O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»
Download 1.67 Mb.
|
25365 Органика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza № 1. ORGANIK KIMYO FANI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI «ORGANIK KIMYО» UMUMIY KURSIDAN MA’RUZALAR MATNI Tuzuvchilar: Mamatqulov N. Ibodullaeva M. . Angren -2008 Annotatsiya. Ushbu o’quv uslubiy qo’llanmada organik kimyoning eng muxim tushunchalari bеrilgan. Kimyoviy tushunchalar kimyoviy bilimlarning poydеvori bo’lib, unda organik birikmalar, to’yingan, to’yinmagan uglеvodorodlar tarkibida kislorod tutgan birikmalar, nitrobirikmalar, aminlar, uglеvodlar, aromatik uglеvodorodlar, gеtеrotsiklik birikmalar xamda alkoloidlar xaqidagi ma'lumotlar yoritilgan. Organik kimyo fanidan talabalarning mukammal bilim olishi uchun ushbu uslubiy qo’llanma tayyorlandi. Uslubiy qo’llanma pеdagogika institutida o’qitiladigan organik kimyo fanining o’quv dasturiga muvofiq yozilgan bo’lib, unga organik kimyoning ko’zda tutilgan asosiy bo’limlariga oid mavzular kiritilgan. Tuzuvchilar: Ibodullaеva M. Mamatqulov N. Takrizchilar: k.f.n. dots. Abdushukurov A.K. k.f.n. dots. Umirzoqov B.J. Ushbu o’quv uslubiy qўllanma Tabiatshunoslik fakultеti Kimyo – ekologiya kafеdrasi 2006 y _______ sonli yigilishida muxokama qilingan.Institut ilmiy kеngashidan nashr ettirishga ruxsat etilgan. Ma’ruza № 1. ORGANIK KIMYO FANI Organik kimyo fani, rivojlanish tarixi va uning xususiyatlari. Organik kimyo faniga berilgan ta’riflar. Organik birikmalarning tabiiy manba’lari. Organik birikmalarni farq qiladigan xususiyatlari va organik reaktsiyalarning xossalari. Nazariy tushunсhalarni rivojlanishi: radikallar, tiplar, unitar nazariyalar. Tuzilish nazariyasi Tarkibida uglerod atomi tutgan moddalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalardan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib keladi. Organik birikmalar isimlik va shayvon organizmlaridan olingan. Shuning uchun organik birikmalar kimyosini iqo’tadigan fanga «organik kimyo» deb aytiladi. Organik birikmalarga - metan, etan, etil spirti, sirka kislota, qand misol bo’ladi. Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta’rif berishgan. «Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi» (A.Kekule 1851 y). Aniqroq ta’rifni 1889 yili K Shorlemmer bergan: «Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarini irganadigan fandir». Lekin bu ta’rif sham noorganik va organik kimyo o’rtasidagi farqni ko’rsata olmaydi, chunki CO2, CO, K2СO3, Н2CO3 va boshqalarni noorganik va organik moddalarning hosilasi deb aytish mumkin. Hamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta’rifi quyidagicha: «Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini irganadigan fandir». Organik birikmalarning tabiiy manba’lariga neft’, tabiiy gaz, kimir, slanetslar, torf, yog’och. qishloq xijalik mashsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba’lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi. Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi. Ma’lumotlarga qaraganda 7-8 million organik moddalar mavjud bo’lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi. Uglerod o’ziga xos xususiyatlarga ega: Uglerod davriy sistemada metallar va metalmaslar o’rtasida joylashgan va uning valentligi 4 ga teng. U elektroneytral xossani namoyon etadi va kovalent bog’ hosil qiladi. Uglerod boshqa elementlar bilan birika oladi.Uglerod atomlari bir-biri bilan bog’lanib, uzun zanjir hosil qiladi. Zanjir to’g’ri chiziq, tarmoqlangan yoki shalqa ko’rinishida bo’ladi. Uglerod atomlari orasidagi bog’lar-oddiy, qish va uch bog’ bo’ladi. Uglerod-uglerod bog’i mustashkam bo’lib, kimyoviy reaktsiyalarda kamdan-kam shollarda o’zgaradi. Reaktsiyalarda uglerod skeleti molekuladan molekulaga o’zgarmasdan o’tadi. Bunday atomlar gurushiga radikallar deb ataladi. M-n: CH3- metil, CH3CH2- etil, C4H9-butil radikallari. Organik reaktsiyalar radikallar bilan bog’langan va reaktsiyaga kirish qobiliyati yuqori bo’lgan funktsional gurushlar hisobiga boradi. Hozir yuzga yaqin funktsional gurushlar mavjud. M-n: C=O, -CHO, -COOH, -OH, -NH2, -X va h-zo. Organik kimyoni aloshida fan qilib o’qitishning asosiy sabablari: Ma’lum bo’lgan organik birikmalarning turli-tumanligi va ko’pligi (7-8 mln.); Organik birikmalarning tez o’zgaruvchanligi. Ular sharorat ta’sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi. Organik birikmalar tarkibining murakkabligi (C6H10O5)n nq 10-100000; Organik birikmalar dissotsiyalanmaydi, chunki uglerod-uglerod orasidagi bog’ kovalent bog’dir. Organik birikmalarning reaktsiyalari sekin vaqtning o’tichi bilan boradi; Organik birikmalarda izomeriya hodisasi mavjud. M-n: C5H12 uglevodorodning uchta izomeri bor: CH3CH2CH2CH2CH3 n-pentan, CH3CH(CH3)CH2CH3 2-metilbutan, CH3C(CH3)2CH3 2,2-dimetilpropan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling