Kulgi (komediya) - san’at janri sifatida. Kulgining forig‘lantirish xususiyati. Estetik mezoniy tushunchalarning o‘zaro aloqalari va ijtimoiy ahamiyati. To‘rtinchi bo‘lim. amaliy estetika 7-mavzu. San’at estetikasi San’atning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati. San’atda o‘yin nazariyasining ahamiyati. Yozef Xeyzing nazariyasi. O‘yin va badiiy ijod, estetik ko‘rinish va o‘yin. San’atda hayotiy haqiqat va shartlilik, unda milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni. San’at va axloq, san’at va din, san’at va falsafa, san’at va mehnat, san’at va siyosat, san’at va texnika, san’at va mafkura. San’at psixologiyasi. San’at sostiologiyasi. San’at asarida badiiy obraz. San’atda tipiklashtirish va ideallashtirish. San’at asarida shakl va mazmun. San’atda mavzu va g‘oya, syujet va kompozistiya, usul va uslubiy shakllar.
374 San’atning turlarga bo‘linishi. Turdosh san’atlar va janrlar. Estetika tarixida san’at turlarini turkumlash muammosi. San’at turlari: badiiy adabiyot, xalq amaliy san’ati, me’morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, musiqa, badiiy suratkashlik, xattotlik, estrada va stirk, kino, askiya, qo‘shiqchilik va raqs, notiqlik, qiroat san’ati (badiiy o‘qish). Badiiy ijod estetik faoliyatning bir turi sifatida. Badiiy qobiliyat, iste’dod va daho. Iste’dod va mehnat. San’atkor shaxsining favquloddalik xususiyati. San’atkorning jamiyatdagi o‘rni: san’atkor va zamon; san’atkor va tarix; san’atkor va milliy g‘oya; san’atkor va mafkura; san’atkorning maylparastlik va mafkurachilik xususiyati. San’at asarini estetik idrok etishning ijodiylik tabiati. Idrok etuvchining «hammualliflik», «ishtirokchilik» roli. Estetik idrok etishda estetik masofa omilining ahamiyati. Estetik idrok etish madaniyatini ravnaq toptirish muammolari.
Tabiatning estetik xususiyatlari: uning go‘zallik va ulug‘vorlik manbai ekanligi; tabiat estetikasining o‘ziga xos jihatlari; uning nafosat olami va estetik faoliyat obyekti sifatida namoyon bo‘lishi; tabiat va badiiy ijod; tabiat va ijodkor. Tabiat estetikasining badiiy-estetik mohiyati va xususiyati. Tabiat estetikasi tabiat borlig‘i va xususiyatlarini anglash usuli sifatida. Tabiat estetikasini anglashga doir ijtimoiy-estetik qarashlar tarixi. Atrof-muhit va uning tuzilmasi: tabiiy muhit; ishlab chiqarish muhiti; turmush muhiti; atrof-muhitni go‘zallashtirishning an’anaviy va yangicha usullari; uning zamonaviy muammolari. Estetika va ekologiyaning hamkorligi va bu hamkorlikning dolzarbligi. Zamonaviy estetik madaniyat va turmush estetikasi: turmush estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari; estetik o‘zni tutish yoxud hulqiy go‘zallik muammosi; nutq madaniyati va inson tashqi qiyofasini go‘zallashtirishning ahamiyati; shaxsiy va oilaviy munosabatlar go‘zalligi. Turmush estetikasining ijtimoiy-madaniy faoliyat shakli sifatidagi mohiyati. Turmush estetikasiga doir an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar. Turmush estetikasining jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rni va roli. Go‘zal turmush tarzi tushunchasining ko‘p qirrali ekanligi. Tabiiy muhit, narsalar dunyosi va ichki dunyo uyg‘unligi. An’anaviy urf-odatlar estetikasi va zamonaviy estetik ehtiyoj. Nur, rang va tovush estetikasi. Estetika va moda. Moda va dizayn.
Ilmiy texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishdagi estetik faoliyat. Dizaynning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati, texnika estetikasi -
375 dizayn nazariyasi sifatida, texnika estetikasining zamonaviy ishlab chiqarishda foydali va estetik jihatdan boyib borishi. Xalq amaliy san’ati va dizayn.
Texnika estetikasining ahamiyati va uning zamonaviy estetika fanida tutgan o‘rni. Texnogen sivilizatsiya - estetik
faoliyat va
estetik didni
shakllantirishning muhim
omili. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirishning estetik muammolari. Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik qadriyatlar – barqarorlikni ta’minlovchi omil. “Dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiorining global
ahamiyati. Olamni
estetik anglashda jamiyat axborotlashuvining roli. Axborot estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning ijtimoiy- siyosiy, badiiy-ijodiy, ma’naviy-axloqiy jarayonlar bilan bog‘liqligi. Reklamaning estetik
xususiyatlari. Reklama
faoliyatiga estetik
qonuniyatlarning ta’siri. Reklamalardagi g‘ayriestetik holatlar va ularning ko‘rinishlari. Reklamaning estetik g‘oyasida milliylik va umumbashariylik dialektikasi. Sport estetikasining mohiyatan inson harakati go‘zalligi va ulug‘vorligini estetik anglab etish ekanligi. Sport estetikasi ma’naviy va jismoniy komillik uyg‘unligining in’ikosi sifatida. Uning sport fanatizmini engib o‘tish vositasi tarzidagi ahamiyati; Sport estetikasi insonning ijtimoiy faoliyat shakli sifatidagi mohiyati. Uning tabiat va jamiyat uyg‘unligini idrok etishdagi roli. Sport va sport estetikasining borliq uyg‘unligini anglab etishdagi falsafiy mohiyati. Sport estetikasiga doir ijtimoiy-estetik qarashlar tarixi. Sport va ijod, uning mohiyatan jildosha san’ati bilan bog‘liqligi. Sportning «estetik» turlari: figurali uchish; badiiy gimnastika; suvga sakrash; sinxron suzish; ot sporti v.b. 10– mavzu. Estetik tarbiya Shaxs kamolotida estetik tarbiyaning ahamiyati. Estetik tarbiyaning hozirgi zamondagi xilma-xil yo‘nalishlari va vositalari. San’at-estetik tarbiyaning asosiy vositasi sifatida. Estetik tarbiyada badiiy-estetik ijodning o‘rni. Estetik tarbiya bilan ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligi muammosi. Estetik ravnaq va unda badiiy havaskorlik hamda san’at targ‘ibotining mavqeyi. Xalq estetik ehtiyoji va badiiy didini yuksaktirishning dolzarbligi. Ommaviy madaniyat hodisasi va uning yoshlar estetik tarbiyasiga salbiy ta’siri.
376
1-mashg‘ulot. Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Reja: 1. Estetika nafosatning mohiyatini o‘rganuvchi qadimiy falsafiy fan sifatida. 2. Estetikaning boshqa zamonaviy fanlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligi. 3. Estetika fanining asosiy vazifalari. 2-mashg‘ulot. Qadimgi dunyo estetikasi. Reja: 1.
Ko‘hna Sharq qadimgi dunyo nafosat ilmining beshigi sifatida. 2.
«Avesto» va undagi estetik g‘oyalar. 3.
Qadimgi Hindi-Xitoy mintaqasidagi estetika va san’at taraqqiyoti. 4.
Qadimgi dunyoning mumtoz estetikasi. 3-mashg‘ulot. O‘rta asrlar mutafakkirlarining estetik ta’limotlari. Reja: 1.
Umumjahoniy dinlar va ularning san’at bilan o‘zaro hamkorligi. 2.
O‘rta asrlar budda Sharqi estetik tafakkuri. 3.
O‘rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlarining estetik qarashlari. 4.
O‘rta asrlar Yevro‘pa estetikasi. 4-mashg‘ulot. Yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo‘nalishlar. Reja: 1.
Yevro‘pa marifatparvarlarining estetik qarashlari. 2.
Olmon mumtoz estetikasi. 3.
Yevro‘pa estetikasidagi norastional yo‘nalishlar. 4.
Eng yangi davrning estetik ta’limotlari. 5-mashg‘ulot. Turkiston ma’rifatchi-jadidlarning estetik qarashlari. Reja: 1.
Jadidchilik harakati va uning estetik asoslari. 2.
Furqat va Anbar otin ilgari surgan estetik g‘oyalar. 3.
Avloniy, Fitrat va Cho‘lponning estetik qarashlari. 4.
Jadid teatr estetikasi. 377 6-mashg‘ulot. Estetik ong va estetik faoliyat. Reja: 1.
Estetik ong va uning tuzilmasi. 2.
Estetik faoliyat mehnatning o‘ziga xos turi sifatida. 3.
Estetik faoliyat turlari. 7-mashg‘ulot. Estetikaning asosiy tushunchalari. Reja: 1. Estetik mezoniy tushunchalar – kategoriyalarning o‘rganishning ahamiyati. 2. Go‘zallik va xunuklik tushunchalari 3. Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchalari. 4. Fojiaviylik va kulgililik tushunchalari. 5. Asosiy estetik tushunchalarning o‘zaro aloqalari.
1.
San’atning vujudga kelishi va uning estetik mohiyati. 2.
San’at turlari. 3.
San’at turlarining o‘zaro aloqadorligi. 4.
Badiiy ijod jarayoni va san’at asarini estetik idrok etish. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati : Asosiy adabiyotlar: 1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Т.: “O‘zbekiston”, 2015. 2.
I.A.Karimov. Istiqlol va ma`naviyat. – Т.: 1994. 3.
I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Т.:, 1996. 4.
5.
I.A.Karimov. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gaz., 2000- yil, 8 -iyun. 6.
Karimov. I. A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat”. 2008. 7.
O‘zbekiston. 2009. 8.
Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonosida. – T.: “O‘zbekiston” 2011. 9.
xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. –T.: O’zbekiston. 2015. 10.
E.Umarov. Estetika asoslari. – Т.: 2003.
378 Qo’shimcha adabiyotlar: 1.
Navoiy. Majolis un-nafois.//Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik, 13 -jild. – Т.: «Fan» 1998. 2.
to’plami. 20 jildlik, 14-jild. – Т.: «Fan» 1998. 3.
Fitrat. Adabiyot qoidalari. – Т.: «O’qituvchi», 1995. 4.
Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Т.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1990. 5.
6.
Cho’lpon. Adabiyot nadir. – Т.: «Cho’lpon», 1994. 7.
Gadamer G. Aktualnost prekrasnogo. – M.: «Iskusstvo», 1991. 8.
Ortega-i-Gasset X. Degumanizatsiya iskusstva. – M.: 1991. 9.
Samosoznaniye Yevropeyskoy kulturi XX veka. – M.: Poltizdat, 1991. 10.
Tagor R. Prekrasnoye. // Tagor R. Sochineniya v 12 – Тomax. T-11. – M.: 1965. 11.
Freyd Z. Budushyeye odnoy illyuzii. //Sumerki bogov. – M.: Politezdat, 1990. 12.
Freyd Z. Ostoumiye i Yego otnosheniyek bessoznatelnomu. S-Pb. – M.: «Universitetskaya kniga», 1997. 13.
A.Shopengauer. Osnovnye idei estetiki. //A.Shopengauer. Izbrannye proizvedeniya. – M.: «Prosveshyeniye», 1992. 14.
SHefstberi E. Esteticheskiye opt. – M.: «Iskusstvo», 1975. 15.
Soznaniye i bezsoznatelnoye. S-Pb. – M.: 1997. 16.
Hassan I. The Postmodern Turn. Esseys in Postmodern Theori and Culture. Ohio State University Press, 1987. 17.
Gilson E. Introduction aux arts du beau. – Paris: 1963. 18.
19.
Huizinga J. Das Problem der Renessanse. Renessanse und Realismus. Darmstadt, 1971. 20.
Gadamer H. Lob der Theorie. Frankfurt am Main, 1984. 21.
banden. Bd – 8. Berliner ausgabe, 1984.
www.gov.uz. www.filosofiya.ru. www.bilim.uz .
379 Dinshunoslik
Tuzuvchilar:
Z.Islomov – filologiya fanlari doktori, professor N.Muhamedov – tarix fanlari nomzodi, dotsent
M.Artikov – falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Komilov – tarix fanlari nomzodi, dotsent
D. Rahimjonov – Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy – Тadqiqot markazi direktori, t.f.n., dost. A. Hasanov – Toshkent islom universiteti professori, t.f.d. M. Artikov – O‘zMU Falsafa fakulteti dotsenti, falsafa.f.n. Sh. Sharofiddinov – Axborot metodik ta`minlash xizmati yetakchi metodisti F.Sindarova – Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji o`qituvchisi J.Najmiddinov –
Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YuNESKO” kafedrasi o‘qituvchisi
380 Kirish Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliy qadriyatlar bilan bir qatorda diniy qadriyatlarning ham ahamiyati katta. Xalqimizning buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida davlatlararo hurmat- e’tiborga sazovor bo‘lishi, kelajak avlodni yanada yuksak ma’naviyatli, zamonaviy, intellektual bilimli, ilmiy salohiyatga ega, har tomonlama etuk jamiyatga munosib hissasini qo‘sha oladigan shaxs sifatida shakllantirishni talab qiladi. Jamiyatning ma’naviy yangilanishidan ko‘zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikdan iborat yuksak diniy madaniyatni shakllantirishda Respublikamiz maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan “Dinshunoslik” fanining o‘rni va ahamiyati cheksizdir. Ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanini o‘qitishdan asosiy maqsad – o‘quvchi yoshlarga din, dinning kelib chiqishi, uning taraqqiyoti, insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning din o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, qadriyatlari, milliy istiqlol g‘oyasi haqidagi fikr- mulohazalari, chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillari asos qilib olindi. Dinshunoslikning asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining sharofati ekanligi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosatning o‘rnatilishi, vijdon erkinligining fuqarolarga Konstitutsion kafolatlanishini tushuntirish bosh maqsadlardan biri qilib qo‘yildi. “Dinshunoslik” fani o‘quv dasturi 20 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 16 soat nazariy, 4 soat seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan. Mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar 10 soatni tashkil etadi. O‘quv dasturining tarkibi oquvchilarning bilimi, konikmasi va malakasiga qo‘yiladigan talablar, fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan
381 aloqadorligi, fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, nazariy va seminar mashg‘ulotlarni o‘qitish, mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar, fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti, o‘quvchilarning bilimini baholash, fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi, o‘quv dasturining mazmuni, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Fanning maqsadi: O‘quvchi yoshlarga jamiyat va inson ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan din va uning ta’limoti, tarixi to‘g‘risida ilmiy-nazariy tushunchalar berish, ularni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash;
oqimlari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoqarashni shakllantirish.
O`quvchilarni din, uning mohiyati va mazmuni, ezgulik g‘oyalari bilan qurollantirish; O`quvchilarda diniy qadriyatlarning umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan mushtarak jihatlarini tahlil qilish orqali diniy e’tiqod va his - tuyg‘ularga hurmat ruhini tarbiyalash; Dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish, ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarini niqoblashning reaksion mohiyatini fosh etish; O`quvchilarni yurtimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi, ma’rifiy islomning rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish. Fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakalariga qo‘yiladigan talablar O‘quvchilar ushbu fanni organish orqali: Dinning tarixiyligi masalasi; Diniy ong asoslarining shakllanishi; Milliy dinlar, ularning kelib chiqishi, tarixiy bosqichlari va geografik hududi;
Zardushtiylik ta’limoti, Avesto va uning tarkibiy qismlari; Buddaviylik ta’limoti, manbalari, oqimlari va yo‘nalishlari; Xristianlik va undagi yo‘nalishlar; Islom dini va uning manbalari; Islomda oqimlarining vujudga kelishi; O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar; 382 O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik haqida nazariy bilimlarga ega bolishi; Dinlar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lish; Dinlarning hayotbaxsh va ezgulik mohiyati ekanligini anglay olish; Dinlararo muloqot madaniyatiga oid bo‘lgan tajribaga ega bo‘lish; Diniy va milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglash; Dunyoviy davlatda diniy
munosabatlar haqida
mustahkam tushunchalarga ega bo‘lish; Din ma’naviyatning asoslaridan biri ekanligini his etish; Diniy
bag‘rikenglik tamoyillarini o‘zida shakllantira olish ko‘nikmalariga ega bolishi; Diniy va milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati hamda urf-odat va an’analarni qadrlash madaniyatini to‘g‘ri talqin qilish; Turli dinlarning ta’limotlarini va ulardan ajralib chiqqan oqimlarning g‘oyalarini farqlay olish; Tarixiy, madaniy va ma’naviy merosni asray olish; Ajdodlar ilmiy-ma’naviy asarlarini o‘rganish va tadqiq etish; Dinlararo bag‘rikenglik madaniyati haqida o‘zaro fikr almashuv, muloqot o‘tkaza olish malakalariga ega bolishi lozim. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling