O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet20/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar

Tadbirkorlik sektori - iqtisodiyotning turli sohalarida daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi bo‘g‘ini.


Davlat sektori - o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalari majmui.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning odi-sotdi munosabati.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘matish va ulaming bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlaming muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ulaming erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi - ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchining oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruv-chi va ishsizlami ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta biijalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlami sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulguiji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi.
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalami oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
Supermarket - bu xaridoming o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi.
Auditor firma - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling