Naqd pul aylanmasini tashkil etish
Avvalgi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek, pul aylanmasi naqd pulsiz va naqd
pulli hisob – kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd
pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli
hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo‘lib, taxminan 5 – 12 foiz atrofida
tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar
ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya
– kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan
izohlanadi.
O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va naqd pulli hisob – kitoblarni
amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2005 yil 20 avgustdagi 18/1 – sonli qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida
2005 yil 10 oktyabrda 1518 – son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston
Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish
to‘g‘risida»gi (avvalgi 6 – sonli) yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |