Fit ( 1763-1836) Guts-Mutslar ( 1759-1839 yillar) - XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimisiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi rimda hamda bir qancha g`arbiy evropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar-davridayoq harbiya-jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qullanilgan edi. yog`och ot (yog`och kon`) da, narvon va raqib qal`alariga hujum qilishni o`rgatishda qullanadigan boshqa inshoatlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
- Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi
-
- Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri keladi bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda xarakat qilishni buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va xaqozolarni talab qilar edi. Usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar
- XIX asrning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo`nalish ko`zga tashlana boshladi:
- gigienik yo`nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);
- atletik yo`nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarni qo`llanish yo`li bilan odamning harakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi);
- amaliy yunalish (gimnastika urushda uchraydigan turli tusiqlardan oshib o`tishni soldatlarga o`rgatish vositasi hisoblanardi).
- Sport gimnastikasi, akrobatika va badiiy gimnastika. Sport gimnastika-sportning olimpiada turi xisoblanadi. (1896) yildan beri. Akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarning oliy formasi-jahon birinchiliklaridir.
- Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingentlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, reaktsiya tezligini, fazoda mo`ljal olishni rivojlantirish uchun, shuningdek, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun keng qo`llaniladi.
- Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg`amchi, gardish, sharf, to`p, cho`qmolar va x.k) bilan G asboblarisiz ijro etiladigan, shartli jihatidan turlicha tantsa harakteridagi harakatlarning uzviy va birikib ketgan kombinatsiyalaridan iborat.
- Ular muzika jo`rligida ijro etilib, jismoniy kafolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingenti Xotin-qizlardan iborat mashg`ulotlarda qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |