O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o’zbekiston milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti


Download 232.54 Kb.
bet2/6
Sana16.11.2021
Hajmi232.54 Kb.
#175241
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Naqd pul aylanmasi mazmuni va harakteri

Pul aylanmasi tarkibi

CHizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish


mumkin.
Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va
naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan sub’ektlar
joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchi yo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab
muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar – pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra,
tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob – kitoblar
hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular
quyidagilardan iborat:
– mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy,
iqtisodiy va huquqiy ongi;
– milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi;
– mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi
ishonchining musthkamligi;
– real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
– Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha
mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi.
Naqd pul va naqd pulsiz hisob – kitoblari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik
mavjud bo‘lib, naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul
ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan,
korxona va tashkilotlarning bankdagi naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul
va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd
pullar esa banklarga omonat sifatida qo‘yilganda banklar uchun kredit resursi
sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. SHu tariqa naqd pul va naqd
pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi.

Download 232.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling