O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga ayfiladi


Download 0.5 Mb.
bet106/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga ayfiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyotida Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qoilayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi.
Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko'pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlaming bozor narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich boiib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillari dan foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon boiadi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ко‘rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling