O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet98/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qili-shiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari -tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vos­
ita va dastaklari.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalami bilasiz?
3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ular­ning qisqacha tavsifini bering.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday
maqsad va vazifalami qo‘yadi?


33-MAVZU. AGRAR MUNOSABATLA
REJA
1. Agrar munosabatlaming iqtisodiy mazmuni.
2.Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari



  1. Agrar munosabatlaming iqtisodiy mazmuni.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoni- yat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani riv- ojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. «2016-yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi» deb ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti. Agrar soha oldida turgan vazifalami bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog‘liq boigan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir boiadi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bogiiq boiadi. yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogiiq boigan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boiishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida erning ustki qatlamida o‘simlik «oziqlanishi» mumkin boigan turli mod- dalarning vujudga kelishi erning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘1 bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yoilar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yeming tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrogi ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bogiiq boiadi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir boiadi. Bunda ishchi kuchi faol boiib, asosiy rolni o‘ynaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida boiishi mumkin. Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yoiida foydalani- ladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari fermer va dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling