1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]


-modda. Kommandit shirkat hissa qo‘shuvchisining huquq va majburiyatlari


Download 393.81 Kb.
bet15/15
Sana16.06.2023
Hajmi393.81 Kb.
#1489452
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
308-II 06.12.2001.XO\'JALIK JAMIYAT

30-modda. Kommandit shirkat hissa qo‘shuvchisining huquq va majburiyatlari
Kommandit shirkat hissa qo‘shuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda shirkatning foydasidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shgan hissasiga mutanosib qismini olish;
shirkatning yillik hisobotlari va balanslari bilan tanishish;
moliya yili tugaganidan keyin shirkatdan chiqish va ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o‘z hissasini olish;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini boshqa hissa qo‘shuvchiga yoki uchinchi shaxsga berish. Hissa qo‘shuvchilar ulushni (uning bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilingan bahoda sotib olishda uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Hissa qo‘shuvchi tomonidan butun ulushining o‘zga shaxsga o‘tkazilishi uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi.
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasida hissa qo‘shuvchining boshqa huquqlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Kommandit shirkatning hissa qo‘shuvchisi shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissani shirkatning ta’sis shartnomasida belgilangan muddatda qo‘shishi shart. Hissaning qo‘shilganligi hissa qo‘shuvchiga shirkat tomonidan beriladigan ishtirok etish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
31-modda. Kommandit shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Kommandit shirkatni qayta tashkil etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalariga qarang.
Kommandit shirkat unda ishtirok etgan barcha hissa qo‘shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda, shuningdek ushbu Qonun 27-moddasida nazarda tutilgan to‘liq shirkatni tugatish asoslari bo‘yicha tugatiladi.
Barcha hissa qo‘shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda to‘liq sheriklar kommandit shirkatni tugatish o‘rniga uni to‘liq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.
Kommandit shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo‘lgan taqdirda, hissa qo‘shuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan hissalar olishda to‘liq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki to‘liq sheriklar o‘rtasida, agar ta’sis shartnomasida yoki to‘liq sheriklar va hissa qo‘shuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-dekabr,
308-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 297-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 393.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling