O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet3/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi varivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish ja-rayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yarati- lishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayir- boshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Misol uchun, odamlaming non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug‘ qadash va unib chiqib, to hosil yetishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; donni tegirmondan chiqa- rib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tayyorlash. 0 ‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar; g ‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalaming birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.
Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jara­yoni. Bu bosqichda, eng awallo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ulaming pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga kerakli resurslar - traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ulami ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va non- voylar - barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi.
Ayirboshlash - jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib be- rishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o ‘z tovarini sotib, o ‘ziga kerakli b o‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlar- ni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o ‘z mahsuloti - nonni sotib, tushgan puliga qassobdan - go‘sht, deh- qondan - sabzavotlar, do‘kondordan - kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi.Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa - ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.
Iste’mol - ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi ku- chidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko‘mir yoki tabiiy gaz, o‘simlik moyi - bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularming barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy iste’mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so‘ng, ular o‘miga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi.Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling