O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet46/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

1. Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?


2. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qan­
day bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
3. Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday
vaqtlami o‘z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
4. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning ayla-
nish uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha
marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
5. Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar
bo‘yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
6. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning
normasi qanday aniqlanadi?
7. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar
orqali aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablagiardan foydala­
nish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tushuntiring.


14- MAVZU. 0‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING YANADA ERKINLASHTIRILISHI.


REJA
1. 0 ‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
yanada erkinlashtirilishi va rag‘batlantirilishi.
2.Investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash.

0 ‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qoilab-quwatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ulami jadal rivojlantirish yoiidagi to‘siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoni, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik
muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yilning 5-oktyabrdagi Farmoni, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi PF-2750 sonli qarori va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.
Muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni monitoring qilish, samaradorligini oshirish hamda ulami muvaffaqiyatii va sifatli amalga oshirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 25-dekabrdagi PQ-2458-sonli “2016-yilga mo‘ljallangan 0 ‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi PQ-2313-sonli “Muhandislik-kommunikatsiya va yo‘1-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modemizatsiya qilish dasturi to‘g ‘risida”gi qarorlariga kiritilgan investitsiya loyihalaming avtomatlashtirilgan nazorat va monitoring tizimi Iqtisodiyot vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va joriy qilindi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash borasidagi qator farmon va qarorlari, xususan, 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ulami jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yengillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlan­tirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlami bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora-tadbirlaming amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli darajalarda qo‘llab-quwatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Davlat tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, kichik korxonalami moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quwatlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, hukumatlararo va xalqaro shartnomalar tasdiqlanmoqda, tadbirkorlaming jamoatchilik uyushmalari faoliyati jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining shakllanishi va mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, «Madad», «Kafolat», « 0 ‘zagrosug‘urta» kabi qator sug‘urta kompaniyalari, Respublika biznes-inkubatori, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash jamg‘armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi kabi byudjet- dan tashqari jamg‘armalaming roli juda katta bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va
ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007-yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirilgan boisa, 2014-yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi va bu holat xanuzgacha o‘zgarishsiz qolmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga, awalo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo'lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‘yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yiI 5-oktyabrdagi PF-4848-sonli «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikli-289gi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlami bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016-yil davomida 31 766 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2017-yil 1-yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 218170tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 066 taga ko‘paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016-yil yanvar-dekabr oylarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ulaming ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 56,9 foizni (2015-yilning yanvar- dekabr oylarida 56,5 foiz), sanoatda - 45,0 foizni (40,6 foiz), xizmatlar sohasida - 60,5 foizni (57,8 foiz), eksportda - 28,5 foizni (27,0 foiz) va bandlikda - 78,1 foizni (77,9 foiz) tashkil etdi.
2016-yilda o‘zining kichik xususiy ishini, o‘z biznesini tashkil etishga intilayotgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalanishga moijallangan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari berish koiamini kengaytirish borasidagi ishlar bank tizimi faoliyatining diqqat markazida boiadi.
2016-yil mobaynida «Е-ijro» idoralararo elektron hamkorlik tizimini faol joriy etish asosida tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» markazlari orqali 100 mingdan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 127 mingdan ziyod firma nomlariga Internet orqali bu-yurtma berildi.
Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoilab-quwatlash hamda yanada rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 2016- yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kichik biznes subyekti tashkil etish imkonini berdi.
2017-yildan 1-yanvardan boshlab banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda:
- chorvachilik;
- parrandachilik;
- asalarichilik;
- quyonchilik;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik va
uzumchilik;
- issiqxonalar qurish;
- baliqchilik;
- kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish;
- kasanachilikni rivojlantirish;
- hunannandchilik;
- sartaroshxona xizmatini tashkil etish;
- tikuvchilik va chevarlikni qo‘llab-quwatlash;
- poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish;
- umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish;
- maishiy texnikalami tuzatadigan ustaxonalar tashkil etish;
- go‘zallik salonlari tashkil qilish;
- aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish;
- avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shahobchalar qurish;
- avtomobillami yuvish shahobchasi tashkil qilish;
- kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish;
- savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- hammomlar tashkil qilish;
- nonvoyxona tashkil qilish;
- qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
- boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
Hududlarda kredit olish jarayonida investitsion loyihalar va biznes-rejalar puxtaligini ta’minlash maqsadida maslahat xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling