O‘quv dasturining nomi
|
Himoyalangan joy zararkunanda va kasalliklari
|
Ajratilgan soat
|
80
|
Mavzular soni
|
16
|
Dasturning maqsadi
|
Issiqxonadagi o‘simliklarni zararkunandalari va kasalliklarini uyg‘unlashgan himoya qilishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, mohiyati tarixiy taraqqiyoti, issiqxonadagi yetishtirilayotgan turli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi qo‘llaniladigan kurash choralari haqida ma’lumot berish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Himoyalangan joydagi o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimi;
O‘simliklarni himoya qilish kurash usullari (kimyoviy, biologik, agrotexnik, profilaktik;
Zararli organizmlarning iqtisodiy xavflilik darajasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
|
Bilim
|
himoyalangan joydagi o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimi;
o‘simliklarni himoya qilish kurash usullari (kimyoviy, biologik, agrotexnik, profilaktik);
zararli organizmlarning iqtisodiy xavflilik darajasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;
uyg‘unlashgan himoya qilishning ilmiy asoslarini va tuzilish prinsiplarini;
o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning biologik xususiyatlarini;
zararkunandalarning morfologik va anatomik tuzilishini, ko‘payishini bilgan ularning rivojlanishini oldini olish usullari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;
|
Ko‘nikma
|
pestitsidlarni ekosistemaga ta’siri;
entomofaglarni ommaviy ko‘paytirish usullari;
o‘simliklarni kimyoviy himoya hilish vositalari;
mikrobiologik preparatlarni olish usullari;
zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlarining samaradorligini o‘rganish;
foydali hasharotlarni ko‘paytirish;
zararli organizmlarga qarshi pestitsidlarni ishlatish;
mikrobiologik preparatlardan foydalanish;
entomofaglarni tarqatish;
uyg‘unlashgan himoya qilishni biologik va iqtisodiy samarasini hisoblash haqida malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|