O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi


Download 0.5 Mb.
bet37/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining xatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoq- da. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda40. Talabalami mazkur nazari- yaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushuncha- larini ko‘rib chiqamiz. Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglata- di.
Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlami taqqoslashni bildiradi.
Nafliliknimutlaqko‘rsatkichlardao‘lchashningahamiyatibo‘lmay, iste’molchitanlovininaflilikdarajasiningketma-ketjoylashuvibilanizohlashmumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik - muayyan ne’matning navbat- dagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik fvmksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qara- ganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlaming cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi. So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamo- yilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlami iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovami iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega bo‘ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi deb faraz qilinadi: 1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi; 2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi. Optimal tanlov ham quyidagi shartlami keltirib chiqaradi:



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling