O‘quv dasturining nomi
|
Qishloq xo‘jalik entomologiyasi
|
Ajratilgan soat
|
120
|
Mavzular soni
|
52
|
Dasturning maqsadi
|
Qishloq xo‘jalik ekinlariga va mahsulotlarini saqlash davrida zarar yetkazuvchi zararkunanda hasharotlarining zarari tur tarkibi, morfologik va biologik, ekologik xususiyatlari hamda ularning ekinlardagi miqdorini boshqarishni ekologik xavfsiz usullarini qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Ekinlarga zarar yetkazuvchi zararkunanda hasharotlarning tur tarkibi hamda ularning miqdorini boshqarishni ekologik xavfsiz usullarini o‘rganish;
Uyg‘unlashgan kurash tizimini mohiyatini o‘rganish;
Ekin turlari bo‘yicha ularni zararlovchi zararkunanda hasharotlarning zarari, morfologik, bioekologik xususiyatlari, tabiiy kushandalarini o‘rganish;
Zararkunanda hasharotlarga qarshi ekologik xavfsiz tabiiy kurash vositlari va usullarini o‘rganish va ularni amaliyotga joriy eta olishini ta’minlashdan iborat.
|
Bilim
|
hasharotlarning biologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi;
hammaxo‘r zararkunandalar va ularga qarshi kurash;
g‘o‘za so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari;
boshoqli, don-dukkakli ekinlar va beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash;
sabzavot, poliz ekinlarining zararkunandalari va qarshi kurash choralari;
mevali ekinlarning zararkunandalari va kurash choralari;
moyli ekinlarning zararkunandalari va qarshi kurash choralari;
himoyalangan yerlarda uchrovchi zararkunandalar va
qarshi kurash choralari
|
Ko‘nikma
|
hammaxo‘r zararkunandalarga qarshi kurash usullarini qo‘llay olish;
g‘o‘za so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalariga qarshi kurash usullarini qo‘llay olish;
boshoqli, don-dukkakli ekinlar va bedani zararkunandalardan himoya qilish;
sabzavot, poliz ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash choralarini bajarish;
mevali ekinlarning zararkunandalariga kurash choralari aalga oshirish;
moyli ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish;
himoyalangan yerlarda uchrovchi zararkunandalarga qarshi kurash choralari amalga oshirish
|
|