O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet48/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati - ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va
«biznes» tushunchalarini izohlang.
2. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tad­
birkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?
3. Tadbirkorlikning rivojlanish shart-sharoitlari nimalardan iborat?
4. Tadbirkorlikning shakllari va ulaming xususiyatlarini ko‘rsating.


15- MAVZU. ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL
REJA.
1.Asosiy va aylanma kapital.
2.Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi


1.Asosiy va aylanma kapital.

Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.


Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflan­gan mablag‘laming aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o ‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling