O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi


Download 0.5 Mb.
bet4/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi hamda ular o‘rtasidagiziddiyatning hal qilinishidir. Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng awalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatningrivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lganzarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Moddiy ehtiyojlar - bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlami (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumla- rini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar - bu insonning shaxs sifatida kamol topi­shi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli ma’naviy yo‘nalishdagi xizmat- lardan bahramand boiish kabi ehtiyoj lardan iborat bo‘ladi.Ehtiyojlami iste’mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqa­rish ehtiyoj lariga ajratish mumkin.
Shaxsiy ehtiyojlar - kishilarning pirovard iste’moli uchun moijallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq- ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlami namoyon etadi.Ishlab chiqarish ehtiyojlari - mahsulot ishlab chiqarish yokixizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashi- nasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalami kiri- tish mumkin.Shuningdek," ehtiyojlami yakka tarzda va birgalikda qondiriluv­chi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.
Yakka ehtiyoj - bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bola- lar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sport- chilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolaming yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling