O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
365 hisoblanadi. Bu vazifaga esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tizimida estetika fanini chuqurroq o‘qitish orqali erishish mumkin.
O‘quvchilarda estetik tafakkurning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari to`g`risidagi dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish; O‘quvchilarga san’atdagi, turmushdagi, sanoatdagi, tabiatdagi nafosatning, go‘zallikning inson hayotida tutgan o‘rnini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishga qaratilgan. Fanning vazifasi: – o‘quvchilarda estetik ong va ijodiy qobiliyatning shakllanishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashish; – milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish; – texnika estetikasi va uning amaliy ko‘rinishi bo‘lmish dizaynning, tabiat estetikasi, turmush estetikasi hamda sport estetikasining erkin, demokratik jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini o‘quvchilarga anglatish; – amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning estetik voqelik va estetik obyektlar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlariga erishish.
O‘quvchilar ushbu fanni organish orqali: Estetika fani tadqiqot doirasining miqyosiyligi va ko‘pyoqlamaligi, uning falsafiy mohiyati; Estetika – san’at, badiiy ijod, dizayn, turmush go‘zalligi, atrof-muhitni go‘zallashtirish, xulqiy go‘zallik va estetik tarbiya borasidagi umumiy qonuniyatlar hamda estetik mezoniy tushunchalar; Sharq-qadimgi dunyo estetikasining beshigi; Sharq-qadimgi dunyo estetikasining beshigi; Antik dunyo mumtoz estetikasi va uning jahon nafosat ilmi taraqqiyotiga ta’siri; O‘rta asrlar musulmon Sharqi estetikasi; Yevro‘pa ma’rifatparvarlari estetikasi; Eng yangi davr estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari; Turkistonda jadidchilik ma’rifiy-ijtimoiy harakatida ma’rifatchilik va estetik g‘oyalarning ommalashuvi; Estetik ong va uning individuallik xususiyati;
366 Estetik faoliyat mehnatning o‘ziga xos turi; Estetikaning asosiy tushunchalari; San’at va uning estetik mohiyati; Tabiatning estetik xususiyatlari; Ilmiy texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishdagi estetik faoliyat; Sport estetikasi; Shaxs kamolotida estetik tarbiyaning ahamiyati haqida nazariy bilimlarga ega bolishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy va umumbashariy ma’naviy merosga munosabat hamda estetik qadriyatlar borasida bildirgan fikr-mulohazalarini o`rganib borish; Estetikaning inson va jamiyat hayotini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati to`g`risida o`rgangan bilimlarini bir davrdan ikkinchi davrga o`tkaza olish, qiyosiy tahlil qilish; Vatan va jahon san’ati tarixi, zamonaviy san’atning eng muhim yo‘nalishlaridan xabardor bo‘lish; Atrofida bo‘layotgan voqeliklarga dahldorligini his qilish; Guruhlarda ishlay olish; Jamoadoshlarini fikrini hurmat qilish, o‘zi fikrini to‘g‘ri ifodalay olish; Jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qarorlar qabul qila olish; Jamoada ishlay olish va etakchilik qobiliyatlarini namoyon etish, masuliyat bilan yondashish; Fanga ma’lumotlarini jamlay olish va taqdimotlar tayyorlay olish
Jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarga faol kirisha olish; Jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar va hodisalar, vaziyatlarga baho berish, ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash; Aniqlangan xususiy natijalarni umumlashtirib, asosiylarini ajratish, xulosa chiqara olish; Jarayonga munosabat bildirishda tanqidiy va asosli fikrlay olish; Jamiyatda bo‘layotgan har qanday voqea-hodisalarga dahldorlikni his etish; Go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissini tuyish; Erkinlik, demokratiya va fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirishda estetikaning o‘rnini munosib baholay olish; Go‘zallikka nisbatan fidoyilarcha munosabat da bo`lish; Mustaqillik mohiyatini anglash; Mustaqillik baxsh etgan erkin tafakkur qilish imkoniyati - san’at va estetika taraqqiyotining zarur sharti ekanini anglash; 367 Haqiqiy san’at asarlarining millat va jamiyat hayotidagi ulkan ma’naviy hodisa ekanini anglash; San’atni chuqur tushunish; Mashg‘ulotlar jarayonida olgan taassurotlarini og‘zaki va yozma bayon qilish malakalariga ega bolishi lozim. Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi “Estetika” fani umumtalim fanlaridan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Ma’naviyat asoslari”, “Ona tili va adabiyot”, “Tarix”, “Falsafiy fanlar”, “Oila psixologiyasi”, “O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Huquqshunoslik” fanlari bilan uzviy bog‘liq hamda uslubiy jihatdan ketma-ketdir.
ovoz kuchaytirgich, printer, nusxa ko‘chirish apparati, elektron doska vositalari va fanga oid audio-video materialllar yordamida o‘qitiladi.
o`qish”, “Loyiha”, “Keys-stadi” kabi interfaol pedagogik texnologiyalar hamda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Amaliy o‘yin”, “Rolli o`yin”, “Yelpig‘ich”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Zinama-zina”, “Tushunchalar tahlili”, “T sxema”, “Atamalar zanziri”, “Toifalash jadvali”, “FSMU”, “B-B-B”, “Blits-so`rov”, “Insert”, “Intervyu”, “3x4” va boshqa shu kabi metodlar qo‘llaniladi.
orqali mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida taqsimlagan holda mashg`ulotni tashkil etadi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan tushunchalar to`g`risida ma`lumot beradi. Qaytar aloqani o`quv topshiriqlar (og`zaki, yozma) yordamida mustahkamlaydi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, yangi pedagogik texnologiyalar orqali
o‘quvchilarda mavzu
bo`yicha bilimlarni shakllantiradi.
bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari pedagogik texnologiyalar asosida mustahkamlanadi. O‘qituvchi mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning mavzuni
368 o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beradi. Taqdimotlarni kuzatadi, nazorat qiladi, baholaydi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarni mavzuga mos (muzey, teatr, kinoteatr, sirk, konstert zali, me’moriy yodgorliklar majmui, sanoat korxonasi, sport inshooti, tabiat quchog‘i v.b.) obyektlarda olib boradi. Mustaqil ishlarni tashkil etish: O‘qituvchi o‘tilgan mavzular mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro‘yxatini shakllantiradi, mustaqil ishlarni bajarish shaklini belgilaydi, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi. Mustaqil ishlar yakuniy nazorat o‘tkazilgunga qadar tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi. O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlar darslik va o’quv qo’llanmalarda to’liq yoritilishi o’qituvchiga vaqtni tejashga va tejalgan vaqtdan mavzularga oid qo’shimcha ilmiy-metodik materiallar tayyorlash uchun foydalanish imkoniyatini yaratish; bu borada tajribali, yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, o’rganishni yo’lga qo’yish; ushbu fan o’qituvchisi birinchi navbatda mutaxasis, o’z fanini yaxshi biladigan, fidoiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor bo’lishi lozim;
ta`lim berishda zamonaviy texnik imkoniyatlar Respublika miqyosida oshirilishiga qaramasdan, o’qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal bilim berish yo’llarini izlab topmog’i va ularni qo’llamog’i kerak;
muzeylarga, tarixiy joylarga, dalalar, zavod-fabrikalar, san`at dargohlari, kontsert zallari, teatr, kino, televideniya, nashriyotlar va hokazolarga sayohat darslari tashkil etishni nazarda tutadi.
Fаnning xususiyatini hisоbgа оlgаn hоldа rеyting tizimi bo’yichа o`quvchilаr bilimini bаhоlаsh mеzоnlаri ishlаb chiqildi. O`quvchining fаn bo’yichа o’zlаshtirishni bаhоlаsh muntаzаm rаvishdа оlib bоrilаdi vа quyidаgi turlаr оrqаli аmаlgа оshirilаdi: – Jоriy bаhоlаsh (JB); – Yakuniy bаhоlаsh (YaB); JB dа fаnning hаr bir mаvzusi bo’yichа o`quvchining bilimi vа аmаliy ko’nikmаlаrini аniqlаb bоrish nаzаrdа tutilаdi.
369 JB turlаri har bir mavzuning hususiyatidаn kеlib chiqqаn hоldа, оg’zаki, yozmа ish, tеst, nаzоrаt ishi, uy vаzifаsi, kоllоkvium vа shu kаbi bоshqа shаkllаrdа аmаlgа оshirilishi mumkin. YaB dа o`quvchining bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаri fаnning umumiy mаzmun dоirаsidа bаhоlаnаdi. O`quvchining sеmеstr dаvоmidа fаn bo’yichа to’plаgаn umumiy bаli hаr bir bаhоlаsh turlаridаn to’plаngаn bаllаr yig’indisigа tеng bo’lаdi. YaB turi tеst shаklida o’tkаziladi. O`quvchining fаn bo’yichа mustаqil ishi JB vа YaB turlаridа bаhоlаndi. O`quvchilаr bilimini bаhоlаshdа quyidаgi nаmunаviy mеzоnlаr inоbаtgа оlinаdi.
4,5-5
А’lо Hulоsа vа qаrоr qаbul qilish; Ijоdiy fikrlаy оlish; Mustаqil mushоhаdа yuritish; Аmаldа qo’llаy оlish; Mоhiyatini tushunish; Bilish, аytib bеrish; Tаsаvvurgа egа bo’lish. 3,5-4
Yahshi Mustаqil mushоhаdа yuritish; Аmаldа qo’llаy оlish; Mоhiyatini tushunish; Bilish, аytib bеrish; Tаsаvvurgа egа bo’lish. 2,5-3 Qоniqаrli Mоhiyatini tushunish; Bilish, аytib bеrish; Tаsаvvurgа egа bo’lish. 1-2 Qоniqаrsiz Аniq tаsаvvurgа egа emаslik; Bilmаslik.
“Estetika” fanidаn o’tkаzilаdigаn rеyting tizimi quyidаgi vаzifаlаrni bаjаrishgа qаrаtilgаn: –
o`quvchilаrning “Estetika” fаnini o’zlаshtirishini muntаzаm rаvishdа nаzоrаt etib bоrish, ulаrni o’quv sеmеstri dаvоmidа o’z bilimlаrini uzluksiz fаоl rаvishdа оshirib bоrishlаrini tа’minlаsh. –
o`quvchilаr bilimini hаqqоniy аniq vа аdоlаtli bаhоlаsh hаmdа nаtijаlаrini ulаrgа muntаzаm rаvishdа mа’lum qilib bоrish; –
ko’nikmаlаrini kеng rivоjlаntirish; –
“Estetika” fаnidаn tа’lim bеrаdigаn o’qituvchilаrdа mа’ruzа vа аmаliy mаshg’ulоtlаrgа puxtа tаyyorgаrlik ko’rish, o`quvchilаr bilimini bаhоlаsh uchun sаvоllаrni tuzishdа mаs’uliyatni оshirish vа hоkаzоlаr. Izоh:O`quvchilаrni аmаliy mаshg’ulоtlаrdа bаhоlаsh jаrаyonidа,uning аxlоq оdоbi, mа’nаviyati, dunyoqаrаshi, fаоlligi hаm inоbаtgа оlinаdi. 370 Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi
Boblar va mavzular Ham masi Jami dars soatlari Ma’ ruza Amaliy mashg‘ ulot Semi nar Musta qil ish Birinchi bo‘lim. Estetikaga kirish 1- mavzu Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari 3 3
1
Ikkinchi bo‘lim. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari 2- mavzu Qadimgi dunyo estetikasi va o‘rta asrlar mutafakkirlarining estetik ta’limotlari 4 2 1
1 2 3-
mavzu Yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo‘nalishlar 4 2 1
1 2 4-
mavzu Turkiston ma’rifatchi- jadidlarining estetik qarashlari 4 2 1
1 2 Uchinchi bo‘lim. Estetika nazariyasi 5- mavzu Estetik ong va estetik faoliyat 6 4 2
2 2 6- mavzu Estetikaning asosiy tushunchalari 5 4
2 1 To‘rtinchi bo‘lim. Amaliy estetika 7- mavzu San’at estetikasi 10
8 4 2 2 2 8- mavzu Tabiat va turmush estetikasi 2 1
1 9- mavzu
Texnika va sport estetikasi 3 2 1 1
1 10-
mavzu Estetik tarbiya 3 2
1 Jami: 44 30 17 3 10 14 O‘quv dasturining mazmuni Birinchi bo‘lim. estetikaga kirish 1-mavzu. Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari Estetika – nafosatning mohiyatini o‘rganuvchi qadimiy falsafiy fan. Estetika fani tadqiqot doirasining miqyosiyligi va ko‘pyoqlamaligi, uning falsafiy mohiyati. Estetika” – nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. “Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. Dunyoni estetik his qilishga mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlar. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. “Estetika” va ijtimoiy fanlarning o‘zaro aloqadorligi: falsafa, etika, tarix, 371 milliy g‘oya, pedagogika, psixologiya, ma’naviyat asoslari, dinshunoslik, iqtisodiyot, ekologiya, tabiiy fanlar. “Estetika”ning strukturasi. Estetika – san’at, badiiy ijod, dizayn, turmush go‘zalligi, atrof-muhitni go‘zallashtirish, xulqiy go‘zallik va estetik tarbiya borasidagi umumiy qonuniyatlar hamda estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) tizimi sifatida. Estetikaning boshqa zamonaviy fanlar bilan aloqasi: estetika va falsafa; estetika va axloqshunoslik; estetika va ruhshunoslik; estetika va milliy istiqlol g‘oyasi; estetika va sostiologiya; estetika va dinshunoslik; estetika va pedagogika, estetika va ekologiya v.h. Erkinlik, demokratiya va fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirishda estetikaning o‘rni, uning inson estetik madaniyatni shakllantirishdagi roli va jamiyat hayotining barcha jabhalarini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati.
Sharq-qadimgi dunyo estetikasining beshigi. Somir(Shumer) va Bobilonda dastlabki estetik g‘oyalarning shakllanishi. Qadimgi Misrda vujudga kelgan san’at turlarining estetik mohiyati. Qadimgi Turon va Erondagi estetik g‘oyalar. «Avesto»ning falsafiy – estetik mohiyati. Hindi – Xitoy mintaqasidagi san’at taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari. Antik dunyoning mumtoz estetikasi. Qadimgi Yunoniston allomalari Suqrot va Aflotunning estetik qarashlari. Arastuning estetik ta’limoti va uning qadimgi dunyo estetik tafakkurida tutgan o‘rni. Qadimgi Rumo estetikasi (Horastiy Flakk, Tit, Lukrestiy Kar, Boestiy). Antik dunyo estetikasining jahon nafosat ilmi taraqqiyotiga ta’siri. Umumjahoniy dinlar va ularning san’at bilan o‘zaro hamkorligi. San’at turlarining shakllanishi va taraqqiy etishida dinning ahamiyati. O‘rta asrlar musulmon Sharqi estetikasida mashshoiyyunlik va tabiiyyunlik yo‘nalishlarining qaror topishi (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom). Tasavvuf estetikasining vujudga kelishi (G`azzoliy, Rumiy). O‘rta asrlar budda Sharqi estetikasining alohida xususiyatlari. Buddachilik, daochilik va konfustiychilik estetik ta’limotlarining Xitoy san’atidagi o‘rni. O‘rta asrlar Xitoy estetikasining mintaqaviy ahamiyati. Yapon estetikasi va uning asosiy tushunchalari. Xeyyan davri estetikasi (IX-XII asrlar). Yapon teatr estetikasi, choy taomili, tosh bog‘lar, gulchilik san’ati (ikebana) estetikasi.
372 Temur va temuriylar davri estetikasi. Navoiy, Jomiy, Bobur, Husayn Boyqaroning estetik qarashlari, tazkirachilik an’analari va tazkiraning estetika risolasi sifatidagi ahamiyati (Abu Mansur as-Saolibiy, Abu Farroj al-Isfahoniy, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiy, Hasanxo‘ja Nisoriy). 3-mavzu. Yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo‘nalishlar Yevro‘pa ma’rifatparvarlari estetikasi (Byork, Yum, Didro). XYIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi olmon mumtoz estetikasi (Kant, Shiller, Shelling Hegel). Yevro‘pa estetikasida norastional yo‘nalishning qaror topishi (Kikegaard, Shopenhauer, Nitstshe). Markscha estetika hamda sinfiylik nazariyasining san’at va nafosat ilmi taraqqiyotiga salbiy ta’siri. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi rus mumtoz estetikasi (L.Tolstoy, F. Dostoevskiy, V. Solovyov, N. Berdyaev v.b.). Eng yangi davr estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari; froydchilik, ekzistenstiyachilik, hayot falsafasi, yangi kantchilik, falsafiy germenevtika va boshqa yo‘nalishlar estetikasi (Z. Froyd, K.Yung, E.Fromm, K. Yaspers, J.P. Sartr, Y. Huyzinga, Xose Ortega-i-Gasset, O.Shpengler, A.Bergson, X.Gadamer, R. Tagor, J.Halil, A.Rayhoniy, D.Sudzuki v.h.). 4-mavzu. Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari Turkistonda jadidchilik ma’rifiy-ijtimoiy harakatining vujudga kelishi. Ziyolilar orasida ma’rifatchilik va estetik g‘oyalarning ommalashuvi. Jadidchilikning mohiyatan axloqiy-estetik oqim ekani. Furqat va Anbar otinning estetik qarashlari. Behbudiy, Hamza va Ayniyning zamonaviy san’at turlari va janrlarga murojaat qilishi. Jadid teatrining vujudga kelishi. Fitrat va Cho‘lponning estetik qarashlari - jadidchilik estetikasining yuksak pog‘onasi sifatida. Uchinchi bo‘lim. estetika nazariyasI 5-mavzu. Estetik ong va estetik faoliyat Estetik ong va uning individuallik xususiyati. Estetik ongning asosiy unsurlari: estetik ehtiyoj va estetik munosabat; estetik tuyg‘u va estetik did; estetik baho va estetik ideal; estetik qarashlar va estetik nazariyalar. Shaxs estetik ehtiyojini tarbiyalash muammolari. Estetik ong va estetik faoliyatning mazmun va mohiyati. Estetik ong va estetik faoliyatning o‘zaro aloqadorligi. Estetik ong va estetik faoliyatning ijodiy xarakteri. Estetik faoliyat mehnatning o‘ziga xos turi sifatida. Estetik faoliyatning ijodiylik xususiyati, turli ma’naviy faoliyatlarning estetik ibtidoga asoslanishi, mehnat, o‘yin va san’atning o‘zaro munosabatlari, estetik faoliyatning turlarga bo‘linishi, san’atning o‘ziga xos estetik faoliyat
373 sifatidagi ahamiyati, hunar va san’at, hunarning estetik vazifalari, xalq ijodi va professional ijodiy faoliyat. Tabiatning go‘zallik va ulug‘vorlik manbai ekanligi, uning estetik faoliyat obyekti sifatida namoyon bo‘lishi. Tabiat estetikasining o‘ziga xos jihatlari. Estetika va ekologiyaning hamkorligi, bu hamkorlikning dolzarb muammolari.
Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling