O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


Download 0.5 Mb.
bet6/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuning­dek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi.
Bizning yillar osha bizgacha yetib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, hadislar, Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovaming ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlami ayirboshlash ja- rayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shak- lida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan2.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g ‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, kkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Marka- ziy Osiyoning ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling