O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus professional ta’limning


Download 386.79 Kb.
bet172/203
Sana14.02.2023
Hajmi386.79 Kb.
#1196181
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203
Bog'liq
50810601-O‘simliklar himoyasi va karantini

O‘qitishni tashkiliy shakli

N-Nazariy ta’lim;
A-Amaliy ta’lim;
NA-Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX-Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot
S-Seminar

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq



2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim


Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalarining tur tarkibini aniklash

Tur tushunchasi. Hasharotlarning turlarini aniqlash belgilari. Hasharotlarning turkumlari. To‘g‘ri qanotlilar, qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar, tangaqanotlilar va boshq. to‘g‘risidagi tushuncha beriladi. Ularning qishloq xo‘jalik mahsuldorligiga keltiradigan zarari tushuntiriladi.

2

N

1


O‘simlik kasalliklarining asosiy belgilarini aniqlash

O‘simlik kasalliklari xaqida tushuncha. Kasallik turlari va ularning klassifikatsiyasi. O‘simlik kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari biologiyasi to‘g‘risida tushuncha berish

2

N,A

1


Zararli organizmlarga qarshi kurash usullari

Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash usullari:
Tashkiliy xo‘jalik, agrotexnik, kimyoviy, biologik, fizik – mexanik, genetik va boshqa usullar, mohiyati va qo‘llanish xususiyatlari, uyg‘unlashgan kurash tizimi to‘g‘risida tushuncha berish.

4

A

2


Yorug‘lik va feromon tutqichlardan foydalanish orqali hasharotlarni hisobga olish

Yorug‘lik va feromon tutqichlaridan foydalanish orqali hasharotlarni hisobga olish: Asosiy tushunchalar, yorug‘lik va feromon tutqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi to‘g‘risida tushuncha berish.

4

N,A

2


Biologik kurash usuli, uning rivojlanishi biotsenozdagi
organizmlarni o‘zaro munosabati

Tabiatda organizmlarni tur ichidagi va turlararo munosabatlari simbiotik munosabatlar va ularning turlari.(foreziya, mutualizm, komensalizm). Yirtqichliq va tekinxo‘rlik tushunchalari. Tekinxo‘rlikning shakllari, (haqiqiy fakultativ, ekto va endo tekinxo‘rlik) birlamchi, ikkilamchi, yakka, guruhli, tekinxo‘rlik, antibioz va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish.

4

A

2


Biolaboratoriyada sitotroga va mum kuyasini ko‘paytirish texnologiyasini o‘rganish

Mum kuyasini ko‘paytirish. Ozuqa maxsulotlarini tayyorlash, sitatrogani ko‘paytirish, ozuqa maxsulotlarini tayyorlash, mum kuyasi va sitatrogani ko‘paytirishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar to‘g‘risida tushuncha beriladi.

4

A

2


Biolaboratoriyada trixogramma ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish

Biolaboratoriyada trixogramma ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishiladi. Uni qo‘llash texnologiyasini tushuntiriladi.

4

A

2


Biolaboratoriyada brakonni ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish

Biolaboratoriyada brakonni ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish. Uni qo‘llash texnologiyasini tushuntiriladi.

4

A

2


Biolaboratoriyada oltinko‘zni ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish

Biolaboratoriyada oltinko‘zni ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish. Uni qo‘llash texnologiyasini tushuntiriladi.

4

A

2


Biolaboratoriyada enkarziyani ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish

Biolaboratoriyada enkarziyani ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish. Uni qo‘llash texnologiyasini tushuntiriladi.

4

A

2


O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish usullari. Pestitsidlarning preparat shakllari va ularni qo‘llash usullari

Kimyoviy usulning o‘simliklarni himoya qilishdagi o‘rni, uning rivojlanish yo‘nalishlari. Bu usulning kamchiliklarini yo‘qotish yo‘llari.
Pestitsidlarni qo‘llash shakllari: dust (kukun), konsentrat emulsiya, namlanuvchi kukun, donadorlashtirilgan va mikrodonador- lashtirilgan pestitsid shakllari, oquvchi suspenziyalar, mikrokapsula va boshqa turlari shakllari. Pestitsidlarni changlash, purkash va aerozol usulida qo‘llash afzalligi va kamchiliklari.

4

N,A

2


Fosfororganik insektoakaritsidlar va maxsus akaritsidlar xossalari bilan tanishuv.

Fosfororganik insekto-akaritsidlar. Guruhning umumiy xossalari. Fosfororganik pestitsidlarning ta’sir qilish mexanizmi.

4

A

2


Peritroidlar va yangi pestitsid guruhlari bilan tanishuv

Peritroidlar neonikotinoid, lyamdotsigolatrin, imidorkloprid, nematotsid va akaritsidlar tarkibi, xossalari va qo‘llanilishi.

4

A

2


Bordo suyuqligini tayyorlash va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash

Uslubiy qo‘llanmalar foydalanib, Bordo suyuqligini tayyorlash va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash o‘rganiladi xamda laboratoriya sharoitida tayyorlanadi.

4

A

2


Oltingugurtning ohakli qaynatmasi (OOQ) ni tayyorlash va uning quvvatini aniqlash

Uslubiy qo‘llanmalar foydalanib, Oltingugurtning ohakli qaynatmasi (OOQ) ni va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash o‘rganiladi xamda laboratoriya sharoitida tayyorlanadi

4

A

2


Kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilishda qo‘llaniladigan organik fungitsidlar.

Fungitsidlar to‘g‘risida tushuncha. Ularning tasnifi. Fungitsidlarni qo‘llash muddatlari va usullari. O‘simliklarni o‘suv davrida qo‘llaniladigan zamonaviy fungidlarning ta’rifi.
O‘simliklarni rivojlanishi davrida qo‘llaniluvchi fungitsidlar; haqiqiy va soxta un-shudring, zamburug‘li kassalliklarga qarshi; qo‘llaniladigan fungitsidlar.

4

A

2


Urug‘larni dorilashda qo‘llaniladigan fungitsidlar

Urug‘larni dorilashda qo‘llaniladigan fungitsidlar va ularning qo‘llanilish texnologiyalari. Urug‘larni dorilash sifatini aniqlash usullari.

4

A

2


Gerbitsidlarning tasnifi. Ularning xossalari bilan tanishuv.



Gerbitsidlarni o‘simliklarga ta’sir qilishni o‘ziga xos tanlab ta’sir qilishining sabablari. Gerbitsidlar qo‘llashning muddatlari va usullari. Gerbitsidlar va ularning tasniflanishi. Gerbitsidlarning o‘simliklarga ta’sirchanligi xususiyatlari va ularni tanlab ta’sir qilishi. Gerbitsidlarning ishchi suyuqliklarini sarflash me’yorlari.

4

A

2


G‘o‘za va g‘alla ekinlarida qo‘llaniladigan gerbitsidlar.

G‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlar dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi qo‘llanuvchi gerbitsidlar.

4

A

2


Sabzavot va meva bog‘larida qo‘llaniladigan gerbitsidlar

Uslubiy qo‘llanmalar xamda pestitsid kolleksiyalardan foydalanib, sabzavot va meva bog‘larida qo‘llaniladigan gerbitsidlar bilan tanishiladi va xossalari o‘rganiladi.

4

A

2


Defoliantlar, desikantlar va ularning qo‘llanilishi

Defoliatsiya va desikatsiya haqida tushuncha. Defoliatsiya va desikatsiya o‘tkazish muddatlari. Paxtachilikda qo‘llaniladigan defoliantlar va desikantlar.
Guruhning umumiy ta’rifi. Magniy xlorati, Dropp, avguron va boshqalar.

4

A

2


O‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi moddalar bilan tanishuv

O‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi moddalar. Bu moddalarni qo‘llash muddatlari va usullari. Keng qo‘llanilayotgan o‘stiruvchi moddalarning ta’rifi.

4

A

2


Hammaxo‘r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari

Hammaxo‘r zararkunandalarning turlari, ularning yuqori miqdori va ommaviy ko‘payishining davriyligi. Chigirtkasimonlar: osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi va marokash chigirtkasi. Ularning ekologik bog‘liqligi, rivojlanish xususiyatlari va ularga karshi kurash. Chirildoqlar: adir va bordo chirildoqlari ularning bioekologiyasi va qarshi kurash. Oddiy buzoqbosh, uning rivojlanish xususiyatlari, zarari hamda kurash choralari. Qarsildoqlar va qora qo‘ng‘izlar bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash.

4

A

2


G‘o‘zani so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari hamda ularga
qarshi kurash choralari

G‘o‘za zararkunandalari tur tarkibining umumiy tasnifi. So‘ruvchi zararkunandalar: o‘rgimchakkana, o‘simlik bitlari, beda, poliz va katta g‘o‘za bitlari, tamaki trips, beda qandalasi, o‘rgimchakkana ularning biologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari. Kemiruvchi zararkunandalar: chigirtkalar, tunlamlar, ko‘sak qurti, kuzgi tunlam, karadrina va boshqalar. Bularning tarqalishi rivojlanish biologiyasi hamda kurash choralari

4

A

2


Boshoqli ekinlar zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash

Tur tarkibining tasifi, tarqalishi va zarari, bug‘doy tripsi, zararli xasva, g‘alla o‘simlik bitlari va ularga qarshi kurash choralari.



4

A

2


Sholi ekini zararkunandalari

Qalqondor qisqichbacha, puchgul tripsi,qisqichbaqa, lentestiriya, sholi suv filchasi, sholi chigirkasi, sholi pashshasi, arpa kovaklovchi pashshasi, qirg‘oq chivini va ularga qarshi kurash choralari.

4

A

2


Em-xashak va dukkakli ekinlarining asosiy zararkunandalari

Beda zararkunandalarining tarqalishi va zarari. Beda barg filchasi va tuganak uzunburunlar, ularning zarari qarshi kurash choralari. Beda qandalasi va urug‘xo‘ri.
Dukkakli ekin zararkunandalarining tur tarkibi va uning zarari. No‘xat biti, no‘xat donxo‘ri va ularga qarshi kurash.

4

A

2


Sabzavot ekinlarining zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi

Sabzavot ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari

4

A

2


Poliz ekinlarining zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi

Poliz ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari

4

A

2


Kartoshkani zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi

Kartoshkani zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari

4

A

2


Issiqxona sabzavot ekinlari zararkunandalari

Issiqxonada sabzavot ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari

4

A

2


Mevali ekinlarni zararkunanda va kasalliklariga
qarshi kurash choralari

Mevali ekinlarni zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari.

4

A

2


Moyli ekinlarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari

Moyli ekinlarning asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.

4

A

2


Tok zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari

Tokda uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.

4

A

2


Sitrus ekinlarini zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari

Sitrus ekinlarida uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.

4

A

2


Omborxona zararli organizmlariga qarshi kurash

Omborxonada uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.

4

A

2


O‘simlik zararkunandalariga qarshi mikroorganizimlar (bakterial,zamburug‘ va viruslar) dan foydalanish

Bakterial preparatlarning tasir qilish mexanizmi. Bakterial preparatlarning qisqacha tarifi.Hasharotlarnig zamburug‘ kasalliklari va ular asosida tayyorlangan preparatlar. Hasharotlarnig virus kasalligi. Virus kasalligining hasharotlarga nisbatan o‘ziga xosligi

4

A

2


Begona o‘tlarga qarshi biologik kurash usullari

Begona o‘tlarning zarari. Begona o‘tlarga qarshi kurashda tabiiy dushmanlardan foydalanish.Zamburug‘li mikroperapatlarni qo‘llash

4

A

2


Karantin nazoratining maqsadi. Horij davlatlardan kelgan transport vositalarni va mahsulotlarni fitosanitar nazorat qilish

Qishloq xo‘jalik ekinlari karantini maqsadi, vazifalari va tarixi. Tashqi va ichki karantinning mohiyati va ob’ekti.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining karantinining qishloq xo‘jaligidagi o‘rni. Karantin materiallarning fitosanitar nazorati. Fitosanitar nazorat vaqtida olingan materiallarni laboratoriyada olib borish qoidalari

4

A

2


Karantin laboratoriya ekspertizasi. Fitopotologik ekspertiza. Bakteriologik eskpertiza

Karantin laboratoriya ekspertizasi. Karantin profilaktikasi qoidalari. Fitopotologik laboratoriya tahlilida qo‘llaniladigan jihozlar. Laboratoriya idishlarini tadqiqotlarga tayyorlash. Karantin tekshiruvida urug‘ning fitopotologik ekspertizasi

4

A

2


Kimyoviy moddalarning mahsulotlar sifatiga ta’siri

Pestitsidlarning qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamda qo‘llanilishi va buning natijasida pestitsid qoldiqlari o‘simlik mahsulotlarida saqlanib qolishi va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuncha berish

4

A

2


Download 386.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling