O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet1/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI
SAMARQAND «IPAK YO’LI» TURIZM XALQARO UNIVERSITETI QOSHIDAGI
TOSHKENT TURIZM VA MEXMONXONA MENEJMENTI
TEXNIKUMI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


MAVZULAR TO’PLAMI




Toshkent-2021-2022 yil


KIRISH

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mus- tahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqa- rorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o ‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexa- nizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga ko‘tarishga erishilmoqda.


Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quwatlari ishga tushirilmoqda. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ulaming ertangi kunga b oigan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Ma’naviy jabhada ham tub o ‘zgarishlar qilinib, jamiyat a ’zolari ongida milliy istiqlol g ‘oyasi va mafkurasi shakllantirildi.
Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazir-lar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida va boshqa majlislarda qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mamlakatimiz ichida o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan.
Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- qarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiykeskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta mu-nosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashti-rish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g ‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechiminitopish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodi- yoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlami bilish va ulaming amal qilishiga ongli munosabatda boiishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ulaming intellektual
kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy ziyraklik - yuksak ma’naviyatli shaxs fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kishilarning jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish, unda faol ishtirok etish, yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldi-
dagi javobgarliklari, ya’ni iqtisodiy mas’uliyatlarini tarbiyalashda yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga barcha jamiyat a’zolarida iqtisodiy madaniyatlilikni shakllantirish orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoidalar to‘g ‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini tashkil eta
olish xususiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari orqali ta’minlash mumkin.
Koronavirus pandemiyasi bugun jahonda bo’lgan kabi O’zbekiston iqtisodiyot iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.Shu sababli aholini turmush darajasini bunday inqiroz sharoitida yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Davlat byudjetining ijtimoiy yo’naltirilganligi 2020 yilda ham saqlab qolinganligi muhim ahamiyatga egadir.Bu borada bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi sog’liqni saqlash, ta’lim, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga, kambag’allikni qisqartirishga yo’naltirilmoqda.Buni barchamiz kundalik hayotda ko’rib turibmiz.
Xullas, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyv 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida: “Bu borada 2020 yil barchamiz uchun alohida sinov va mas’uliyatlar yili bo’ladi. Endi yutuq va marralar bizni sira qoniqtirmaydi. Nima deganda, bugungi kunda O’zbekiston kechagi O’zbekiston emas.Bugungi xalqimiz ham, kechagi xalq deb, ta’kidlandi.Demak, aholini farovonligi yanada yaxshilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 yil 24 yanvardagi quyidagilar ta’kidlab o’tilgan:
2019 yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4.2 mlrd. dollarni tashkil etgan, 2018 yilga nisbatan 3.1 mlrd. dollar o’sib yoki 3.7 barobar o’sgan. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37 foizga yetgan.O’zbekistonni YaIM – 58 mlrd.dollarni tashkil etgan. 2019 yilda iqtisodiy o’sish 5.6 foiz, sanoat mahsuloti 6.6 foiz, eksport 28 foizga ko’paygan, 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan 2 barobar ko’p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
2019 yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4.2 mlrd.dollarni tashkil etgan, 2018 yilga nisbatan 3.1 mlrd.dollar o’sib yoki 3.7 barobar o’sgan. Investitsiyalarning YaIM dagi ulushi 37 foizga yetgan.O’zbekistonni YaIM – 58 mlrd.dollsrni tashkil etgan. 2019 yilda iqtisodiy o’sish 5.6 foiz, sanoat mahsuloti 6.6 foiz eksport 28 foizga ko’paygan, 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan 2 barobar ko’p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.2019 yilda 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog’chalari tashkil etildi, bolalarni qamrab olish darajasi 38 foizdan 52 foizga ko’tarildi. 2020 yilda bolalarni bog’chalarga qamrab olish 60 foizga yetkaziladi, bu maqsad uchun 1.8 trln.so’m ajratildi.Mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo’lga qo’yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etildi.
2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi.2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy isloxotlar jarayonidagi bosh vazifasidir – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev2020 yilda 23 mlrd.dpollarlik investitsiyalar o’zlashtirish hamda 206ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.
So’nggi to’rt yil ichida (2017-2020 y.) qonun hujjatlarini takomillashtirish va qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha ko’rilgan muhit chora-tadbirlar tufayli bugungi kunda 13 ta mintaqada 21 ta maxsus iqtisodiy zona va 143 ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikadagi maxsus iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2.91 mlrd.AQSH dollariga teng 368 ta loyiha ro’yoga chiqarildi, shundan 726.8 mln. AQSH dollarini to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish yakunlariga ko’ra 29351 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi. (X/s, 2020 yil 21 noyabr)3-bet.
Ma’lumki, 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib yashagan va asr so’nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va tarixida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o’ttiz yil to’ladi Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqi o’zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og’ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, kata taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.Yurtimiz ilgari iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy – ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do’stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy ochiq va demokratik davlatga aylandi.
So’nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g’oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilmoqda.
Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozg, shuningdek, boshqa turli tahdid va xatarlarga qaramasdan, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’lidagi amaliy xarakiatlari izchil davom ettirilmoqda.Yangi O’zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko’lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida kata o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kambag’allikni qisqartirish, yangi ish o’rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shu yuqorida bayon qilinganlarni har bir o’quvchi yosh avlodga yetkazish har bir fan fan o’qituvchisini asosiy vazifasi hisoblanadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling