O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston- finlyandiya pedagogika instituti


-mavzu: Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Sezgilar


Download 0.52 Mb.
bet10/21
Sana06.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1277768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Majmua Bio 4-sem

11-mavzu: Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Sezgilar
Reja:

  1. Sezgi haqida tushuncha.

  2. Sezgi turlari.

3. Sezgilarning nerv fiziologik mexanizmlari.
Ma’lumki, odam organizmi hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo’ladi. Tashqi qo’zg’atuvchilarning sezgi organlarimizga(ko’z, quloq, burun, teri va h.k.) uzluksiz ta’sir ko’rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Sezgilarda insonni o’rab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalarning turli xil belgi va xususiyatlari aks etadi. Chunonchi, yorug’lik nurlari tufayli ko’rish sezgisi, havo to’lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi, nafas olish orqali burun bo’shlig’iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli hid sezgisi, biror narsaning qo’l kafti yoki teriga ta’siri natijasida teri (taktil) sezgilari hosil bo’ladi.
Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo predmetlari va voqyealarini bilish imkoniyatidan mahrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
Psixologiya fanida sezgilarning yuzaga kelishi, ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologi akademik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqdagi ilmiy g’oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o’z ifodasini topgan.
Sezgilar yordamida odam barcha predmetlarga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarni anglab, bilib oladi, o’rganadi va ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Sezgilarning ikkinchi muhim tomoni shundaki, odam o’z organizmini sezgilar tufayli tashqi noxush ta’sirlardan himoya qiladi. Masalan, issiqdan, sovuqdan saqlanish kabilar, og’irlikni, achchiqni sezganda odam ulardan o’zini himoya qiladi. Agar qo’lga biror narsa urilsa yoki sanchilsa, odam dorhol qo’lini tortib oladi, noxush ta’sirotlan o’zini himoya qiladi.
Sezgilarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular (sezgilar) tashqi dunyo to’g’risidagi odam bilimlarining manbaidir. Darhaqiqat, odam sezgilari orqali bo’lmasa, boshqacha yo’l bilan tashqi olamdagi na biror xil jismni, na biror xil harakatni bila oladi. Demak, sezgilar bilish jarayonlari jumlasidan bo’lib, idrok, xotira, xayol, ko’z nervi yoki katta yarim sharlar po’stlog’ining ko’rish markazi zararlansa, ko’rish sezgisi yuz bermaydi.
Shunday qilib, odamning fe’l-atvori va taqdirini aniqlashda ko’z muhim rol o’ynaydi, uning barcha xislat va xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim yuz a’zosi bo’lib xizmat qiladi.
Eshitish sezgilaridan biri quloq bo’lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Eshitish sezgilarining ahamiyati shundaki, bu sezgilar yordamida odam boshqalar nutqini eshitadi, o’zgalar bilan fikr olishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Eshitish organi bo’lgan quloq tashqi quloq, o’rta quloq, ichki quloq kabi uch qismdan iborat. Ichki quloqda endolimfa deb ataluvchi suyuqlik modda bor. Bu modda orqali eshitish markazlari bosh miya bilan tutashadi.
Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi havo to’lqinlari eshitish sezgilarining qo’zg’ovchisidir. Ovoz to’lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqqa kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Quloqning ichki qismida taxminan yigirma besh mingga yaqin ko’ndalang tolalardan tashkil topgan parda bor. Quloqqa urilgan tovush to’lqini ana shu tolalardan birini qo’zg’aydi. Bu qo’zg’alish miyaga yetkaziladi va tovush sezish holati yuz beradi. Sekundiga o’n olti mingdan yigirma ikki minggacha bo’lgan tebranishdagi tovushlarni odam qulog’i seza oladi. Bundan ortiq tebranishdagi tovushlarni quloq eshitmaydi. Quloq eshitmaydigan yuqori tebranishdagi tovushlar ultra tovushlardir.
Eshitish a’zosi hisoblangan quloq juda murakkab tuzilishga ega bo’lib, havo to’lqinidan hosil bo’lgan qo’zg’alish ichki quloq orqali bosh miyadagi eshitish markaziga yetkaziladi va buning natijasida eshitish sezgisi yuzaga keladi.
Ichki quloqning chig’anoq qismida kortiy nomli a’zo bor. Bu a’zo tayoqchasimon hujayralardan iborat. Xar xil tebranishdagi havo to’lqinlari ana shu a’zo orqali eshitish reseptorlariga yetkaziladi.
Tovush tarqatuvchi narsalarning tebranishi havo to’lqinlarini yuzaga keltirishi bilan birga odam bosh miyasida titroq (titrash) sezgisini ham hosil qiladi. Demak, odam qulog’ining eshitish imkoniyati juda katta bo’lsa ham, u hamma tovushlarni ham eshitavermaydi.
Hid bilish sezgilarining organi burun bo’lib, vazifasi turli-tuman hidlarni sezishdir. Hid sezgilarining ahamiyati shaxs uchun juda kattadir.
Odam hid sezgilari orqali gul, atir kabi xushbo’y hidlardan bahramand bo’ladi. Salomatlik uchun zararli bo’lgan noxush hidlardan o’zini saqlaydi.
Burun kavagining yuqori qismida juda ko’p sonli hujayralar bor. Hidli modalarning zarrachalari bu hujayralarni qo’zg’ashi natijasida hid sezgisi vujudga keladi. Bundan tashqari bosh miyada hid sezishga xizmat qiluvchi maxsus nervlar ham bor.
Ta’m yoki maza til va og’iz bo’shlig’i orqali seziladi. Bu sezgilarning qo’zg’ovchilari og’izga olingan moddalarning zarrachalaridir. Bu zarrachalarning til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’siri ufayli maza sezgisi paydo bo’ladi.
Ta’mlar asosan quyidagi to’rt sifatga ega;

  1. Shirin maza.

  2. Nordon maza.

  3. Sho’r maza.

  4. Achchiq maza.

Til pardasida maza bilish suugonlari bor. Bular maza bilish kurtaklari deb ham yuritiladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, tilning turli qismlari turli mazalarni sezish imkoniyatiga egadir. Masalan, tilning old qismi shirin mazani, orqa qismi achchiq mazani, chetlari nordon mazani sezadi. Tilning o’rta qismi esa umuman maza sezmaydi.
Maza sezgilarida hid sezgilarining ham ahamiyati bor. Chunki hid sezgilari orqali odam turli oziq-ovqatlarga xos bo’lgan mazani to’g’ri sezadi va qabul qiladi.
Teri sezgilari yordamida organizmga biror narsaning tegishi, temperatura (issiqlik, sovuqlik), og’riq kabilar seziladi. Teri sezgilarining xilma-xil fuknsiyalari bor. Teri tanani himoya qiluvchi parda, ayrish a’zosi, sezgi a’zosi, issiqlik ajratishni tartibga solib turuvchi a’zo sifatida organizmga xizmat ko’rsatadi. Teri sezgilarining organlari terining tashqi qismidagi tanachalardir. Bu tanachalar (nutqtalar) juda ko’p miqdorda bo’lib, maxsus funksiyalarni bajaradi. Masalan, 250 mingga yaqin nuqta yordamida organizm sovuqni, 30 mingga yaqin nuqta yordamida esa issiqni sezadi.
Harakat sezgilari orqali odam qo’l, oyoq, bosh, bo’yin, ko’krak, bel kabi qismlardagi harakatlarni va o’z gavdasining fazodagi holatini idora etadi.
Muskul-harakat sezgilarning bir turi statik sezgilardir. Statik sezgilar organizmning fazodagi muvozanat holatini saqlash sezgilaridir.
Muskul-harakat sezgilarining organlari organizmdagi muskullar, paylar va bo’g’inlardir.
Odam hayoti va faolyati uchun muskul-harakat sezgilarining ahamiyati juda katta. Chunki sezgilarning bu turi odamga o’z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni to’g’ri va ongli ravishda idrok qiladi.
Ochlikni, chanqashni, ko’ngil aynishini, ortiqcha to’qlikni sezish kabilar organik sezgilardir. Me’da, ichak, o’pka, qizilo’ngach va qon tomirlari organik sezgilarning organlaridir.
Organik sezgilar odam organizmining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarning sezuvchi nervlari qizilo’ngach, oshqozon, ichak, buyrak, jigar, o’pka, yurak va qon tomirlarining yuzlarida joylashgan.
Shaxsning o’zini xush yoki noxush, bardam yoki xomush his qilishi organik sezgilar faoliyati natijasidir. Bundan tashqari, organizm biror qismining og’rishi yoki noto’g’ri ishlashi ham organik sezgilar faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun odam organizmining sog’lom bo’lishi va normal faoliyat ko’rsatishida organik sezgilar muhim o’rin tutadi.
Sezgi organlarining organizmdagi o’rni va qo’zg’alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;

  1. Eksteroreseptorlar - bu gruppaga ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.

  2. Proprioreseptorlar - bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo’ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.

  3. Interoreseptorlar - bu gruppaga gavda ichidagi organlar - me’da, ichak, jigar, o’pka, qon aylanish organlari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning holatini aks ettiradi.

Sezgi turlarining hammasida adaptasiya hodisasi mavjuddir. Odam organizmi har qanday sharoitda ham tashqi muhit o’zgarishlari va ta’sirotlariga moslashish, ko’nikish imkoniyatiga ega.
Sezgi organlarining tashqi muhit ta’sirotlariga moslashuvi adaptasiya deb aytiladi.
Sezgilarning qonuniyatlari haqida shuni aytish kerakki, odamda sezgi hosil bo’lishi tashqi ta’sirga bog’liqdir. Ikkinchidan, sezgi organizmga biror narsaning ta’sir etishi bilanoq hosil bo’lmaydi, ta’sir va sezish o’rtasida qisqa muddatli vaqt o’tadi. Uchinchidan, sezgirlikning davomiyligi tashqi ta’sirotning davom etib turishiga bog’liq bo’ladi. Agar tashqi ta’sir tugasa, qisqa muddatdan keyin sezgirlik ham tamom bo’ladi. Sezgilarning kuchi avvalo qo’zg’alishning kuchiga bog’liq. Qo’zg’alish qanchalik kuchli bo’lsa, hosil bo’ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo’ladi.
Shuni ham aytish kerakki, odam har qanday tashqi ta’sirotni ham sezavermaydi. Odam sezgi hosil qilish uchun tashqi ta’sir ma’lum kuchga ega bo’lishi shart. Sezgi vujudga kelishi ta’sirning kuchiga bog’liq bo’ladi. Bu jihatdan odam sezgirligining absolyut va farq qilish kabi ikki xil chegarasi bor.
Tashqi ta’sirotning bilinar-bilinmas (salgina) darajadagi kuchi absolyut chegara hisoblanadi. Bu chegara har bir odam organizmining titrash sur’atiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bir odam sezgan ta’sirotni (eshitgan tovushni) ikkinchi odam sezmasligi mumkin. Narsalarning ta’siri o’rtasidagi salgina farqni ajrata olish farq qilish sezgirligi deb yuritiladi.
Psixologik qonuniyatga ko’ra, narsalar ta’siri o’rtasidagi farq qanchalik kuchsiz bo’lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchli bo’ladi va aksincha, ta’sirotlar o’rtasidagi farq qanchalik kuchli bo’lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchsiz bo’ladi. Farq ajratish sezgirligi organizmning ta’sirotga moslashuviga yordam beradi, sezgi a’zolari sezgirlik darajasining o’zgarib turishini ta’minlaydi.
Hamma psixologik sifatlar singari sezgi a’zolarining sezgirlik darajasi ham odamning turmush tajribasi, bilimi va mashq qilishi orqali o’sib boradi. Yana shunisi xarakterliki, sezgi a’zolari o’zaro munosabatda va bir-biriga ta’sir o’tkazadi. Agar odam ko’rish sezgisidan mahrum bo’lsa, unda boshqa sezgi turlari ( masalan, eshitish, teri va h.k.)ning faoliyati kuchayadi. Bu hol psixologiya fanida sezgi a’zolarining kompensatorlik xususiyati deb yuritiladi.
Sezgi a’zolarining o’zaro munosabatlarida sensibilizasiya (ta’sirot tufayli sezgi a’zosi sezgirligining ortishi) va sinesteziya (bir sezgi a’zosiga ta’sir tufayli boshqa sezgi a’zosi faoliyatining ham kuchayishi ) , hodisalari ham bor. Sinesteziya ko’rish, eshitish, hid bilish, maza kabi sezgi turlarida ayniqsa, ko’proq uchraydi.
Sezgilarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati juda kattadir. Sezgilar tashqi dunyoni bilishning dastlabki formasi bo’lib, ular yordamida odam tashqi dunyoning barcha predmetlarini va voqyea-hodisalarini bilib oladi.
Odamning bilimlarini o’zlashtirish jarayonida boshqa psixik jarayonlar bilan birga sezgi turlarining hammasi to’la ishtirok etadi. Butun sezgi organlarining yagona faoliyatisiz bilim egallash, o’quv materialini to’g’ri idrok qilish mumkin emas.
Buyuk chex pedagogi Yan Amos Kamenskiy iborasi bilan aytganda, sezgi turlari organizmning tashqi muhit bilan aloqa bog’lashiga xizmat qiluvchi darchalaridirki, bular orqali odam tashqi olamdagi hamma predmet va hodisalarni anglab, bilib oladi va ularga ta’sir o’tkazadi, o’zgartiradi. Agar yetti sezgi turidan birortasining faoliyati buzilsa, organizmning tashqi muhit bilan munosabatlarida ma’lum kamchiliklar vujudga keladi. Shuning uchun yoshlikdan boshlab bolalarda sezgi organlarining va sezgirlik faoliyatining normal rivojlanishini ta’minlash ota-onalarning, tarbiyachilar va pedagoglarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shunday qilib, sezgilarning odamning tashqi muhit bilan aloqasini o’rnatish, tashqi dunyoni bilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Qomusiy olim, pedagogik g’oyalarning buyuk bilimdoni Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaganidek, sezgilar ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, burun bilan hidlash, til bilan tatish va teri bilan tegib bilishdan iborat bo’lib, ilm va ma’rifat (odamda) faqatgina o’shalar orqali hosil bo’ladi. Mashhur olimning “Minerologiya” asarida odam sezgilarining manbalari haqida aytgan fikrlari ham milliy psixologik bilim tarixida muhim o’rin tutadi. Darhaqiqat, sezgilar o’z qo’zg’atuvchilari orqali qo’zg’aladi. Agar ular me’yorida bo’lsa, yoqimli va zararsiz, ortiq bo’lsa, zararli va halokatli bo’ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling