1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]


Download 393.81 Kb.
bet1/15
Sana16.06.2023
Hajmi393.81 Kb.
#1489452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
308-II 06.12.2001.XO\'JALIK JAMIYAT




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]

I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xo‘jalik shirkatlarining tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Xo‘jalik shirkati
Muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti xo‘jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat shaklida tuziladi.
Xo‘jalik shirkati, agar uning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Xo‘jalik shirkati o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkati qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
(3-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan xo‘jalik shirkati faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkati qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga ko‘ra vakolatxona — yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir. Filial – yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.
Xo‘jalik shirkati qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs sifatida tuzilgan deb hisoblanadi.
(3-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkati o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xo‘jalik shirkatining joylashgan eri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Xo‘jalik shirkatining muhrida uning firma nomi xo‘jalik shirkatining tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
(3-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkati o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
(3-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Download 393.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling