30.
|
Defoliantlar, desikantlar va ularning qo‘llanilishi. Hammaxo‘r zararkunandalar va ularga qarshi kurash
|
Defoliatsiya va desikatsiya haqida tushuncha. Defoliatsiya va desikatsiya o‘tkazish. Paxtachilikda qo‘llaniladigan defoliantlar va desikantlar.
Guruhning umumiy ta’rifi. Magniy xlorati, Dropp, avguron va boshqalar. Hammaxo‘r zararkunandalarning turlari, ularning yuqori miqdori va ommaviy ko‘payishining davriyligi. Chigirtkasimonlar: osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi va marokash chigirtkasi. Ularning ekologik bog‘liqligi, rivojlanish xususiyatlari va ularga karshi kurash. Chirildoqlar: adir va bordo chirildoqlari ularning bioekologiyasi va qarshi kurash. Oddiy buzoqbosh, uning rivojlanish xususiyatlari, zarari hamda kurash choralari. Qarsildoqlar va qora qo‘ng‘izlar bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash. G‘o‘za zararkunandalari tur tarkibining umumiy tasnifi. So‘ruvchi zararkunandalar: o‘rgimchakkana, o‘simlik bitlari, beda, poliz va katta g‘o‘za bitlari, tamaki trips, beda qandalasi, o‘rgimchakkana ularning biologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash Kemiruvchi zararkunandalar: chigirtkalar, tunlamlar, ko‘sak qurti, kuzgi tunlam, karadrina va boshqalar. Bularning tarqalishi rivojlanish biologiyasi hamda kurash choralari Tur tarkibining tasifi, tarqalishi va zarari, bug‘doy tripsi, zararli xasva, g‘alla o‘simlik bitlari va ularga qarshi kurash.
|
|