O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o’zbekiston milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Download 232.54 Kb.
|
Naqd pul aylanmasi mazmuni va harakteri
Kassadagi naqd pullar qoldig‘ining quyidagi limitlari belgilanadi:
doimiy naqd pul tushumiga ega va uni ish kunining oxirida bankka topshirishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – keyingi ish kuni ertasiga normal ish faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda; keyingi kunda topshirishi shart bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – o‘rtacha kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda; tushumni har kuni topshirmaslik huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – tushum summasi va uni topshirish bo‘yicha belgilangan muddatga bog‘liq bo‘lgan miqdorda; doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun – o‘rtacha kunlik naqd pul xarajati miqdorida (mehnat haqi to‘lovlari, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot va stipendiya xarajatlaridan tashqari). YUridik shaxslar o‘z kassalarida naqd pullarni belgilangan limitlardan ortiqcha miqdorda faqat mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiya va stipendiyalar berish uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida (banklardan uzoq masofada joylashgan yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga ega. Bu muddat tugagach, ko‘zlangan maqsad uchun ishlatilmagan pullar bankka qaytariladi va keyinchalik yuridik shaxslarga ularning birinchi talabi bilanoq o‘sha maqsadlarga ishlatish uchun beriladi. Pulning aylanishini tezlashtirish va bank kassalariga tushumlarning o‘z vaqtida tushishi zaruratidan kelib chiqqan holda, banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga ularning rahbarlari bilan kelishilgan tarzda tushum topshirish vaqti va tartibi belgilanadi. Kassadagi naqd pul qoldiqlarining belgilangan limitlari, tushumni topshirish tartibi va muddatlari banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga yozma ravishda ma’lum qilinadi. Banklar yuridik shaxslarning pul tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar. Naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi. Markaziy bank tijorat banklarini naqd pulga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida kassa buyurtmalariga asosan ularga naqd pullarni jo‘natadi, ular o‘rtasida naqd pullarning taqsimlanishi va maqsadli foydalanishi ustidan umumiy monitoringni tashkil etadi. Markaziy bank tijorat banklarining aylanma kassasiga naqd pullarni saqlashning maksimal miqdorini o‘rnatadi. Unga tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. O‘rnatilgan kassa limitidan ortgan naqd pullar tegishli 10102 – «Zaxiradagi naqd pullar» hisobvarag‘iga kirim qilinadi va Markaziy bankning tegishli ruxsati bilan ishlatiladi. Markaziy bank ushbu hisobvaraqdagi kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga: – tijorat bankiga foydalanishga ruxsat berishi haqida; – boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida; – Markaziy bankning Xisob – kassa markazining zaxira fondiga topshirish haqida bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyalarda tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullarni va kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish va nazorat qilish ishlari Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmalari orqali amalg Download 232.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling