O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


- MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KICHIK BIZNES TUSHUNCHASI, ULARNING MOHIYATI


Download 0.5 Mb.
bet39/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

12- MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KICHIK BIZNES TUSHUNCHASI, ULARNING MOHIYATI.
REJA.
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning bozor tizimlari
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari
Tadbirkorlik faoliyati - shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlaming mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalami tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ulaming narxini belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdoming o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo iin i erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilami real ta’minlaydigan m aium iqtisodiy muhit va ijtimoiy-siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. 0 ‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi obyektiv hodisa boiib, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi maiumot va malakali tayyorgarlikka ega boiish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud boiishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ко‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud boigan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori boladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling