O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet43/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati - ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi - qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalaming sotila- digan narxi.
Obligatsiya - uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Ta’sischilik foydasi - sotilgan aksiyalar va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablagiar summasi o‘rtasidagi farq.
Dividend - aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va
«biznes» tushunchalarini izohlang.
2. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tad­
birkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?
3. Tadbirkorlikning rivojlanish shart-sharoitlari nimalardan iborat?
4. Tadbirkorlikning shakllari va ulaming xususiyatlarini ko‘rsating.
5. Aksiyadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aksiya nima, aksiya kursi
qanday aniqlanadi? Aksiya kursiga ta’sir qiluvchi omillami ko‘rsating.
13- MAVZU. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING HARAKAT BOSQICHLARI


REJA.
1.Tadbirkorlik kapitali
2.Tadbirkorlik kapitali vharakat bosqichlari


1.Tadbirkorlik kapitali

Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlami bosib o‘tadi.


Kapital ikki xil xususiyatga ega bo ‘ lib, lining qiymati ко‘pchilikka ma’lum bo‘lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi nafliliklami (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda;
v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; g) eng muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratishda va o‘zlashtirishda to‘liq ishtirok yetishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, u barcha ko‘rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi va shu xususi-yatlaming birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi sabab tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo‘lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida yangidan Yaratilgan tovaming ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan esa, o‘tkazilgan va qo‘shilgan
qiymatda namoyon boiadi.Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda boiadi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlami bosib o‘tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur boigan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:

P T


Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablagiar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida iste’molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiy-


mati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, ya’ni:


T …ICH…

Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud boiadi.Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlami sotish sodir bo‘ladi T’->P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko'proq bo‘lib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.Tovarlami sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling