Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarda biznes faoliyatining amaliy asoslarini o‘rgatish orqali tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
1.Shug‘ullanish mumkin bo‘lgan muayyan tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va ustun jihatlarini aniqlash;
2.O‘z shaxsiy biznesini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan biznes muhitni tahlil qilish;
3.Biznesni boshlashning huquqiy va moliyaviy jihatlarini baholash;
4.Turli tadbirkorlik strategiyalari samaradorligini baholash hamda maqbul variantini tanlash;
5.O‘z shaxsiy biznes-rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
6.Shaxsiy biznesni tashkil etish, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda litsenziya olish.
|
Bilimlar
|
tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari;
biznes-reja, uning vazifasi va asosiy bo‘limlari;
tadbirkorlik sub’yektlarida marketing faoliyatini tashkil etish asoslari;
bankdan kredit olish va rasmiylashtirish tartibi;
tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortish tartibi.
|
Ko‘nikmalar
|
tadbirkorlik faoliyatining ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish;
shaxsiy biznesni tashkil etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya olish;
biznes-reja ishlab chiqish, shaxsiy biznes faoliyatini yuritish va uni boshqarish;
1C: Buxgalteriya dasturida ishlay olish va hisobotlarni tayyorlash;
o‘z biznes faoliyatini yuritish uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tahlil qilish;
kreditlar, shu jumladan, mikrokreditlarni rasmiylashtira olish va kredit risklarini kamaytirish;
soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish.
|
|