O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv
Daraxtining fenologik fazalar bo‘yicha manzarali ko‘rinishi
Download 1.9 Mb.
|
Дисс.иши lotin yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Kanada arg’uvoni urug’larini ekishga tayyorlash usullari, ekish muddatlari, unuvchanligi va saqlanib qolishi
Daraxtining fenologik fazalar bo‘yicha manzarali ko‘rinishi.
Kanada arg‘uvonining turli sharoitlardagi fenologik kuzatuv natijalari ko‘plab olimlar tomonidan keltirib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Botanika bog‘i sharoitida kanada arg‘uvonining fenologiyasi kuzatilganda quyidagicha ma’lumotlar olindi. Kanada arg‘uvoni o‘rtacha sutkalik havo harorati 12°S dan yuqori bo‘lgan vaqtlarda o‘zining vegetatsiya davrini boshladi. Vegetatsiya davrini boshlash xususiyati qish - bahor mavsumidagi foydali haroratga bog‘liq. Olib borilgan kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, kanada arg‘uvonida kurtaklarning shakllanishi qishki - bahor mavsumidagi havo haroratiga bog‘likligi aniqlandi. Tadqiqotlar davomida kuzatuv olib borilayotgan daraxtlarning fenologiyasi ham tahlil etildi. Unda soya joyda o‘sayotgan daraxtlar boshqa daraxtlarga nisbatan 3 kun kech vegetatsiya davrini boshladi. Bu esa uning gullash, gullash davomiyligi, meva tugish kabi fenologik fazalarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tadqiqot ishlari davomida soya joyda o‘sayotgan kanada arg‘uvoni daraxti boshqa hududdagi daraxtlarga nisbatan 3-4 kun kech gullashni boshlaganligi va gullash davomiyligi uzoq bo‘lganligi aniqlandi. Tadqiqot ishlari mobaynida olingan fenologik kuzatuv natijalarini quyidagi jadvalda ham kuzatishimiz mumkin. 4.5-rasm. Kanada arg‘uvonining manzarali yosh ko‘chati Yog‘ochi qoramtir – yashil chiziqlarga ega bo‘lib, yengil, chiroyli. Shu sababli uning yog‘ochi qimmatli hisoblanadi. Yog‘ochi sariq, undan bo‘yoq olish mumkin. Bargi esa oshlovchi modda olish uchun xom – ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bizning sharoitimizda o‘sayotgan kanada arg‘uvoni daraxtlari tabiiy joyida o‘sayotgan daraxtlari kabi o‘zining biologik xususiyatlarini namoyon etmoqda. Ya’ni baland bo‘yli, sharsimon shox-shabbali, barg yozishidan oldin gullashi kabi xususiyatlarini namoyon etadi. 4.2. Kanada arg’uvoni urug’larini ekishga tayyorlash usullari, ekish muddatlari, unuvchanligi va saqlanib qolishi Mevasi – dukkak och jigarrangda, tekis, avgust-sentyabr pishib yetiladi. Dukkaklarini kuzda terib olish tavsiya qilinadi. Bu daraxt urug‘dan ko‘payadi. Urug‘i unib chiqish xususiyatini 2 yilgacha saqlaydi. 4.2.1-rasm. Kanada arg‘uvonining (Cercis canadensis L.) dukkakmevasi va urug‘i Urug‘lari qish davomida daraxtda osilib tursada ko‘p qismi to‘kilib ketadi. Bu dukkaklarning bir qismi daraxtni bahorgi gullashigacha daraxtda saqlanib qoladi. Dukkaklar qo‘lda bir-biriga ishqalanadi, sovuriladi va urug‘lari qo‘lda ajratib olinadi. Urug‘lari 3-5 mm, silliq jigarrangda bo‘ladi. Arg‘uvonning urug‘lari oddiy saqlash sharoitida ham unuvchanligini bir necha yil yo‘qotmaydi. Daraxtning o‘sish tezligi o‘rtacha. Tartibli ravishda sug‘orish ishlari amalga oshirilganda ikkinchi yilning oxirida o‘simlik balandligi 1 – 1,6 metrgacha yetadi. Bizning sharoitda kanada arg‘uvoni urug‘larini sepishdan oldin maydon holatidan kelib chiqib, kuzgi shudgor usulida tuproqqa ishlov beriladi. Bunda maydon kuzda PLN – 4-35 plugini DT-75 zanjirli traktoriga tirkab haydaladi. Bahorda maydon chizillanadi, barona tortiladi, molalanadi. So‘ngra, ekish jo‘yaklari KRSSh-2,8 tirkamasi yordamida olinadi. Jo‘yaklar orasi 0,7 m ni tashkil qiladi. Shular bilan bir qatorda sug‘orish tarmoqlari ham barpo qilinadi. Kanada arg‘uvoni mevalari (dukkaklari) oktabr-noyabr oylarida pishib yetiladi va butun qish bo‘yi daraxtlarda osilib turadi, yog‘in sochinlardan keyin asta-sekin to‘kila boshlaydi. Mevalarini terishning yaxshi vaqti oktabr-noyabr oyidir. Bu vaqtda mevalari sariq rangda bo‘ladi. Ularni ko‘l kuchi bilan sidirib teriladi. Mevalarini qayta ishlash va urug‘larini tozalash uchun ularni ishqalab dukkagidan ajratiladi va elakda po‘stlog‘idan ajratib olinadi. Ajratilgan urug‘larni 3-4 sm qalinlikda yoyib soya joyda quritiladi. Quritilgan urug‘ni shamolda sovurib tozalanadi. Umumiy terilgan xomashyodan 50-60% toza urug‘ chiqadi. Kanada arg‘uvoni nihollari dastlab unib chiqqanda bahorgi sovuqlarga ta’sirchanligini hisobga olib, ularni turli ekish muddatlarini o‘rganish maqsadida ekish uchun uch muddatni tanladik. Urug‘larni ekishga tayyorlashning bir necha usullari bo‘lib bu urug‘ning ekish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Biz urug‘larni kuzda tayyorlamasdan quruq holda, bahorda esa ikki xil: birinchi- nam qum bilan aralashtirib stratifikatsiya qilingan holda, ikkinchi - urug‘larni impaksiya usulida sinab ko‘rdik. Urug‘ sepiladigan maydon Andijon viloyati Paxtaobod tumani “ANDIJON YO’L KO’KALAM” UK manzarali o’simliklar pitomnigi hududidagi tekis, bo‘z tuproqli maydondan tanlandi. Maydonning tuprog‘i sho‘rlanmagan, sizot suvlari sathi 10 m. Kanada arg‘uvonining 1000 dona urug‘ining vazni – 18 g, 1 kg dagi urug‘lar soni – 55 000 donani tashkil qiladi. Jo‘yaklarning eni 10-12 sm bo‘lib, urug‘lar jo‘yakning ustki qismiga 3-4 sm chuqurlikda ekiladi, 1 m ekish chizig‘iga 10 g urug‘ sepiladi. Urug‘lar asosan qo‘lda bir tekis qilib sepiladi. Ekilgan urug‘lar usti yopiladi va yaxshilab sug‘oriladi. Barcha agrotexnik-parvarishlash tadbirlari umumiy qoidalar tartibida amalga oshirildi. Urug‘ko‘chatlar vegetatsiya davrida kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmadi. Quyidagi 4.2.1-jadvalda kanada arg‘uvoni urug‘larini ekishga tayyorlashning turli usullari, ekish muddatlari, unuvchanligi va vegetatsiya davri oxirida saqlanib qolish darajasi ko‘rsatilgan. 4.2.1-jadval Kanada arg‘uvoni urug‘larini ekishga tayyorlash usullari, ekish muddatlari, unuvchanligi va saqlanib qolishi
4.2.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki kuzda urug‘lar quruq holatida ekilganda urug‘ko‘chatlaning dastlabki unib chiqishi aprel oyining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. Urug‘ ko‘chatlarning dala sharoitida unib chiqish ko‘rsatkichi 86% ni tashkil qilsa, vegetatsiya oxirida bularning saqlanib qolish darajasi 80% ga teng bo‘ldi. Urug‘lar stratifikatsiyadan so‘ng mart oyida ekilganda urug‘ko‘chatlaning dastlabki unib chiqishi aprel oyining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. Urug‘ko‘chatlarning dala sharoitida unib chiqish ko‘rsatkichi 84% ni tashkil qilsa, vegetatsiya oxirida bularning saqlanib qolish darajasi 78% ga teng bo‘ldi. Ushbu usulda ekilganda urug‘lar kuzgi ekilganga nisbatan unuvchanlik va vegetatsiya oxirida urug‘ko‘chatlarning saqlanib qolish darajasi 2% past ko‘rsatkichni tashkil qildi. Bahorda urug‘lar impaksiya usulida ekilganda urug‘ ko‘chatlarning dastlabki unib chiqishi aprel oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri kelsa yalpi unib chiqishi aprel oyining oxiriga to‘g‘ri keladi. Urug‘ ko‘chatlarning dala sharoitida unib chiqish ko‘rsatkichi 90% ni tashkil qilsa, vegetatsiya oxirida bularning saqlanib qolish darajasi 84% ga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar kuzda tayyorlanmasdan ekilgan urug‘lardan unib chiqqan urug‘ ko‘chatlar ko‘rsatkichlariga nisbatan, unuvchanlik va vegetatsiya davri oxirida saqlanib qolish darajasi 4% yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tahlilidan kanada arg‘uvoni urug‘ ko‘chatlarini o‘stirishimizda urug‘larni bahorda impaksiya usulida ekilganda ekilganda, boshqa variantlarga nisbatan yaxshi natijalarga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatdi. Urug‘larni bu ekish usuli orqali biz bahorgi sovuqlardan keyingi ekish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling