O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»
Download 1.67 Mb.
|
25365 Органика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Olish usullari. 1.Tiyingan uglevodorodlardan degidrogenlash orqali olish:
2.Spirtlarni degidratlash usuli bilan olish: Katalizator sifatida H2SO4, H3PO4 va Al2O3 ishlatish mumkin. Ikilamchi butil spirtidan Al2O3 yordamida buten-2 olinadi: Reaktsiya Zaytsev A.M. qoidasi bo’yicha ketib, vodorod vodorodi kam uglerod atomidan ketadi. 3.Molekulasida bitta uglerod atomi tutgan birikmalardan alkanlar, alkenlar va aromatik birikmalarni olish mumkin. Buning uchun tseolit katalizatoridan foydalaniladi: Uglerod(II)- oksidini temir, kobal’t, nikel katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlar va alkenlarning aralashmasi hosil bo’ladi: Agar katalizator sifatida kobal’t olinsa alkenning unumi 80 % ga etadi. 4.Alkenlarni mono- yoki digalogenli birikmalardan ishqorning kontsentrlangan yoki spirtdagi eritmasi ta’sirida olish mumkin: CH3CH2CH2CH2Br + NaOH CH3CH2CH=CH2 + NaBr +H2O Digalogenli birikmalardan rux metali yordamida qizdirish orqali alken olinadi: R-CHX-CHX-R + Zn R-CH=CH-R + ZnX2 5.To’rtlamchi ammoniy asoslaridan qizdirib alken olinadi: [(CH3CH2CH2)3N+-CH3]OH-CH3CH=CH2+H2O+CH3CH2CH2)2N-CH3 6.Dien va alkinlarni selektiv katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan qaytarib alken olinadi: 7.Neftni kreking qilishda hosil bo’ladigan mashsulotlarni bosim ostida shaydab alkenlar olinadi. 8.Kimirni kokslash jarayonida hosil bo’ladigan gazlardan shaydab alkenlar olinadi. Nazorat savollari: Quyidagi alkenlarni tuzilish formulalarini yozing: 3-metilpenten-1, 2,3,5-trimetilgeksen-2, simm-metiletiletilen, nosimm-dipropiletilen. C4H8, C5H10 va C6H12 larning izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va sistematik nomenklaturada nomlang. 3-brom-2,2-dimetilpentan va 3,4-dibrom-2,2-dimetilpentandan qanday reagentlar ta’sir ettirib alken olish mumkin. Galoidalkil va bir atomlik spirtlardan nosimmetrik- dimetiletilen, trimetiletilen va 3-metilgeksen-1 larni sintez qilish reaktsiya tenglamalarini yozing. CH3CH2(CH3)C=C(CH2CH3)(CH2CH2CH3) ning tsis- va trans- izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va nomlang. Adabiyot: O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S. 102-106. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 260-265. Dj.Roberts, M.Kaserio osnovi organicheskoy ximii. chast’ 1. M.: «Mir», 1978. S. 171-194. A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. S. 294-300. R.Morrison, R.Boyd Organicheskaya ximiya. M.: «Mir». 1974. S.143-210. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling