O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet100/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar

Agrar munosabatlar - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.


Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan sof daromadni taqsimlash va o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi - bevosita qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar. Ijtimoiy infratuzilma - odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ular- ning uzviy birikish jarayoni.
Agrobiznes - tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Agrar munosabatlaming mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘mini va xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
2. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izoh- lang.
3. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‘rsatib bering.
4. «Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang.
5. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
6. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalarining iqtisodiy mazmuniga o‘z fikringizni bildiring


34-MAVZU. RENTA MUNOSABATLARI
REJA.
1.Yer rentasi tushunchasi.
2.Renta turlari.
1.Yer rentasi tushunchasi.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan,
uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qa- zilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalami hamda yer rentasining tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (reali- zatsiya qilish)ning shaklidir.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarining ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlaming cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi - yerga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo‘jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farq- lar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha mahsulot qiymatning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi - yer- ning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi mah- sulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yer- ning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yeming sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlaiga qarab differensial renta I va differensial renta II ga boiinadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling