O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
2. Sotsiogenez. Ruhiyat Antroposotsiogenez nazariyalarni umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar hamda mantiq kuchi bilan to‘ldirish zarurligi. Inson kelib chiqishining ijtimoiy omillari. Qurollar yasash va ulardan foydalanishning ahamiyati to‘g‘risidagi ta’limotlarning ishchi-faraziy roli. Miya va asab tizimi – ruhiyatning moddiy tashuvchilari. Anglash hodisasi. Ong va til. Ruhiyat tafakkur unsurlarining shakllanishi. Nutq. Axloqiy tasavvurlarning shakllanishi. Diniy amallarning boshlanishi. Sotsiogenezda tanlovning roli. Moddiy-ashyoviylik yodgorliklarida saqlangan manaviylik. Insoniyat tarixining bosqichlari. Inson ajdodlari hayotida jinsiy tabuning roli. Oilaviy munosabatlar tadriji.
Individ va bilimlarning turli tarmoqlarida uning har xil tavsiflari. Jismoniy mavjudligini ta’minlash – individ faoliyatining maqsadi. Individuallik. “Shaxs” tushunchasi. Inson umumiy sifatlari bilan uning shaxs maqomi nisbati. Shaxsning ichki dunyosi va ijtimoiy atrof-muhit. Shaxsning
400 umummadaniy ideali. Shaxs “MEN”ining tarkibi. Shaxs yaxlitligining bo‘linishi va uning oqibatlari. O‘z – o‘zini anglash. Ijtimoiylashuv. Insonga bo‘lgan global ta’sirlar, ularning tasnifi va natijaliligi. 2. Shaxs: erkinlik va demokratiya “Erkinlik” tushunchasida shaxs tarixiy-madaniy ehtiyojlarining ifodalanishi. “Men” va “o‘zga men” muvozanati – erkinlik asosi. Sihat- salomatlik – erkinlikning biologik ifodasi. Berilgan imkoniyatlardan yaxshisini tanlash – erkinlik mezoni. Shaxsning jamiyat va uning siyosiy hokimiyati tashkiliy darajalariga bog‘liqligi. Demokratiya – shaxs qadriyatlarini ta’minlash vositasi.
Buyuk shaxs maqomi. Buyuk shaxslar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan muammolar va bajarilgan ishlar nisbati. O‘zbekiston tarixida Zardushtdan Islom Karimovgacha bo‘lgan shaxslar faoliyatining alohida jihatlari. Buyuk shaxs hayotining ma’nosi va mazmuni, maqsadi va vositalari nisbati. O‘limini anglash – insonni ajratuvchi belgi. O‘limni ma’naviy vositalar bilan barqaror qilish imkoniyatlari. Barhayotlik – mazmunli o‘tgan umrning o‘limdan keyingi davom etishi. Evtanaziya muommosi.
Sotsium - keng ma’noda Universumning (Olamning) alohida qismi. «Jamoa» tushunchasi. «Jamiyat» tushunchasi. Jamiyat – o‘z–o‘zidan tashkillangan, o‘z-o‘zicha etarli dinamik-murakkab tuzilma. Jamiyatning nazariy modeli va unda sezgilar bilan bilib bo‘lmaydigan, tekshirilmaydigan ijtimoiy yoqelikning ifodalanishi. Mavhumlikdan konkretlikka qarab borish. Jamiyatni modellashtirishda tamoyillar va tushunchalarning ahamiyati. 2. Jamiyat hayotining asosiy sohalari. Inson ichki dunyosi - ma’naviyat sohasi. Axborotdorlik. Ziyolilar - ma’naviyat tashuvchilari. Axloqiy hayot. Ta’lim va fan. Badiiy-estetik hayot. Din, uning hozirgi jamiyatdagi o‘rni.
unumdorligi. Inson, texnika va texnologpya. Mulkchilikning turli xillari. Turmush darajasi. Iqtisodiyot va jamiyat hayotining boshqa sohalari.
401 «Ijtimoiy (sotsial) soha» tushunchasining tor va keng ma’nolari. Ijtimoiy-hududiy birliklar. Etnik birliklarning tarkibi. Kichik ijtimoiy guruhlar. Irqning ijtimoiy maqomi muammosi.
Davlat - sivilizatsiyaviy fenomen. Siyosiy partiyalar. Demokratiy va davlat tizimlari shakli.
ularning xillari. «Byurokratiya» hodisasi. II-bob. Ijtimoiy – тarixiy jarayonlar 1. Ijtimoiy tarix: ma’nosi va kechishi «Tarix» atamasining ko‘p ma’noliligi. O‘tmishni hozirgi davr orqali idrok etishning maqsadi va mazmuni. Sharq (an’anaviy) va G‘arb-Evropa (dinamik) jamiyatlarida tarix kechishining xos jihatlari hamda ularni turlicha tushuntirilishi. Ijtimoiy taraqqiyot muammolari.
Ijtimoiy jarayonlarini bilish, diniy va dunyoviy yondashish. Tarixga monistik qarashning moxiyati. Turli obektiv va subektiv omillaming monistik talqini. Pluyliralistik yondashish, uning moxiyati va asosiy komponentlari. Jamiyat hayotini barqaror qiluvchi omillar.
Sivilizatsiyalar – ijtimoiy - madaniy yaxlitliklar I-bob. Jamiyat va sivilizatsiya 1. Sivilizatsiya: atama, tushunchaviy maqom va shakllanish bosqichlari “Sivilizatsiya” tushunchasi. Chorvachilik, dehqonchilik, quruvchilik, amaldorlik va ruhoniyatning kelib chiqishi - sivilizatsiyaning boshlanislii. Politogenez. Ma’naviy shart-sharoitlar. A.Toyinbi, A.Shpengler va K.YAspers nazariyalari. Formatsiyaviy yondashishnig yaroqsizligi.
Sivilizatsiya tarkibida madaniyatning o‘rni. “Madaniyat” tushunchasi va uning ko‘p ma’noligi. Madaniyatning tarkibi va shakllariga ko‘ra tasnifi.Urf-odatlar va an’analarining madaniyatlilak tavsifi. Qadriyatlar – ne’mat. Ehtiyoj, maqsad, ideal, me’yor,baholash bog‘liqligi. Shaxs hayotining jamiyat qadriyatlaridan ustunligi.
402 II-bob. Sivilizatsiyalarning tasnifi 1. Sharq va G‘arb: sivilizatsiya tiplari Sharq – dakyoviy-mintaqaviy sivilizatsiyalar o‘chog‘i. Kishilar turmushida axloq-odob, urf-odatlar va an’analarning barqarorlashib borishi. Falsafiy dunyoqarash va ilmiy bilimlarning qorishiqligi (sinkretikligi). Kishilar taqdirida Tabiat, Sotsium va Davlatning belgilovchiligi. Sharqning Evropaga ta’siri. Nasroniy sivilizatsiya. Uyg‘onish, Reformatsiya va Ma’rifatchili. Fan, sanoat, vakolatli demokratiya - G‘arb yangi
sivilizatsiyasining belgilovchi jixatlari. Sharq va G‘arb qadiryatlarining yaqinlashuvi - umumsivilizatsiyaviy jarayon.
Sharq – barcha jahoniy dinlar beshigi. Islom Qadimgi Sharq, Antik dunyo va Evropa YAngi tarixi oralig‘idagi davr. Musulmonchilikda jamoa maqomi, oddiy va bajarilishi qat’iy bo‘lgan qoidalarning «Qur’on»da ifodalanishi. Islom dinining keng tarqalishi. Bag‘rikenglik, mahalliy an’analarga hurmat, halollik. Islomiy madaniyat tarkibiy qismlari rivojlanishining shart-sharoitlari.
Qadimgi Turonda sivilizatsiyaning boshlanishi. «Avesto» - ijtimoiy- madaniy yodgorlik. Movarounnahrda islomiy lokal sivilizatsiyaning qaror topishi. Islomiy sivilizatsiyaning turkiy tarmog‘i. Turkistondan chiqqan mutafakkirlarning sivilizatorlik faoliyati. Amir Temur va etuk temuriylar davridagi sivilizatsiyaviy ko‘tarilish. «Temur tuzuklari». Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburnig O‘zbekiston xalqlari ma’naviyati tarixidagi o‘rni. XVI asrdan boshlangan sivilizatsiyaviy orqada qolishlik sabablari va oqibatlari. 4. Mustamlakachilik va Turkistonda ijtimoiy-madaniy turg‘unlikning chuqurlashuvi Turkistonda Rossiya mustamlakachiligining ijtimoiy-madaniy oqibatlari. Ma’rifatparvarlik harakatida aql-idrokning roli va ahamiyatining asoslanishi.. Jadidchilikning umumturkiy zaminlari. Davlat istiqloliga erishish - bosh maqsad. Marksizm, leninizmning sivilizatsiyaviy yaroqsizligi. “Milliy-hududiy bo‘linish”, Turkiston tarixiy-madaniy, til, diniy, ma’naviy yaxlitligining buzilishi va uning oqibatlari. Metropoliya uchun xomashyo bazasi bo‘lgan O‘zbekistonda totalitar tuzum sharoitidagi ma’naviy yo‘ qotishlar ko’ lami. 403 IV-Bo‘lim Mustaqil O‘zbestonning uumsivilizatsiyaviy mo‘ljallari I-bob. Davlat istiqloli va ijtimoiy rivojlanish yo‘lining tanlanishi 1. Demokratik-huquqiy davlat, fuqorolik jamiyati qurilishining zarurligi va sart-sharoitlari O‘zbekistonning davlat istiqloli va ijtimoiy tanlov (Qayoqqa?, Qanday tarzda?, Qaysi vositalar bilan?) shart – sharoitlari va imkoniyatlari. Istiqlol va siyosiy jarayonlar. Yаratilgan va rivojlanayotgan davlatning nazariy konsepsiyasi. Davlat hokimiyatlarining bo‘linganligi. Ko‘ppartiyaviylik. Qonun ustuvorligi. Shaxs va davlatning o‘zaro mas’ulligi. Davlat funksional faoliyati bilan shaxs fuqarolik sifatining bog‘liqligi. O‘z-o‘zidan tashkillanish-fuqarolik jamiyatining xos belgisi. Tarixiy– madaniy qadriyatlar salohiyatidan foydalanish zarurligi. Mahalla instituti. Nodavlat, notijorat tashkilotlar.
Sovet markazlashgan iqtisodiyotidan ijtimoiy yo‘naltirilgan va boshqariladigan bozor tizimlariga o‘tishning zarurligi. Prezident I.Karimov o‘tish davri uchun zarur ijtimoiy- iqtisodiy tamoyillar to‘g‘risida. Erkin bozor iqtisodiyoti - erkin raqobat va ko‘p sonli o‘rta qatlamning mavjudligi. Shaxsiy tashabbus va davlatning ishtirokiga asoslangan iqtisodiyotning asosiy belgilari. Iqtisodiy islohotlarda “o‘zbek modeli” ning amalga oshirilishi.
O‘zbekistan aholisining yosh tarkibi. Yоsh avlodning ijtimoiy maqomi. O‘smirlar hatti-harakatidagi turli rollarni bajarishga moyilliklar. Yоshlar kichik madaniyatining uziga hos jihatlari. Gender-farqlanishning ijtimoiy ifodalanishi. Davlatning yoshlar siyosati. Yоshlarda ommaviy
madaniyatning zararli ta’sirlariga qarshi immunitetni shakllantirish zarurligi.
“Ta`lim” institutining hozirgi umumsayyoraviy maqomi. O‘zbekistonda yaratilgan uzluksiz ta’lim tizimining jahonda tan olinganligi. “Ta`limning o‘zbek modeli” bosqichlari. Mutaxassislikni erkin tanlash va bozor
404 iqtisodiyoti sharoitlarida o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari. Kasb tanlashdagi tipik yanglishishlar va ularni oldini olish - ijtimoiy vazifa. Ta’lim tizimi va sog‘lom turmush tarzi qadriyatlari. Yoshlar maishiy hayotida zararli odatlarga qarshi kurashning zarurligi.
“Liberalizm” tushunchasi. Ma’naviyat, siyosat va iqtisodiyot sohalarida liberalizm tamoyillarining ahamiyati. Liberal demokratik an’analarining hozirgi jahoniy o‘rni. Liberalizm qadriyatlari va modernizatsiya nazarilarining rivojlanishi. G‘arbcha va sharqona modernizatsiya turlari. Modernizatsiya va hozirgi dunyoning sivilizatsiyaviy turli – tumanligi.
“Globalizatsiya” tushunchasi. Sanoat ishlab chiqarishining ko’lami va salohiyati hamda transmilliy birlashib borilishi. Internet imkoniyatlari. “Umumiy uy”, “umumiy taqdir”, “umumiy tashvish” va hokazolar. XX asrda yagona jahon tarixi boshlanishining belgilari. globalizatsiyaning salbiy oqibatlari. Antiglobalizm harakati.
Hozirgi global muammolar. Ularning jamiyatning ichki holati, “inson- jamiyat”, va “jamiyat – Тabiat” tizimlari tug‘dirganligiga ko‘ra tasniflanishi. Global muammolar hal etilishining umumiy va xususiy, ichki va tashqi shart-sharoitlari.
Hozirgi kishilik jasniyati Sayyora miqyosida - jahoniy tizim. Tizimda yadro, undan yarimuzoq va uzoqlikdagi jamiyatlar (U.Vallershteyn). Texnogen-industrial sivilizatsiya doirasida G‘arb jamiyatlardagi farqlanishlar. Sharqning izchil rivojlanayotgan mamlakatlari- neoindustrial model tashuvchilari. Postkommunistik davlatlarning o‘tish holatidaligi. Janubdagi an’ananaviy-agrar jamiyatlarda ijtimoiy institutlar va kishilar turmush tarzidagi o‘zgarishlar ko‘lami. Jahon yangi tartiboti muommolari.
405 2. Axborot – Тexnologik jamiyat Hozirgi texnika va texnologiyaning fan sig‘imliligi. Axborot texnologiyasining asosiy miqdoriy va sifat tizimlaridagi belgilovchi jihatlar. Sanoatlashgan jamiyat kamchiliklarini bartaraf etishda axborot inqilobining ahamiyati. Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zgarishlar. Siyosiy hayotda axborotlashuv jarayonlari ko‘lami. Axborot jamiyati nazariyalarining munozarali jihatlari.
“Shaxs va jamiyat” o‘quv predmeti bo‘yicha talabalar vaqtining anchagina qismi mustaqil ishlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunda ular qo‘shimcha ravishda bilish va amaliy faoliyat tajribasini egallaydi. Bularning minimumi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – mavjud xilma-xil axborotlarni tanqidiy o‘zlashtirib o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lish va uni ifodalash; – nostandart, pedagogik jihatdan moslashmagan axborotlarni, masalan, Internetni ham o‘z ichiga olgan zamonaviy kommunikatsiya vositalari yordamida turli manbalar ustidan ishlar: – tevarak-atrofda yuz beradigan voqea va hodisalarni zamonaviy ijtimoiy bilish usullariga tayangan holda tahlil etish; – real voqelik vaziyatlarini moddiylashtiradigan ta’limiy o‘yinlarda va dolzarb ijtimoiy muammolar bo‘yicha muhokama, munozaralarda ishtirok etish hamda o‘z qarashlarini mantiqiy dalillash; – o‘quv predmetining tegishli qismlari bo‘yicha kasbiy sohalariga bog‘lagan holda referatlar tayyorlash; va h.k.
1. O‘quv predmetini umumta’lim fanlari yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish natijalariga ko‘ra quyidagi talablar qo‘yiladi: – insonning kelib chiqishidan tortib, uning asosiy fenomenlari sifatlarigacha bo‘lgan bilimlarni, birinchi navbatda ular mohiyatini o‘zlashtirish, tushunish; – ijtimoiy jarayonlarni hamda ularni tartibga solib turuvchi asosiy institutsional tuzilmalarning tabiatini etarli darajada mulohaza qilish va tushunish; – sivilizatsiyalarning ijtimoiy-madaniy jarayonlar sifatidagi tavsiflarini lozim darajada bilish; – Sharq va G‘arb sivilizatsiyaviy umumiyliklari va farqlari hamda bularning ilgarigi va hozirgi jihatlarini mulohaza etish;
406 – mustaqil O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-ma’daniy tashkil etuvchilari tizimidagi tub o‘zgarishlarning mohiyati, mazmuni va yo‘nalishlarini tushunish; – hozirgi dunyo, globalizatsiya va global muammolar hal etilishining shart-sharoitlari hamda shakllanayotgan axborotli – Тexnologiyaviy sivilizatsiyaning asosiy konturlari to‘g‘risidagi bilimlarni mulohaza etish. 2. O‘quv predmetini o‘zlashtirgan talabalar quyidagilarni uddalashi lozim: – ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktni zamonaviy ilmiy pozitsiyadan turib qarab chiqish; – ijtimoiy ma’no va mazmun kasb etgan axborotlarni tegishli ilmiy atama, tushunchalarda tahlil va tasnif etish hamda ularni bir belgi tizimi (matn, sxema, diagramma va boshqalar)dan boshqasiga ko‘chirish; – ijtimoiy obektlarning umumiy va xususiy jihatlarini qiyosiy farqlash hamda bularga oid bilimlarni «Shaxs va jamiyat» predmeti tushunchalarida ifodalash; – o‘rganilayotgan obektlarni shaxslararo, shaxs va jamiyat, jamiyat va tabiat, har xil kichik tizimlar va hokazolar o‘rtasidagi aloqalarida ko‘rsatish va tushuntirish; – shaxs, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va xalqaro subektlarning turli sohalaridagi xatti-harakatlarini axloqiy me’yorlar, siyosiy demokratiya va ilmiy ratsionallik nuqtayi nazaridan baholay olish; – referat, og‘zaki chiqishlar, ijtimoiy muammolar bo‘yicha ijodiy ishlar, taqrizlar va hokazolar tayyorlash. 1.
Egallangan bilimlar va malakalardan amaliy faoliyatda hamda kundalik turmushda foydalanish: –
ijtimoiy dunyoqarash pozitsiyasidan o‘z munosabatini aniqlab olishda; – olingan bilimlarni va bilish faoliyati imkoniyatlarini takomillashtirib borishda; – kishilar xatti-harakatini axloqiy va huquqiy qadriyatlar mezonlariga ko‘ra baholashda; – ta’limning keyingi bosqichlarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘rganishda egallangan bilimlardan ilmiy mo‘ljal maqsadida foydalanishda; – turli maslak va qadriyatlar tashuvchilari bilan o‘zaro maqbul muloqotlarni yo‘lga qo‘yishda; va hokazo.
407 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”. 2014. 2. Karimov I.A. O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir. 9 -may 2015- yil Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusi // “Xalq so‘zi”. 2015- yil 10- may.
3. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” – T.: O’zbekiston, 2015. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillika erishish arafasida. – T.: “O‘zbekiston”. 2012 5. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori. Xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida. 6-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 1998. 6. Karimov I.A. Biz o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 1999. 7. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oily qadriyat. 14-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 2006. 8.
9.
Injil. Shvetsiya-Stokgolm. 1993. 10.
Falsafa. Darslik. D. Po‘latova tahriri ostida. – T.: 2013. 11.
Falsafa. O‘quv qo‘llanma. E.Yusupov tahriri ostida. – T.: 2005. 12.
Komilov N. Tasavvuf. – T.: Yozuvchi. 1-kitob – 1997. 2-kitob. 1999. 13.
Nitshe F. Zardusht tavvallosi . – T. 2008. 14.
Sartr J. -P. Ekzistentsializm- bu gumanizm. «Jahon adabiyoti» jurnali. 1998. 4- son. 15.
Shermuhamedova N. Gnoseologiya - bilish nazariyasi. – T.: 2011. 16.
17.
Choriev A. Inson falsafasi. II kitob. Qarshi. 2002. 18.
Alekseev V.P. Stanovlenie chelovechestva. – M.: 1998. 19.
Andreev I.L. Proisxojdenie cheloveka i obshestva. – M.: 1998. 20.
21.
Gumilev JI.H. Etnogenez i biosfera Zemli. Spb.: 2001. 22.
Gurevich P.S. Chelovek. – M.: 1995. 23.
Leskov L.V. Kosmicheskie sivilizatsii. – M.: 1998. 24.
Kamyu A. Mif o Sizife. – M.: 1998. 25.
Kliks F. Probujdayusheesya mishlenie: u istokov chelovecheskogo intellekta. M., 1991. 26.
Mifi narodov mira. – M.: 1991. 27.
M.,1984. 408 28.
Problema cheloveka v zapadnoy sivilizatsii. – M.: 1988. 29.
30.
Chelovek. Misliteli proshlogo i nastoyashego o ego jizni, smerti i bessmertii. XIX vek. – M.L: 1995. 31.
Fenomen cheloveka. Antologiya. – M.: 1993. 32.
Bogolyubova L.P. i Lazebnikovoy A.Yu. – M.: 2009. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling