Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot, yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar
Download 38.17 Kb. Pdf ko'rish
|
32-34 TUPROQ UNUMDORLIGINI SAQLASH, OSHIRISH VA UNI MUHOFAZA QILISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
XALQ TABOBATI VA ZAMONAVIY TIBBIYOT, YANGI YONDASHUVLAR VA DOLZARB TADQIQOTLAR ILMIY AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 32 Annotatsiya: Ushbu maqola tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va uni muhofaza qilishning dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan va tuproqda sho‟r yuvish va tuproqni eroziyaga uchrashini oldini olish va qishloq xo‟jalik maxsulotlarini sifatli yetishtirish bo‟yicha fikr va takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: Oziq-ovqat,yomg‟ir chuvalchangi, zoogumus, lichinka, ekologik-meliorativ. Kirish. Chiqindilar yil sayin davlatlarning ekologik xavfsizligi va aholi salomatligiga jiddiy xavf soluvchi muammoga aylanib bormoqda. Ular atrof-muhit, jumladan, yer resurslari, yer usti va yer osti suvlari, oʻrmonlar hamda boshqa ekin turlariga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunga qarshi oʻz vaqtida keskin choralar koʻrilmasa, urbanizatsiya va aholi sonining oshib borishi hisobiga kelgusida muammo yana-da jiddiy tus olishi ehtimoli yuqori. Afsuski, yurtimizda ham bu boradagi koʻrsatkichlar yildan yilga oʻsib bormoqda.Ayni paytda mamlakatimizda yiliga 14-14,5 million tonna chiqindi hosil boʻladi. Aholi sonining 1,5 foizga oshishi hisobiga 2028-yilga borib bu koʻrsatkich 16-16,7 million tonnaga yetishi mumkin. Hozir bu yoʻnalishda amaliyotda qoʻllanilayotgan usullarning aksariyati iqtisodiy jihatdan qimmat va koʻp energiya talab etgani bois real foyda keltirmaydi. Biz tavsiya qilayotgan yechimning noyobligi shundaki, unda deyarli har qanday oziq-ovqat chiqindilari, jumladan, parranda va hayvonlar chiqindilari ham braziliya pashshasi lichinkalari uchun ozuqa manbai boʻladi. Ushbu chiqindilarni biokonservatsiya qilish (qayta ishlash) jarayoni juda qisqa muddatlarda, patogen mikroorganizmlarni umuman hosil qilmagan holda yuz beradi. Ushbu texnologiyani qoʻllashning yana bir afzalligi-jarayonda braziliya pashshasi yashash joyini tark etmaydi hamda insonlar va hayvonlar uchun kasalliklar manbai va tarqatuvchisi hisob¬lanmaydi. hiqindilar tarkibida juda koʻp miqdorda ozuqa moddalari mavjud boʻlib, sifati pastligi va taʼmining yomonligi sabab koʻplab jonzotlar isteʼmol qilmaydi.Ammo braziliya pashshasi lichinkalariga ozuqaning taʼmi hech qanday ahamiyatga ega emas, ular berilgan barcha ozuqalarni yeydi va oʻzidan biologik oʻgʻit- zoogumus deb nomlanuvchi kompost qoldiradi. Zoogumusdan tuproq bakteriyalari uchun qimmatli ozuqa manbai hamda shoʻrlangan tuproqlar degradatsiyasini pasaytiruvchi, unumdorligini oshiruvchi preparatlar ishlab chiqarishda foy¬dalanish mumkin. Odatda chiqindilarni kompostlashning anʼanaviy usullari mikroorganizmlar tomonidan tuproqqa qoʻllaniladigan holatga keltirilguniga qadar bir necha yil davom etadi. Chiqindilarni yomgʻir chuvalchanglari yordamida kompostlash (vermikompostlash) orqali ushbu jarayonni uch oy muddatgacha tezlashtirish mumkin. Ammo braziliya pashshasi lichinkalari bu ishni bir haftadayoq uddalaydi. Shu bois, yangi texnologiya soddaligi hamda baliqlar va hayvonla oqsil manbai ekanligi Download 38.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling