4.3.2-rasm. SP 96 ko‘chat qazish mashinasining yon ko‘rinishi (a), hamda old tomonidan ko‘rinishi (b)
Qazib olingan ko‘chatlar saralanib, 50-100 ta qilib bog‘lanadi va ular vaqtincha nam tuproqqa ko‘mib qo‘yiladi. Ko‘chatlar noto‘g‘ri ko‘miladigan bo‘lsa kasallikka duchor bo‘lishi mumkin. Agar ko‘chatlar quruq yerga ko‘milgan bo‘lsa ularni sug‘orish zarur bo‘ladi.
Ko‘chatlar ekish joyiga avtomashina yoki traktor yordamida olib boriladi. 50 -100 tadan to‘p-to‘p bog‘langan ko‘chatlar ildizlari bir-biriga qarama-qarshi qilib joylashtiriladi va ustidan brezent bilan bog‘lab qo‘yiladi. Agar ko‘chatlar uzoq masofaga olib boriladigan bo‘lsa, ularni qoplarga yoki yashiklarga joylashtirib jo‘natiladi va qurib qolmasligi uchun ko‘chatlarga suv sepib turiladi. Ko‘chatlar doimiy ekish joyiga keltirilgach darhol agrotexnik tadbirlarga rioya qilgan holda ekilishi zarur. Aksincha vaqtincha ko‘mib nam tuproqqa ishlab turish kerak.
4.4.Kanada arg’uvoni ekologik va iqtisodiy samaradorligi
Kanada arg‘uvoni o‘zining manzaraviylik ko‘rinishi va gulining erta gullashi hamda chiroyi bilan boshqa daraxt turlaridan ajralib turadi. Kanada arg‘uvoni manzarali ham ekologik jihatdan qimmatbaho daraxtlar toifasiga kiradi. Kanada arg‘uvoni tanasining sermanzara, guli juda chiroyli hisoblanadi.
Kanada arg‘uvoni ekilgan 1 gektar daraxtzor yozda kuniga 8 kg SO2 gazini yutadi. Buncha gazni esa 200 kishi nafas olganda chiqaradi. Bitta katta daraxt kuniga 1-1,5 kg ga yaqin kislorod ajratadi.
Bu tur o‘zining tuproqqa uncha talabchan emasligi va soyaga chidamligi sababli yo‘ldosh daraxt vazifasini juda yaxshi o‘tab beradi.
Bizning tajribalarimiz asosan kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini yetishtirishga qaratilganligi sababli ularni yetishtirish iqtisodiy samaradorligini tahlil qilamiz. Kanada arg‘uvoni urug‘ ko‘chatlari bo‘yicha olib borilgan dala tajribamizga ko‘ra kuzda ekilgan urug‘larning unuvchanligi -86%, saqlanib qolishi - 80%; 90 kun stratifikatsiya qilingan urug‘larda-84%, saqlanib qolish-78%, bahorgi tez stratifikatsiyada-90% va 84% ni tashkil qildi. Bunda nazorat ya’ni kuzda quruq holda ekilgan urug‘larga nisbatan, kuzda ekilgan urug‘larda 2% kam ekanligi, bahorda tez stratifikatsiya qilib ekilgan urug‘lar 5% ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Bir gektar maydondan bir yilda 400000 dona standart urug‘ko‘chat hisobi va bir dona urug‘ko‘chatning narxi 2000 so‘m deb baholasak, 5% urug‘ko‘chat 20000donani tashkil qildi, shundan ko‘chat sotishdan yalpi daromad 40000000 so‘mni tashkil qildi. Ko‘chat yetishtirishga ketgan xarajatlarni olib tashlasak yalpi daromaddan olib tashlasak sof foyda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |