1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
-modda. Ishtirokchining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining o‘zga shaxsga berilishi
Download 393.81 Kb.
|
308-II 06.12.2001.XO\'JALIK JAMIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) shirkat tomonidan olinishi
15-modda. Ishtirokchining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining o‘zga shaxsga berilishi
Shirkat ishtirokchisi qolgan ishtirokchilarning roziligi bilan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini shirkatning boshqa ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga berishga haqli. Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) bergan ishtirokchining huquqi to‘laligicha yoki huquqning tegishli qismi unga o‘tadi. Ulush (ulushning bir qismi) berilgan shaxs shirkatning majburiyatlari bo‘yicha ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 16-modda. Shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) shirkat tomonidan olinishi Shirkat o‘zining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shirkatning ta’sis shartnomasida shirkat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan, shirkatning boshqa ishtirokchilari uni olishdan voz kechgan taqdirda, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) shirkatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechishga rozilik berilmagan taqdirda, agar bunday rozilik olish zarurligi ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, shirkat ishtirokchisining talabiga binoan unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) shirkat olishga majburdir. Bunda shirkat shirkatning ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) shirkat ishtirokchisining shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi hisobot davri uchun shirkatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashga yoki shirkat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishga majburdir. Ulush (ulushning bir qismi) shirkat ishtirokchisi uni shirkat olsin deb talab qo‘ygan paytdan e’tiboran shirkatga o‘tadi. Shirkat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashga yoki, agar shirkatning ta’sis shartnomasida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni ulush (ulushning bir qismi) shirkatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida berishga majburdir. Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlarining qiymati bilan shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori o‘rtasidagi farq hisobiga to‘lanadi. Agar bunday farq yetarli bo‘lmasa, shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart. Shirkatga qarashli ulushlar shirkat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishidagi ovoz berish natijalarini aniqlashda, shuningdek shirkat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi. Shirkatga qarashli ulush shirkatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan shirkatning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud shirkatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu shirkatning ta’sis shartnomasida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi va haqi to‘liq to‘lanishi lozim. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) tegishlicha kamaytirilgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni shirkat ishtirokchilari ulushlari miqdorlari o‘zgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bog‘liq o‘zgarishlarni shirkatning ta’sis shartnomasiga kiritish shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi. Download 393.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling