O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana02.08.2017
Hajmi4.9 Mb.
#12594
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53

319 

 

BOS”,  “YАRIM  QADAM  BOS”,  mashqlarini  buyruqqa  binoan 

bajarish. 

Umumiy  rivojlantiruvchi  mashqlar.  Birinchi  bosqichda  berilgan 

mashqlarni  qaytarish.  Gantellar,  toshlar,  to‘ldirma  to‘plar,  gimnastik 

tayoqchalar  bilan  juft-juft  bo‘lib  mashqlar  bajarish:  bir-biriga  qarama-

qarshi  turgan  holda,  bir-biriga  orqa  o‘tirib  turib  har  xil  harakat 

mashqlarini  bajarish;  juft  holda  har  tomonga  yurish;  bir  oyoqda 

“to‘pponcha”  usulida  o‘tirib,  trenajerlarda  mashqlar  bajarish  va 

boshqalar. 

Baland-past brusslar (qizlar). Baland xodada qo‘lda osilib depsinish 

bilan oyoq tizzalarini bukish. 

Yonga  siltanish.  Baland  xodada  osilib  o‘ng  oyoqni  siltab,  chap 

oyoqda  depsinib,  chap  oyoq  tizzasini  bukish,  o‘ng  oyoqni  orqaga 

uzatish,  chap  qo‘l  bilan  baland  xoda  ustidan  oshirish  yoki  yotib  olish. 

Past  xodada  buralib,  chap  sonda  o‘tirish,  xodani  ushlash.  Past  chap 

sonda  o‘tirgan  holda  kerilib,  sakrab  tushish,  yuqoridagi  elementlarni 

muvofiqlashtirish. 

Osilish  va  tayanish  (o‘smirlar).  Baland  turnikda  qo‘llarga  osilib 

oldinga  va  orqaga  siltanishlar.  Oldinga  siltanib  chiqib,  o‘ng  (chap) 

oyoqni  oldinga  o‘tkazish.  Orqaga  to‘ntarilib  siltanishlar  bilan  orqaga 

tushish elementlarinin takomillashtirish. 

Yakka cho‘p ustida muvozanat saqlash (qizlar). Yakka cho‘pda ikki 

qo‘lga  tayangan  holda  o‘ng  oyoq  bilan  siltanish.  Yakka  cho‘p  ustida 

oyoqlarni  kerib  o‘tirish.  Oyoqlarni  kerib  o‘tirgan  holda  orqaga 

oyoqlarni  siltab  qo‘llarga  tayanib  tish  va  qo‘llarni  bukish,  qo‘llarni 

yozib tayanib turish. Yakka cho‘p ustida oldiga va orqaga yurishlar. Bir 

oyoqda siltanib orqaga burilish va sakrash. Yakka cho‘pni ustida turgan 

bir  oyoq  bilan  depsinib  ikkinchi  oyoq  bilan  siltanib  kerilib  sakrab 

tushish. O‘rganilgan usullarni birlashtirish. 

Akrobatika.  O‘smirlar:  cho‘qqayib  o‘tirgan  holda  kuch  bilan 

boshda  va  qo‘llarda  tik  turish.  Uch  qadamda  yugurib  kelib  uzun 

o‘mboloq  oshish.  Balandligi  90  sm.gacha  balandlikdagi  to‘siqlardan 

oshib, o‘mboloq oshish. 

Qizlar:  oldinga  va  orqaga  o‘mboloq  oshish,  kurakda  tik  turish, 

yotgan  holda  ko‘prik  qilish.  Sherigi  yordamida  ko‘prik  qilish.  Bir 

oyoqda qaldirg‘och usulida muvozanat turish. 

Tayanib  sakrash.  O‘smirlar:  yugurib  kelib  115-120  sm.ga  teng 

balandlikda uzunasiga qilib qo‘yilgan ot ustidan tayanib sakrash. 

Qizlar:  yugurib  kelib  ikki  oyoqda  ko‘prikdan  densinib  balandligi 

110 sm.ga teng ko‘ndalang qilib qo‘yilgan ot ustidan tayanib sakrash. 


320 

 

Tirmashib chiqish. O‘smirlar ikki, qizlar uch urinishda arqonga tez 

tirmashib chiqish. 

O‘zlashtirish mezonlari 

 O‘smirlar  va  qizlar  arqonga  o‘rganilgan  usulllarda  tez  tirmashib 

chiqishga erishish. 

Akrobatika.  Sherigi  yordamida  tik  turgan  holda  ko‘prik  qilish, 

oldinga va orqaga o‘mboloq oshish, bir oyoqda turgan holda qaldirg‘och 

usulida muvozanat saqlab turishga erishish. 

Tayanib sakrash. O‘smirlar uzunasiga qo‘yilgan ot ustidan va qizlar 

ko‘ndalang  qilib  qo‘yilgan  ot  ustidan  oyoqlarni  kerib  sakrash  uchun 

yugurib  kelish,  depsinish,  tayanish  harakatlari  ko‘nikmalarini  hosil 

qilish. 

Engil atletika  

Nazariy  ma’lumotlar.  Engil  atletika  mashqlar  majmualarining 

o‘quvchilarda  harakat  sifatlarini  tarbiyalashdagi  ahamiyati.  Musobaqa 

qoidalari. 

Ko‘nikma  va  malakalar.  Past  startdan  chiqib  2*30  m.ga,  2-3*60 

m.ga  va  100  m.ga  qayta  yugurish.  10*10  m.ga  mokisimon  yugurish, 

4*100  m.ga  estafetali  yugurish.  Kross  yugurishda  burilish.  Masofa 

bo‘ylab yugurish texnikaisini o‘rgatish. Qizlar 2 km, o‘smirlar 3 km.ga 

yugurishda chidamlilikni rivojlantirish. 

Sakrash:  Uzunlikka  “Oyoqlarni  bukish”  usulida  sakrash.  Yugurib 

kelib  balandlikka  sakrashda  “Xatlab  o‘tish”  usulida  sakrash,  yugurib 

kelish  depsinish  va  parvoz  qilish  harakat  ko‘nikmalarini  tashkil 

toptirish. 

Granatani  uloqtirish. O‘smirlar  700 gr.li, qizlar 500 gr.li  granatani 

uloqtirishda yugurib kelish va chalishtirma qadam tashlash texnikalarini 

takomillashtirish. 

Yadro  uloqtirish.  Qizlar  4  kg.li,  o‘smirlar  5  kg.li  yadroni 

uloqtirishda oyoq, qo‘l va gavda harakatlarini muvofiqlashtirish. 

 

O‘zlashtirish mezonlari. 



Qisqa, o‘rta, uzoq masofalarga masofa bo‘ylab yugurishda va finish 

harakatlari ko‘nikmalarini hosil qilish. 

 Uzunlikka va balandlikka sakrashda kuchli depsinish, parvoz qilish 

malakalarini hosil qilish. Granata uloqtirish va yadro uloqtirishda oyoq, 

qo‘l va gavda harakatlarini qoidaga muvofiq bajarishga erishish. 

 

Sport o‘yinlari 



Basketbol 

321 

 

Nazariy  ma’lumotlar.  Basketbolning  harakat  ko‘nikmalari  orqali 

o‘quvchilarda  chidamlilik  va  boshqa  sifatlarni  rivojlantirish  to‘g‘risida 

tushuncha  berish.  Basketbolning  texnika  va  taktikasi  to‘g‘risida 

tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. 

Ko‘nikma  va  malakalar.  1  bosqichda  o‘rganilgan  maydondagi 

harakatlarni  takomillashtirish.  To‘xtashlar,  burilishlar,  sakrashlar.  Ikki 

qo‘llab  ilib olish.  Bir joyda  turib yelkadan bir qo‘llab  savatga  tashlash 

texnikasini  mustahkamlash.  Harakatda  bo‘lganda  bir  qo‘lda  yuqoridan 

va elakadan to‘pni savatga sakrab tashlashni o‘rgatish. Jarima to‘plarni 

tashlash. Chalg‘itish harakatlari. To‘pni himoyachi qarshiligida urib olib 

yurish. 


Himoyachi  harakatlari.  To‘pli  va  to‘psiz  o‘yinchilarni  qarshi 

olishga o‘rgatish. O‘quv mashg‘ulot o‘yinlari. 

  

O‘zlashtirish mezonlari 



To‘pni  harakat  jarayonida  bir,  ikki  qo‘llab  uzatish,  ilib  olish, 

to‘xtash,  burilishlar,  bir  qo‘llab  yelkadan  va  yuqoridan  savatga  aniq 

tashlashga  erishish.  Himoyachi  tomonidan  hujumchini  qarshi  olish 

harakat ko‘nikmalarini hosil qilish. 



Voleybol 

Nazariy  ma’lumotlar.  Zona  himoyasi  to‘g‘risida  tushuncha  berish. 

Voleybol musobaqa qoidalari. 

Ko‘nikma  va  malakalar.  Pastdan  to‘pni  bir  qo‘llab  qabul  qilish. 

To‘pni ikki  qo‘llab  yuqoridan oldinga va orqaga uzatish. To‘pni  qabul 

qilib ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, zonalardagi sheriklariga aniq uzatish. 

Bir kishilik to‘siq qo‘yish. To‘rtinchi va ikkinchi zonalarda hujum zarbi 

berishni  o‘rgatish.  To‘pni  pastdan  va  yuqoridan  o‘yinga  kiritish.  Ikki 

tomonlama o‘quv mashg‘ulot o‘yini. 

  

O‘zlashtirish mezonlari 



To‘pni  yuqoridan  va  pastdan  o‘yinga  kiritish,  kiritilgan  to‘pni 

pastdan  ikki  qo‘llab  qabul  qilib,  sherigiga  aniq  uzatish,  hujum  zarbi 

berish ko‘nikmalariga erishish. 

Qo‘l to‘pi 

Nazariy  ma’lumotlar.  Qo‘l  to‘pi  o‘yinida  texnik  va  taktik  harakat 

ko‘nikmalari to‘g‘risida tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. 

Ko‘nikma  va  malakalar.  Birinchi  bosqichda  o‘rganilgan  harakat 

ko‘nikmalarini  mustahkamlash.  To‘pni  uzatish  va  ilib  olish.  harakatda 

ikki  va  uch  kishi  bo‘lib  uzatish  va  ilib  olish.  Sakkiz  raqami  shaklda 

harakatlanganda  to‘pni  uzatish  va  ilib  olish.  To‘pni  erdan  uzatish  va 


322 

 

sanchigan  to‘pni  ilib  olish.  Harakat  yo‘nalishini  o‘zgartirib  to‘pni  erga 

urib olib yurish. 

To‘pni  sakrab  darvozaga  tashlash.  To‘pni  harakat  jarayonida 

darvozaga tashlash. Himoyachi qarshiligida sakrab darvozaga tashlash. 

Himoya taktikasi. Zona himoyasi. 5*1.4*2.6*0 sm. lik himoya. 

Ikki tomonlama o‘kuv mashg‘ulot o‘yini. 

 

O‘zlashtirish mezonlari. 



Nazariy  ma’lumotlar.  Futbolchining  maydonda  o‘z  joyini  egallash 

to‘g‘risida tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. 

Ko‘nikma va malakalar. Uchib kelayotgan to‘pni oyoqning ichki va 

tashqi tomonlari bilan to‘xtatish. To‘pni oyoq panja qismining ichki va 

tashqi tomonlari bilan tepib uzatish. 

 

Futbol (minifutbol) 

Uchib  kelayotgan  to‘pni  oyoq  yuzasining  o‘rtasi  bilan  tepish. 

To‘pni  oyoqni  panja  qismining  ichki  va  tashqi  tomonlari  bilan  harakat 

yo‘nalishini o‘zgartirib olib yurish. To‘pni ko‘krakda to‘xtatish. Har xil 

balandlikda  uchib  o‘tayotgan  to‘plarni  darvozabon  ilib  olish  va 

mushtum  bilan  urib  yuborish.  Uchib  kelayotgan  to‘pni  bosh  bilan  urib 

darvozaga  yo‘naltirish.  To‘pni  yon  tomondan  o‘yinga  kiritish.  To‘pni 

raqibdan  oyoq  yuza  qismini  qo‘yib,  yelka  bilan  raqib  yelkasiga  turtib 

olib qo‘yish. Chalg‘itish harakatlari. Ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulot 

o‘yinlari. 

 

O‘zlashtirish mezonlari  



Uchib  kelayotgan  to‘plarni  oyoq  panja  qismining  ichki  va  tashqi 

tomonlari  bilan  to‘xtatish,  to‘pni  harakat  yo‘nalishini  o‘zgartirib  olib 

yurish,  chalg‘itish  harakatlarini  qo‘llay  olish.  To‘pni  raqibdan  tortib 

olish,  to‘pni  darvozaga  bosh  bilan  aniq  yo‘naltirish  ko‘nikma  va 

malakalarini hosil qilish.  

 

Badminton 

Nazariy  ma’lumotlar.  Badminton  o‘yinining  respublikamizda 

rivojlanish  tarixi.  Badminton  o‘yinida  xavfsizlik  qoidalari,  o‘tkazish 

joyi va jihozlarga qo‘yilgan gigiyenik talablar. Badminton o‘yini orqali 

jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash.  Badminton  o‘yini  qoidasi,  atamalari, 

badminton maydoni va jihozlari haqida ma’lumotlar. Badmintonchining 

maydondagi  turish  holati  va  harakatlari,  raketka  bilan  ishlash  va 

raketka, volan bilan ishlash usullari. 


323 

 

Ko‘nikma  va  malakalar.  Badminton  o‘yinida  ko‘nikma  va 

malakalarni  shakllantirish,  badmintonchida  eguluvchanlik,  kuch, 

tezkorlik  sifatlarini  rivojlantirish,  volanni  o‘yinga  kiritishda 

o‘yinchining  turish  holati,  harakatlanish  usullari,  yurush,  yugurish, 

sakrash, zarba berish. Badmintonchining raketka va volan bilan ishlash 

usullari.  Badminton  o‘yinada  qo‘llaniladigan  atama  va  tushunchalarni 

hamda  badminton  o‘yin  qoidasini  o‘rganish.  Yakka  va  juftlik 

o‘yinlarida volanni belgilangan zonaga o‘yinga kiritish va zarba berish 

hamda qabul qilish usullari.  

  

O‘zlashtirish mezonlari 



Badminton  o‘yinining  yakka  va  juftlik  o‘yinlarida  volanni 

belgilangan  zonaga  o‘yinga  kiritish,  zarba  berish  va  qabul  qilish 

usullari. 

Kross tayyorgarligi  

Masofaga  yugurishda  texnikaga  rioya  qilish.  Chidamlilikni 

rivojlantirish. 2-3 km. ga kross yugurish.  

 

Suzish  

Nazariy  ma’lumotlar.  Suzish  texnika  va  taktikasi  to‘g‘risida 

tushuncha berish. Tananing rivojlanishida suzishning ahamiyati.  

Ko‘nikma  va  malakalar.  1  bosqichda  o‘rganilgan  usullarni 

takrorlash.  quruqlikda  brass  usulida  qo‘llab  va  oyoqlar  harakatlarini 

o‘rgatish.  Krol  usulida  100  m.ga  suzish.  Oyoqlarda  taxtachani  qisib 

olgan holda brass usulida qo‘llarni harakatini o‘rgatish.  

Cho‘kayotgan  o‘quvchiga  yordam  berish  va  uni  suvdan  olib 

chiqish. 

 

O‘zlashtirish mezonlari  



Krol,  orqada  yotgan  holda  va  brass  usullari,  shuningdek 

cho‘kayotganlarni qutqarish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.  

Izoh:  Ishchi  dasturni  tuzish  ta’lim  muhit  moddiy  tehnik  bazasi 

inobatga olish . 



Amaliy kasbiy jismoniy tayyorgarlik. 

Kasbga  taalluqli  jismoniy  tayyorgarlik  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar 

o‘quv muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan.  

 Amaliy-kasbiy  jismoniy  tayyorgarlikning  kasbga  tegishliligi  va 

mazmuni. 

1.  Metalga  ishlov  beruvchi  dastgohda  ishlovchi  mutaxassisliklar: 

parmalovchi, tokar, frezerlovchi va boshqalar. 


324 

 

 Kasbga  talablar:  yelka,  gavda  muskullarini,  gavda  va  oyoq 

bo‘g‘inlarini  rivojlantirish:  tik  vaziyatda  muvozanat  saqlashni 

takomillashtirish; 

oyoqlar 

chidamliligini, 

statik 

va 


umumiy 

chidamliligini rivojlantirish, qo‘l harakatlarini aniq muvofiqlashtirish. 

 AKJT vositalari: har xil turdagi yurishlar, chap va o‘ng oyoqlarda 

sakrashlar,  og‘irlik  ko‘tarish  va  buyumlar  bilan  mashqlar;  gimnastika 

tayoqchasi,  gardish,  to‘ldirma  to‘plar  va  gantellar  bilan  mashqlar; 

umboloq  oshishlar,  boshda  tik  turish  va  arqonga  har  xil  tirmashib 

chiqishlar;  to‘pni  ushlab  olish,  uzatish  va  mo‘ljalga  aniq  uloqtirishlar; 

yuqori  va  qiya  balandliklardan  yugurib  tushishlar  va  boshqalar.  Engil 

atletika(sportcha  yurish,  o‘rta  masofaga  yugurish),  gimnastika, 

basketbol,  qo‘l  to‘pi,  tennis,  stol  tennisi  kabi  sport  turlari  bilan 

shug‘ullanish tavsiya etiladi. 

2.  Qo‘l  bilan  nozik,  aniq  kasb  ishlarini  bajaruvchilar:  mayda 

qismlarni  yig‘uvchilar,  radiomontajchi,  chizuvchi,  tikuvchi,  soatsozlar 

va boshqalar. 

Kasbga  talablar:  diqqatni  bir  joyga  qarata  olish,  qo‘l  barmoqlari 

bilan aniq harakatlarni bajara olish

umumiy  chidamlilikni  takomillashtirish  va  rivojlantirish;  mehnat 

sharoitiga noqulay tahsirlarni oldini olish;  

mehnat  faoliyatiga  doir  ba’zi  qo‘l  va  tana  muskullarini 

rivojlantirish;  

umurtqaning  har  xil  kasalliklariga  chalinishni  oldini  olish  va 

boshqalar. 

AKJT  vositalari:  1000  m.  va  3000  m.ga  yugurish,  arg‘umchida 

sakrash,  uzun  o‘tirg‘ich  bilan  mashqlar  bajarish;  qorinda  yotgan  holda 

orqaga egilish(kerilish); ikki tennis to‘pi bilan har xil mashqlar bajarish; 

to‘pni barmoqlar yordamida olib yurish; to‘pni aniq nishonga uloqtirish; 

voleybol  to‘pini  yuqoridan  sherigiga  uzatish;  devordan  yoki  poldan 

qo‘llarga  tayangan  holda  barmoqlar  yordamida  siltanish  va  boshqalar. 

Engil atletikavoleybol, stol tennisi va qo‘l to‘pi kabi sport turlari bilan 

shug‘ullanish tavsiya etiladi. 

3.  Transport  haydovchisi  kasbi:  teplovoz  boshqaruvchi,  uning 

yordamchisi,  minorali  kran  boshqaruvchisi,  traktorchi,  avtomobil  va 

boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini haydovchilar. 

Kasbga  talablar:  oyoq  va  qo‘l  harakatlarini  muvofiqlashtirishni 

rivojlantirish;  qo‘l,  yelka  hamda  bel  muskullarini  chidamliligini  statik 

rivojlantirish  va  takomillashtirish;  tezlik  reakstiyasi  va  diqqatni 

o‘zlashtira bilish va mustahkamlash. 

AKJT vositalari: to‘ldirma to‘pni, gantellar, rezinali amartezatorlar 

bilan  mashqlar:  to‘pni  tezlikni  oshirib  olib  yurish  va  xushtak  chalinish 


325 

 

bilan  to‘xtashlar:  chap  va  o‘ng  qo‘l  bilan  navbatma-navbat  to‘p  olib 

yurishlar:  signal bilan past  va baland startdan tezlikni oshirib to‘p olib 

yurishlar. 

Gimnastika,  basketbol,  engil  atletika  kabi  sport  turlari  bilan 

shug‘ullanish tavsiya etiladi.  

4. 

Qurilish 



sohasi 

kasblari: 

marmarga 

ishlov 


beruvchi, 

duradgorchilik g‘isht teruvchi, suvoqchi va boshqalar. 

Kasbga  talablar:  oyoq,  bel,  musullarni  va  kuchni  statik  va 

vestibulyar  chidamliligini  takomillashtirish,  chaqqonlik,  muvozanat 

saqlash qobiliyatlarini va chegarali tayanch malakalarini rivojlantirish. 

AKJT  vositalari:  osilgan  arqonga  tik,  yonbosh  bilan  tirmashib 

chiqish malakalari; bosh va qo‘llarda  uchburchak hosil  qilib tik turish; 

cho‘p ustida yurib muvozanat saqlash; balandlikdan to‘shak (mat) ustiga 

yumshoq sakrab tushishlar; gantel va toshlar bilan mashqlar. 

Gimnastika, akrobatika, suzish, sakrash, batutda sakrash kabi sport 

turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.  

5.  Konveyrda  uzluksiz  ishlaydigan  kasblar:  soat  sozlovchi, 

avtomobil va televizor yig‘uvchi, poyafzal tikuvchi va boshqalar. 

Kasbga  talablar:  aniq  harakat  tezligini  oshirish,  rivojlantirish 

o‘yinda chaqqonlik va chidamlilik harakatlarini muvofiqlashtirish. 

AKJT  vositalari:  20,  30  m.li  qisqa  masofalarga  yugurish:  chap  va 

o‘ng  oyoqlarda  belgilangan  chiziqlarda  sakrab  o‘tish:  basketbol 

to‘plarini  olib  yurishda  harakat  yo‘nalishlarini  o‘zgartirish:  to‘pni 

ko‘krakdan uzatish, to‘pni savatga harakatda tashlash va boshqalar. 

Basketbol, voleybol, engil atletika, velosport kabi sport turlari bilan 

shug‘ullanish tavsiya etiladi. 

To‘qimachilik ishlab chiqarish kasbi: to‘quvchi, charx aylantiruvchi 

va boshqalar. 

 Kasbga talablar: Harakat tezligi va aniqligini muvofiqlashtirish va 

takomillashtirish:  maxsus,  umumy  chidamlilikni  oshirish:  bel  va  qo‘l 

muskullari,  qo‘l  bo‘g‘inlarini  harakatchanligini  rivojlantirish:  harakat 

tezligi  va  ko‘rishish  hajmiga  bo‘lgan  faoliyatini  takomillashtirish: 

mikroiqlimning  qiyin  sharoitiga  chidamlilikni  oshirish:  o‘ziga  xos 

xususiyatlari sharoitiga moslashtirish. 

AKJT  vositalari:  harakat  imkoniyatlariga  moslashtirib  buyum 

(chukor,  arg‘umchi,  tennis  to‘pi,  gimnastika  tayoqchalar,  to‘ldirma 

to‘plar  espanerlar  bilan)  va  buyumsiz  umumrivojlantiruvchi  mashqlar: 

yo‘nalishni  o‘zgartirib  yugurishlar,  o‘rta  va  uzoq  masofaga  yugurish: 

engil  atletika  sport  anjomlarini  yarim  kuch  va  to‘la  kuch  bilan  aniq 

mo‘ljalga uloqtirish: qo‘llar bilan basketbol to‘pni maydonchada har xil 

yo‘nalishda  va  tezlikni  o‘zgartirib  olib  yurish:  har  xil  uzoqlikka  to‘pni 



326 

 

ochiq  va  yo‘nalishlarni  berkitib,  kutilmaganda  uzatish,  harakatda 

o‘yinlar: to‘siqlardan oshib yugurishlar 

Engil atletika, gimnastika va sport o‘yinlari tavsiya qilinadi. 

7. 

Murakkab 



dastgohlarni 

boshqarish 

kasbi: 

dastgohlarni 



boshqaruvchi, EHM operatori va boshqalar. 

Kasbga  talablar:  ayrim  (kasbga  tegishli)  harakatlarni  tezlashtirish 

va  takomillashtirish,  harakatlarni  aniqligini  rivojlantirish;  tezda 

muskullarni 

statik 

chidamliligini 



oshirish, 

sport 


o‘yinlarida 

chaqqonlikni  tarbiyalash,  hayajonli  sharoit  paytida  harakat  faoliyati 

mahoratini takomillashtirish. 

AKJT  vositalari:  gimnastika  mashqlarini  buyum  yoki  buyumsiz 

bajarish: gimnastika tayoqchasi va cho‘kmorlar bilan mashqlar bajarish: 

erkin  mashqlar:  gimnastik  o‘tirg‘ichni  devorga  har  xil  joylashtirib 

mashqlar  bajarish;  basketbol,  voleybol,  o‘yinlarinig  elementlarini 

bajarish;  estafetalar,  chidamlilikni  tarbiyalaydigan  o‘yinlar,  chaqqonlik 

va aniqlikni tarbiyalaydigan o‘yinlar. 

Basketbol, voleybol, stol tenisi kabi sport turlari tavsiya qilinadi. 

8.  Ishchilardan  yuqori  saviyadagi  aniqlik  bilan  harakat  qilish  talab 

qiladigan kasblar. 

Kasbga talablar: chaqqonlik harakat malakalarini rivojlantirish: qo‘l 

natijalari  bo‘g‘inlari  harakatlarining  chidamliligini  oshirish:  umumiy 

chidamlilik va qo‘l o‘yinlarini takomillashtirish. 

AKJT  vositalari:  saf  mashqlari;  gimnastika  tayoqchasi,  to‘ldirma 

to‘p  bilan  mashqlar;  cho‘kmor  bilan  gimnastik  o‘tirg‘ich  ustida, 

gimnastik narvonida mashqlar: akrobatik mashqlar. 

Harakatli  o‘yinlar:  har  xil  usullar  bilan  (bosh  ustidan,  yondan, 

beldan,  sakrab-sakrab  umboloq  oshib)  buyumlarni  uzatish,  sport 

o‘yinlarida  to‘pni  yumshoq  qabul  qilish  va  uzatish;  katta  bo‘lmagan 

doirada voleybol o‘yini elementlari. 

Basketbol: berkitilgan to‘pni uzatish, chalg‘itish harakatlari, bir va 

ikki  qo‘llar  bilan  to‘pni  savatga  tashlash,  har  xil  yo‘nalishda,  tezlikda 

to‘xtashlar va harakat qilish. 

Engil  atletika:  yugurib  kelib  balandlika  va  uzunlikka  sakrash:  past 

va yuqori startdan yaqin masofaga yugurish: takroriy va tezlikni oshirib 

yugurish: engil vazndagi asbob-anjomlarni uloqtirish. 

Basketbol,  voleybol,  qo‘l  to‘pi,  stol  tennisi  kabi  sport  turlari  bilan 

shug‘ullanish tavsiya etiladi. 

9. Yuqori quvvatga ega bo‘lgan elektr uzatgich va montaj qiluvchi 

elektrmontyorlar kasbi. 

Kasbga  talablar:  balandlikka  muvozanat  saqlash  chidamliligini 

rivojlantirish, chiniqtirish. 



327 

 

AKJT  vositalari:  gimnastika  tayoqchalari,  gantellar  bilan  yakka 

cho‘p  yoki  gimnastik  o‘tirg‘ich  yoki  erdan  yarim  metr  balandlikda 

tortilgan  (gross)  sim  ustida  5  metrgacha  har  xil  haraktlar  bilan  yurish, 

gimnastik uskunalarda mashqlar bajarish. 

Tayanib va tayanmay sakrab o‘tishlar: arqon yoki tik xodalar har xil 

usullarda tirmashib chiqishlar: yugurish, sportcha yurishda, yo‘nalishni 

o‘zgartirib  yugurishlar:  yugurib  kelib  uzunlikka  va  balandlikka 

sakrashlar: engil atletika asbob-anjomlarini turgan joydan uloqtirishlar. 

10. Teplovoz va elektrovozlarni yurituvchi mashinistlar kabi: 

Kasbga  talablar:  harakat  aniqligini  muvofiqlashtirish,  harakat 

qo‘zg‘alishini  rivojlantirish,  o‘yin  chaqqonligini  takomillashtirish: 

organizmni chiniqtirish. 

AKJT  vositalari:  sport  o‘yinlari  (basketbol  va  stol  tennisi), 

gimnastik tayoqchalar, gantellar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar. 

Mashqlarni yil mobaynida suv muolajalari bilan o‘tkazish. 

Tennis, stol tennisi, basketbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanish 

tavsiya qilinadi. 

Yuqoridagi  ko‘rsatilgan  amaliy  kasbiy  jismoniy  tayyorgarlik 

bo‘yicha  talab  me’yorlarini  jismoiny  tarbiya  rahbari  va  o‘qituvchilari 

o‘tkazadilar. 

O‘zbek kurashi (belbog‘li va xalqaro milliy kurash) 

Nazariy  ma’lumotlar.  Respublikamiz  palvonlarining  xalqaro 

musobaqalardagi  erishgan  natijalari  to‘g‘risida  ma’lumotlar  berish. 

Musobaqa qoidalari. Kurashchining shaxsiy gigienasi. 

Ko‘nikma  va  malakalar.  Yiqilishdan  o‘zini  saqlash  usullarini 

takrorlash.  Orqadan,  oldidan  chalish,  yondan,  oldindan  oyoq  bilan 

qoqish  usullarini  takomillashtirish.  Boldirni  ilib  orqaga  tashlash  va 

qarshi harakat faoliyatini o‘rgatish. Chirmab tashlash, oyoqlarni ichidan 

oyoq yordamida ko‘tarib tashlash va qarshi harakat usullarini o‘rgatish. 

Oyoqlar  bilan  yonboshdan  ko‘tarib  tashlashni  va  qarshi  harakatlarni 

o‘rgatish. 

Belbog‘lik  kurash.  Siljish.  Cho‘kkalatish.  Qoqish  usullarini 

takomillashtirish.  Ilib  tashlash,  songa  ich  tomonidan  tizza  o‘rab  yonga 

tashlash, qaytarma va qarshi harakat usullarini mustahkamlash. 

 

O‘zlashtirish mezonlari  



O‘rganilgan  usullarini  o‘quv  mashg‘ulot  bellashuvlarida  qo‘llay 

bilish va harakat ko‘nikma malakalarini hosil qilish. 



Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling