O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


YALPI ICHKI MAHSULOT KO‘RSATKICHI


Download 0.5 Mb.
bet107/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.YALPI ICHKI MAHSULOT KO‘RSATKICHI

YaMM va YalM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YalMning ±1 foizni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YalMdan foy-dalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qoilanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YalM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.


Hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqiyotning o‘zbek modelida belgilangan strategik tamoyillami izchil amalga oshirish natijasida makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning barqaroro‘sishi ta’minlanmoqda. Keyingi 12-yil davomida (2004-2015-yillar) bu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati o‘rtacha yiliga 8 foizdan oshiqroqni tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 6,8 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam
12,5 foizga oshdi.
2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish”vazifasi belgilandi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YalM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsuloti bozor qiy- matidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiyxarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.YalM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlaming bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovaming o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YalM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin boiadi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash opqali hisoblanadi.
Taqqoslashning boshlangich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlami formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:

Jo riy yilda gi iste'mol tovarlari narxi


Narx indeksi = ––––––––––––––––––––––––––––––––
Bazis y ild a gi iste’mol tovarlari narxi

Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to‘pIami yoki iste’mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. G’arb mamlakatlari va xususan AQSHda bu indekslar ichida eng keng qoilaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi.


Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YalM narx405indeksidan foydalaniladi. YalM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YalM narx indeksi nominal YalMni real YalMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YalM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling