O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet103/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan sof daromadni taqsimlash va o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta I - yerlaming tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta II - yerlaming iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Absolyut renta - qishloq xo‘j aligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi - yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta - alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining yuza yoki chuqur joylashishi va ulaming boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izoh- lang.
2. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‘rsatib bering.
3. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
4. Differensial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo‘lish shart- sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.
5. Monopol renta nima?
6. Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo‘ladi?
7. «Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang.

35-MAVZU MILLIY IQTISODIYOTNING QAROR TOPISHI VA UNING
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
REJA.
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi.
2.Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining.


1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi.

Barchamizga ma’lumki, o‘tmishda 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti so­biq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mine­ral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi PrezidentimizI. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan» mamlakat edi.


Lekin, eng yomoni 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega boiishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi.
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlari-ning vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator mfratuzilmalari: savdo, bozor, biija, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday qilib, 0 ‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bogiiq iqtisodiy unsurlardan iborat boigan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlaming butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikrova makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti
rivojining natijasi hisoblanadi.
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon boiadi:
- mavjud ishlab chiqarish resurslari;
- resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;
- iqtisodiy subyektlaming ishlab chiqarish hajmlari;
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling