O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Narx siyosati va uning 0 ‘zbekistonda amalga oshirilish


Download 0.5 Mb.
bet89/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Narx siyosati va uning 0 ‘zbekistonda amalga oshirilish
xususiyatlari
Ma’muriy-buyraqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish - iqtisodiy islohotlaming eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlaming ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlari-ning narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi.
Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;
b) narxlaming o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har binning mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari, iste’mol mol­lari hamda xizmatlar narxlari bir yo‘la erkin qo‘yib yuborilishi nati­jasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qash- shoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab
chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyil-lari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobgaolinib, narxlami asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yoii tanlab olindi. Shu y o i bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992-yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi boigan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq
iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlaming erkin narxlari va ta’riflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlaming eng yuqori tariflari joriy qilindi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling