XALQ TABOBATI VA ZAMONAVIY TIBBIYOT,
YANGI YONDASHUVLAR VA DOLZARB TADQIQOTLAR
ILMIY AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/
33
barobarida tuproq unumdorligini oshiruvchi vosita sifatida ham ommalashmoqda. Boshqa usullardan
farqli oʻlaroq, yangi texnologiyada chiqindilarni mexanik maydalashga hojat qolmaydi.
Ularni braziliya pashshasi lichinkalarining oʻzi isteʼmol va hazm qilish jarayonida deyarli bir xil
oʻlchamdagi mayda zarrachalarga boʻlaklaydi. Lichinkalar organik chiqindilar
massasidan barcha
ozuqa moddalarini oʻzlashtirganidan soʻng ularning hajmi 50 foiz ga kamayadi. Chiqindilarning oʻzi
esa oʻsimliklar uchun yuqori qiymatga ega, ekologik toza, sifatli oʻgʻitga aylanadi.Braziliya pashshasi
lichinkalari gumusi, oʻsimliklar immunomodulyatorlari, agrodronlar yordamida tuproqni diagnostika
qilish usullarini birgalikda qoʻllash respublikamizdagi degradatsiyaga
uchragan tuproqlarni
sogʻlomlashtirishda ijobiy natija beradi, Bu esa tuproqlarga pestitsidlarning salbiy bosimini
pasaytirish, unumdor yerlarda sifatli
meva-sabzavotlar yetishtirib, aholini sogʻlom va ekologik toza
mahsulot bilan taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga xizmat
qiladi.Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu loyihaning amaliyotga joriy qilinishi
oziq-ovqat va qishloq
xoʻjaligi organik chiqindilarini utilizatsiya qilishdagi sarf-xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish
hamda yuqori sifatli oson oʻzlashtiriluvchi oqsil va organik oʻgʻit olishda katta samara beradi. Ayni
vaqtda yangi texnologiyani ishlab chiqarish sharoitiga yana-da keng joriy etish boʻyicha izlanish¬lar
davom ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: