O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet97/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- hisob stavkasini tartibga solish;
- moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari
minimal hajmini o‘matish va o‘zgartirish;
- davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ulami sotish va to‘lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga boigan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yoilar bilan o‘zgartiradi. Birinchidan, davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablagiarining qarz-ga beriladigan va zaxirada turadigan qismlari ulushini o‘zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o‘zgaradi, ya’ni uning tak­
lifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ulaming kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi. Uchinchidan, davlat Markaziy bank orqali xazina maj­
buriyatlarini tarqatadi, o‘z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning pulga boigan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qis­
mini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablagiami jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishda ham keng foydalaniladi.Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan
soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq toiashda berilgan imtiyozlarga bogiiq boiadi.Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlami sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari 2017-yil 7-fevraldagi 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasida quyidagicha belgilab berildi:
- davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
- mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalami amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslaming huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
- «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling