O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston- finlyandiya pedagogika instituti


Download 0.52 Mb.
bet18/21
Sana06.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1277768
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Majmua Bio 4-sem

18-MAVZU: I R O D A
Reja:

  1. Iroda haqida tushuncha.

  2. Shaxs ko’nikmalari, malakalari va odatlari.

Odamdaga barcha psixik jarayonlar uning xarakatlari orqali namoyon bo’ladi, U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’lik xarakatlar odamdan g’ayrat va shijoat talab etadi. Inson g’ayrat, faol xarakatlar tufayli o’z vujudi ehtiyojlarini qondiradi o’z quvvati imkoniyati bilai yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni bunyod etib, o’zini muxtojlik, yo’qsillik balosidan xalos qiladi.


Faollikning teskarisi yalqovlik, dangasalik bo’lib irodaning bu salbiy sifatlari inson baxti va saodatining ofati hisoblanadn. Sustlik, yalqovlik, ishyoqmaslik odam, hayotini xor-zor etadi, uni yashash lazzatidan mahrum qiladi. Inson hayoti davomida kuchi yetganicha ishlamog’i kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy lazzatlaridan bahramand bo’lsin deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va matonat bilan qilingan mexnat odam hayotiga shavq, va zavq, bag’ishlaydi.
Shunday qilib, iroda shaxsning ongli xarakatlarida o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda obyektiv voqyelikni, jamiyatdagi boshqa shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning alohida tomonidir. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi obyektiv sabablar, hayot, tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.
Shaxs o’ziiing kundalik faoliyatida bajaradigan barcha ishlari ma’lum irodaviy kuch sarflaydi. Har bir yumush o’z xarakteriga qarab irodaviy kuch. faollik talab etadi. Murakkab faoliyatni ro’yobga chiqarish shaxsdan irodaviy zo’r berishda uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun ongli ravishda jismoniy va aqliy kuch sarflashni talab qiladi.
Shaxs xamma vaqt o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yadi va ularni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Darhaqiqat, odam anglab olingan niyatsiz, istagan maqsadsiz xech qanday ishni bajara olmaydi. Har qanday irodaviy xarakat odamdan muayyan maqsadni ko’zashni talab qiladi. Odam har qanday irodaviy xarakatni boshlar ekan, undan kutilgan natijani tasavvur etmog’i zarur. Buni qo’yidagicha izohlash mumkin:
- maqsadni anglash;
- unga erishish uchun intilish;
- maqsadga erishish imkoniyatlarini anglash;
- maqsadga erishish imkoniyatdariga mos keluvchi yoki ularni rad qiluvchi motivlarni anglash;
- motivlar kurashi;
- qarorga kelish;
- aqliy qaror;
- hissiy idrok;
- qarorni ijro etish;
- irodaviy zo’r berish;
- ichki-subyektiv qarshilik;
- tashqi-obyektiv qarshilik;
- ichki va tashqi qarshiliklarni yengishda namoyon bo’ladi.
- bajarilgan ishga baho berish:
Anglab olingan maqsadni, istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir qancha to’siqlarga va qarama qarshiliklarga duch keladi. Ana shu to’siqlarni yengish uchun kurash shaxsda irodaviy zo’r berish xissini tug’diradi. Qiyinchiliklarga qarshi kurashishda paydo bo’ladigan irodaviy zo’r berish odamga katta kuch baxsh etadi. Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida hamma vaqt ham yuzaga chiqmaydigan kuch-quvvatni safarbar etadi. Odamning irodaliligi turlicha namoyon bo’ladi.
Iroadaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo’linadi:
1. Irodaviy xarakatlarga xos ijobiy sifatlar.
2. Irodaviy xarakatlarga xos salbiy sifatlar.
Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat, chidam, toqat, mustaqillik kabilardan iboratdir.
O’z-o’zini tuta bilish, shaxsning o’z burchini o’tashida, maqsadini ro’yobga chiqarishida uchraydigan qiyinchilik qarshiliklarni mardonavor yengishida ko’rinadi.
O’zini tuta bilish shaxsning qo’rqinchni, g’azabni, og’riqni, charchashni yengishi jarayonida namoyon bo’ladi. Odamdagi bu irodaviy sifat keraksiz bo’lgan reflekslarga yo’l qo’ymaslikda ham qo’l keladi.
«Oltin zanglamas" (Shuxrat) romanining qaxramoni Sodiqning jasorati tahsinga loyiqdir. U og’ir ahvolda yotishiga, dalaning sovuq va izg’irin shamoliga, masofaning uzoq, bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, nscha yuzlab soldatlarimizning sog’-omon kelishini ta’minlaydi. U burchini o’tash yo’lida barcha qiyichiliklarga bardosh beradi.. «Mashina bormasa bormasin, baribir boraman», - dedi Sodiq g’azabdan ko’zlari. chaqnab. Bu asabiylikdan boshi zirqirab ketdi, qo’llari bilan ikki chakkasini changalladi".
Jasur shaxslarda burch hissi qo’rqoqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba ostida qolganlarida yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga madad bag’ishlaydi.
Dovyuraklik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yordam beradi, uni mardlik ko’rsatishga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda qo’rqishni bilmaydigan kishigina emas, balki o’zida qo’rquv paydo bo’lsa, ham, zarur deb bilgan ishini qila biluvchi odamdir.
Shaxsni ilg’or dunyoqarashi, g’oyaviy va siyosiy yetukligi, o’zining vatani va xalqiga sodiqligi va sadoqati, yuksak ongliligi va prinsipliligi, o’z ishining xaqligiga chuqur ishonch, sabr-chidamliligi, qat’iyligi uning qahramonlik ko’rsatishiga shijoat qiluvchi omillardir. Qahramonlik sifati shaxsning faol faoliyati, jarayonida namoyon bo’ladigan yuksak axloqiy irodaviy sifatdir.
Qahramonlik sifatiga ega bo’lgan kishilar hamma vaqt faal va tashabbuskor bo’ladilar, qiyinchiliklardan qo’rqmaydilar. Ular o’z Vatani va xalqiga katta foyda u yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yo’l va vositalarni o’zi tanlaydi. Odamnint tashabbuskorligi shaxsiy va ijtimoiy vazifalarni epchillik va mohirlik bilan bajarishda yaratuvchilikka qaratilgan xarakatlarda namoyon bo’ladi.
Tashabbuskorlik inson hayotining hamma sohalari uchun zarur bo’lgan qimmatli irodaviy sifat hisoblanadi. Tashabbuskor shaxslar hamma vaqt o’z xatti-harakatlari uchun javobgar ekanliklarini to’g’ri his qiladilar. javobgarlik hissi odamni o’z xarakatlarining to’g’riligi, zarurligi va maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilishidir. Odatda, bu ijobiy irodaviy xos harakatylarga beg’araz, samimiy baho berish hamda xaqqoniy tanqiddan to’g’ri xulosa chiqara olishda ko’rinadi.
Shaxsning prinsipialligi o’zining istak, tilak va hohishlarida namoyon bo’ladigan irodaviy sifatdir. Prinsipial shaxslar o’zlarining qarorlarini o’zgartirmaydilar, ularning xarakatlari qat’iy va barqaror bo’ladi.
Irodalilik shaxsni uch buyuk balodan axloqiy buzilishdan, yurak xastaligidan va muxtojlikdan saqlaydi.
Salbiy irodaviy sifatlarga negativizm qaysarlik, mustaqqilsizlik va abuliya kabilar kiradi.
Asossiz ravishda boshqalarning asosli fikrini rad etish negativizmdir. Bu sifatga ega bo’lgan shaxs atrofdagi kishilarning iltimos maslaxat, talablariga o’ylamay-netmay, dalilsiz ravishda qarshilik ko’rsatadi.
Negativizm aktiv va passiv sifatlarga ham egadir. Shaxslar o’zgalar ta’siriga berilmay, o’z fikrida qolishi passiv negativizm, o’zgalar fikrining aksini bajarishi esa aktiv negativizmdir. (negativizm xolatlari ba’zi psixik kasalliklarning natijasn ham bo’lishi mumkin).
Boshqalarning iltimos, buyruq va takliflariga atayin qarshilik qilishdan iborat bo’lgan salbiy irodaviy sifat qaysarlikdir. Qaysar shaxs o’z bilganini qilaveradi, lekin bu xarakatning sabablarini obyektiv tarzda isbotlay olmaydi.
Shaxs qattiq g’azablangan, jaxli chiqqan, xafa bo’lgan xolatlarda uning qaysarligi yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday paytda shaxs dalil keltira olmagan xolda o’z xarakatini davom ettiradi.
U boshqalarning fikriga quloq solmaydi, o’z fikridan qaytmaydi.
O’z fikr va muloxazalarida o’zgalar ta’siriga batamom berilishi mustaqilsizlikdir. Mustaqil bo’lmagan shaxs o’z xatti-xarakatlarining sabablarini o’zi tushunib yetmaydi, uni izoxlanishni boshqalardan kutadi.
Mustakil bo’lmagan shaxslar prinsipsiz bo’ladilar. Ularda o’z qarorlari va xarakatlariga nisbatan javobgarlik hissi bo’lmaydi, ular laqmalik bilan xarakat kiladilar.
Laqma shaxslarda tanqidiy fikr, mulohaza bo’lmaydi. Boshqalar xatto yot-unsurlar ta’siriga asoslanish irodasizlikning eng yuksak cho’qqisi abuliya xolatidir. Muayyan psixopatologik sabablarga ko’ra irodaning nihoyatda bo’shashi, kuchsizlanishi yoki to’la yo’qolishidan iborat bo’lgan yalqovlik, dangasalik, ishyoqmaslik abuliyadir.
Irodaviy xarakatlar ikkiga bo’linadi:
1. Ixtiyoriy xarakatlar.
2. Ixtiyorsiz xarakatlar.
Shaxsning aniq, maqsadga qaratilgan va unga erishish uchun ongli ravishda intilishidan iborat bo’lgan-xarakatlari ixtiyoriy xarakatlardir. Ixtiyoriy xarakatlar tug’ma xarakatlarga ega amas. Bunday xarakatlar turmush sharoiti ta’sirida va mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladi va mustahkamlana boradi.
Ixtiyoriy xarakatlar ongli xarakatlar bo’lib, bu xarakatlar natijasida aniq yumush nihoyasiga yetkaziladi. Shuning uchun ixtiyoriy xarakatlar maksadli
keltirish ishtiyoqi bilan yashaydilar. Shuning uchun xam bunday shaxslarni doimo xurmat kiladi va e’zozlaydi.
Vatanimiz tarixidan fidokorona kahramonlik namunalarini ko’rsatuvchi ko’plab misollar keltirish mumkin.
Biror narsani ro’yobga chiqarishda muttasil ravishda irodaviy zo’r berish qatiyatdir. Qatiyat, chidam, toqat kabi sifatlarni ham ifodalaydi.
Turmushdagi ba’zi qiyinchiliklar odamdan alohida chidam va toqatni talab etadi. Qat’iyat shunday irodaviy sifatki, shaxs ko’zlagan natijani qo’lga kiritishi o’zining butun kuch-quvvatini to’playdi, barcha qiyiichiliklarga bardosh beradi, uzoq vaqt davomida maqsadga intiladi va uni ro’yobga chiqaradi. Qat’iyat hamma kasb egalari uchun zarur bo’lgan zo’r irodaviy kuchdir. Ilmiy-tadqiqot ishlarida, ixtirochilarda, bilim egallashda, hunar o’rganishda qat’iyatlilik odamga juda qo’l keladi.
Shuni xam unutmaslik kerakki, odamdagi chidam va toqat kabi iroda, sifatlari undagi motivlarning kuchi va barqarorligiga bog’liq, bo’ladi! hayotda, turmushda, har bir sohada chidam va toqat namunalarini ko’rsatuvchi odamlar bor.
Marxum akademik X- M. Abdullayev nihoyatda kuchli iroda egasi bo’lgan. U bilan 32 yil mobaynida birga bo’lgan akademik O.G.Manonov bunday yozadi: "Habib tinim bilmas tadqiqotchi edi. U bir necha yil ichida ketma-ket shunday asarlar yaratdiki, bular o’zbek geologiyasidagina emas, balki, butun jaxon geologiya ilmiga munosib xissa bo’lib qo’shildi". Tarixda bunday misollar juda ko’p.
Irodalilikning muhim sifatlaridak yana biri mustaqillik va prinsipiallikdir. Boshqalar ta’siriga berilmaslik, o’zniing asosli musta qil fikriga ega bo’lish mustaqillikdir. Shaxsning ijobiy mohiyatga ega bo’lgan iroda kuchining mustaqil xarakatlarida ifodalanadi.
Shaxsdaga mustaqillik avvalo, uning tashabbuskorligida namoyon bo’ladi. Tashabbuskor shaxs o’z xarakatlarida boshqalar aqliga muhtoj bo’lmaydi, chetdan ko’rsatma kutmay xarakat qiladi. Akademik I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, ixtiyoriy xarakatlar shartli refleks xarakteridagi xarakatlardir.
Ixtiyoriy xarakatlar sodda va murakkab kabi ikkiga bo’linadi.
Sodda xarakatlar (irodaviy) shaxsdan reja talab qilmaydi, osonlik bilan bajariladi. Masalan, tushib ketgan ruchkani olish, daftarni surib qo’yish...
Odamiing o’z oldiga aniq, maqsad qo’yish, unga erishishnnng yo’llari va vositalarini va bu maqsadni ro’yobga chiqarishda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishi va yengib, maqsadga erishuvi murakkab irodaviy-ixtiyoriy xarakatdir. Masalan, o’quvchning matematikadan misol yoki masala yechishi, talabaning ma’ruza yozishi va x.k.
Motivlar (shaxsning faoliyatga kirishishdan oldingi ichki qarama-qarshi-ligi) asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi.
Ehtiyojlar ikkiga bo’linadi:
1. Moddiy ehtiyojlar.
2. Ma’naviy ehtiyojlar.
Kishining oziq-ovqatga, kiyim-kechakka bo’lgan ehtiyoji moddiy ehtiyojlardir. Ilmga, xunarga, san’atga, sayr-tomoshalarga bo’lgan ehtiyojlar esa ma’naviy ehtiyojlardir.
Irodaviy xarakatlarning ikkinchi turi ixtiyorsiz xarakatlardir. Irodaviy xarakatlar ko’p xollarda ixtiyoriy faollikka bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Yo’talish, aksa urish, ko’z pirpiratish, qosh uchirish, qo’lga igna sanchilganda tortib olish kabilar reflektor tarzidagi ixtiyorsiz xarakatlardir.
Ixtiyorsiz xarakatlarning fiziologik asosi shartsiz reflekslardir. Impulsiv (ong nazorati kamroq bo’lgan) xarakatlar ham ixtiyorsiz xarakatlardir. Yotqizib qo’yilgan bolaning gavdasini qimirlatib o’ynashi, chapak chalishi impulsiv xarakatlardir.
Ixtiyorsiz xarakatlarning Yana bir turi instinktiv (ongsiz) xarakatlardir. Bu xarakatlarning nerv mexanizmi shartsiz reflekslar bo’lib, ixtiyorsiz xarakatlarning avtomatlashgan shakli bo’lgan malaka va odatlarning fiziologik asosi shartsiz reflekslardir.
Umuman olganda, irodaviy xarakatlarning fiziologik asosi miya po’stlog’ida avvlgi tajriba natijasida hosil bo’lgan nerv aloqalarining ikkinchi signal sitemalaridir.
Ikkinchi signal sistemalari irodaviy xarakat paytida qo’zg’aladi va irodaviy xarakatlarni amalga oshirishga imkon beradi. So’z irodaviy xarakatda maxsus rol o’ynaydi. Chunki so’z tashqi signal (masalan o’qituvchining ko’rsatmasi) bo’lishi bilan birga u shaxsning o’z-o’ziga bo’lgan ichki talabi, mustaqil buyrug’i hamdir. Hamma vaqt so’zlar javob tariqasidagi ixtiyoriy xarakat uchun real qo’zg’aluvchidir.
Turmush sharoiti va mexnat faoliyati jarayonida shaxsning irodaviy xarakatlari mukamallashadi, tezlashadi va avtomatlashadi.
Malakalar shaxs xarakatining avtomatlashgan shakli bo’lib, murakkab ongli faoliyatni bajarishda namoyon bo’ladi. Shaxsning malakalari shu bilan xarakterlanadiki, uning xarakatlari oson va tez, go’yo o’z-o’zidan bajarilayotgandek bo’ladi. Shu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz shaxs, turli muddat va turli sifat bilan bajaradi.
Shaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu sohadagi mehnatini osonlashtiribgina qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning ham tezligi va samarali bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Turli sohalarga nisbatan bo’lgan malakalar shaxsda birdaniga qisqa muddatda vujudga kelmaydi. Shaxs malaka orttirish uchun muayyan sohani sistemali ravishda takrorlab turishi talab qilinadi. Bir narsani (faoliyatning) o’zini uzluksiz takrorlab turish natijasida harakat va uni yuzaga keltiruvchi mexanizmlar o’rtasida moslashuv vujudga keladi. Buning natijasida o’zaro ta’sir tezlashadi va avtomatlashgan mohiyatga ega bo’ladi.
Malakalar singari odatlar ham ongli irodaviy harakatlarning ma’lum bosqichlaridir. Tabiiyki, odam o’z faoliyati davomida ko’p hajmdagi turli-tuman harakatlarni bajaradi.
Odatlar ham malakalar singari shaxs xulk-atvori va faoliyatining avtomatlashgan elementlaridir. Lekin malakalar va odatlar o’rtasidagi muhim farqlar ham bor. Malakalar biror sohani tez va sifatli bajarishga imkon bersa, odat odamning shu faoliyat bilan doimiy shug’ullanishidir.
Odatlar ham juda ko’p mashq qilish, takrorlashning natijasidir. Odatlar odam faoliyatiga shu darajada kuchli singib ketadiki, odam odatlangan narsasini qilmaguncha ko’ngli to’lmaydi. Odat bo’lib qolgan harakatlarni muvaffaqiyatli bajarish odamda turli ijobiy hislarni uyg’otadi. Agar odatdagi harakatidaki odam yutuqlar bilan ro’yobga chiqara olmasa, unda salbiy his-tuyg’ular paydo bo’ladi.
Odatlar shaxsning hissiy holatlarini ifodalashi bilan birga, uning aqlini o’stirishga ham xizmat qiladi. Odatlar takrorlanaverishi natijasida musahkamlanadi va go’yoki tug’madek bo’lib qoladi. Ijobiy moxiyatdan bunday odatlarning shaxs uchun ahamiyati juda kattadir.
Odatlar shaxsning ma’naviy qiyofasni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shaxsda mustaxkamlanib olingan ijobiy odat uning ruxiy holatlari va individual sifatlarini ham o’stiradi.
Malaka va odatlar odamda birdaniga hosil bo’lmaydi. Malaka va odatlarning hosil bo’lishi va takomillashuvi odam amaliy xarakatlarning texnikasini o’rganishdan boshlanadi. Bunda ayniqsa, aniq maqsadga qaratilgan ongli xarakatlardan to’g’ri foydalana olish juda zarurdir. Birinchi sinf o’quvchisi xarflarni o’rganishni har bir xarfning shaklini idrok qilishdan boshlaydi. So’ngra o’sha shaklga moslab qo’lni xarakat qildiraverishi natijasida barmoqlar xarakati xarf shakliga ko’nikadi va uni oson yoza oladigan bo’lib qoladi.
Malaka va odatlarning hosil bo’lishi bir qancha asoslanadi:
1. Malakalarning ham, odatlarning ham hosil bo’lishi va takomillashuvi shaxsning yoshiga bog’liqdir.
2. Shaxsda turli faoliyat turlariga nisbatan xarakatlarning vujudga kelishi va avtomatlashuvi nerv-sistemasiga (nerv sistemasining tipiga) ham bog’likdir.
3. Shaxsning g’oyaviyligi va onglilik darajasi unda malaka va odatlarning barqaror tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi.
4. Shaxsning qiziqish, qobiliyat, talant, temperament, xarakter kabi individual sifatlari unda malaka va odatlarini hosil bo’lish tezligi va barqarorligiga ta’sir etadi;
Malaka va odatlarning fiziologik asoslariga doir ta’limotni akademik I.P.Pavlov yaratdi. Bu haqda I.P.Pavlov quyidagicha yozgan edi: "...har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda ko’pshartli reflekslardan iborat bo’lsa kerak. Muayyan sharoit yoki muayyan qo’zg’atuvchilaarimiz o’rtasida hosil bo’lgan xarakatlarimiz o’rtasida hosil bo’lgan mustaxkamlangan bog’lanishlar ko’pincha ataylab qilishimizga qaramay, doimo o’z-o’zidan takrorlanaverishini kim bilmaydi? Bu narsa muayyan bajarishga va bu xarakatlarning to’xtata birlishga, yani ham musbat, ham manfiy reflekslarga baravar taalluqdir"
Malaka va odatlarning fiziologik asoslarini tushunishda dinamik steriotipining ham ahamiyati bor. Chunki har bir shaxs o’zining yashash sharoitiga, kundalik hayot tarziga odatlangan bo’ladi. Shu tufayli o’z turmush tarziga nisbatan dinamik seriotip vujudga kelgan bo’ladi va u hayot tarzining o’zgarishi bilan o’zgarib boraveradi. Shunday qilib takroriy xarakatlar natijasida miya po’stlog’ida hosil bo’ladigan murakkab shartli reflekslar, muvvaqat aloqalar sistemasi malaka va odatlaring fiziologik asoslaridir.
Malakalarning ham, odatlarning ham o’ziga xos turlari bor. Shuning uchun ularning xar qaysisini aloxida-aloxida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Malakarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
1. Turmush malakalari. Bu malakalar shaxsda turmush sharoiti ta’sirida tarkib topgan xarakatlar sistemasidir. Bu xarakatlar odamda oila sharoitida kichiklikdan boshlab tarkib topa boradi. Turmush malakalari shaxsning uy-ro’zg’or ishdaridagi faoliyatida namoyon bo’ladi.
Shaxsning o’z-o’ziga xizmati (yuvinish, taranish, kiyinish), ovqatlanishi, dam olishi, ro’zg’orga taalluqli ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarishi, oila a’zolari bilan muomala-munosabati, kattalarga xurmat, kichiklarga g’amxo’rligi, o’z ustida ishlashi kabi faoliyatlarda turmush malakalarining ahamiyati kattadir.
2. Maktab malakalari. Bu malakalar shaxsning bilimlarni egallash jarayo|nidagi xarakatlarini ifodalaydi. Bunga o’qish, yozish, chizish va hisoblash malakalari kiradi. Har bir o’quvchi o’zida maktab malakalarini xosil qilmasdan turib, maktabda fan asoslarini o’rgana olmaydi. O’quvchida maktab malakalari qanchalik mustaxkam bo’lsa, u ta’lim jarayonida shunchalik ko’p muvaffakiyatlarga erishadi:
Agar o’quvchi o’z faoliyatining biror sohasiga nisbatan malakali bo’lsa, bu xol uning faoliyatining boshqa tomonlariga ham ijobiy ta’sir qiladi. Masalan, o’quvchi chiroyli, aniq, toza yozish malakasini egallagan bo’lsa, bu malaka o’quvchining yaxshi yozish va chizmachilik faoliyatida ham aks etadi.
Malakalar singari odatlar ham bir qancha turlarga bo’linadi:
1.Kasb va mexnat odatlari. Bunday odatlarga kasb malakalari natijasda paydo bo’ltgan rejimga .qat’iy rioya qilish ,mehnat unumdorligini
oshirishga erishish,ishlab chiqarish qurollaridan unumli foydalanish, boshlagan ishni tez va sifatli oxiriga yetkazish kiradi.
2.Gigiyena odatlari. Bunday odatlarga tozalikka rioya qilish, ozoda kiyinish, badanni toza saqlash, uy-joyni, ro’zg’or buyumlarini toza va saranjom sarishta tutish kabilar kiradi.
3.Estetik odatlar. Bunday odatlarga estetik va badiiy zavqqa ega bo’lish, jozibaga, go’zalikka, latofatga qiziqish, badiiy adabiyot o’qish, kino va spektakillar, tomoshalardan zavqlanish, madaniyatlilik, uy anjomlar iva ro’zg’or buyumlarini tartibli saqlash, ozoda tutish kabilar kiradi.
4.Axloqiy odatlar. Bunday odatlarga yuksak g’oyaviylik, demokratik jamiyat quruvchining axloq normalariga trioya qilish, ijtimoiy burchini chuqur anglash, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, kamtarlik, halollik, rostguylik, sofdillik kabilar kiradi.
Malaka va odatlarning qonuniyatlari deganda shuni tushunmoq kerakki, shaxs faoliyatining istagan turi bo’yicha malaka orttirish o’sha sohani tokrorlash-mashq qilishga bog’liqdir. Ikkinchidan, har bir shaxsni boshqalarnikidan farq qiladigan malaka va odatlari bo’ladi. Uchinchidan har bir sohaning (faoliyat turining) o’ziga hos malakasi va odati bo’ladi. To’rtinchidan shaxsning individual sifatlari qancha mukammal bo’lsa unda ijobiy mohiyatdaga malaka va odatlari shuncha tez hosil bo’ladi va takomillashadi. Shaxsda biror sohaga nisbatan yuqori malakalilak uning faoliyatining boshqa tomonlarga ham ijobiy ta’sir etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, odamning malaka va odatlari yosh chog’idanoq tarkib topa boshlaydi. Bunda oila muhiti, oila sharoitidagi kattalrga hos bo’lgan malaka va odatlar tabiiy tarzda bolalarga singib boraveradi. Bolalar kattalarning hatti-harakatlarini kuzatadilar va unga taqlid qiladilar. Shu tarzda bolalarda turmush malakalari va odatlarining kurtaklari paydo bo’ladi va taraqqiy eta boradi.
Insonda ko’nikmalar ongli harakatlarning avtomatlashuv tufayli yuzaga keladi. Ko’nikma u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan usuli bo’lib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan ozod qiladi va uni o’sha ishdan kutalgan maqsadga qaratadi.
Ko’nikmalar odamning o’z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida paydo bo’ladi va amal kiladi. Turmush tajribasida aksincha ham bo’ladi. Ba’zi ko’nikmalar shahsda malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga yordam beradi, ba’zilari aksincha, shahsdagi malakalilik sifatiga salbiy tasir etadi va uni o’zgartiradi. Bu hol malaka va ko’nikmalarning o’zaro tasiri deb yuritiladi.
Malaka va ko’nikmalarning bu o’zaro ta’siri ular tufayli bajarilayotgan ishning maqsadi, sharoitlari va obyekti bilan aniqlanadi. Ya’ni, ko’nikmaning samaradorligi harakat jarayonida foydalanilgan usullarning maqsadiga, sharoitlariga va obyektiga mos, kelishiga bog’liq bo’ladi.
Ko’nikmalarni bilim bilan almashtirish mumkin emas. Chunki har qanday ko’nikma bilimga asoslanadi. Ammo bilim uchun ko’nikma shart emas. Bilim shaxsga voqyelikni to’g’ri aks ettirishga, undan yangi xukm va xulosalar chiqarishga imkon beradi, ko’nikmalarda esa shaxsning aqliy va jismoniy harakatlari ifodalanadi.
Shaxsdaga ko’nikmalar aniq maqsadga asoslanadi va shu maqsadga mos keluvchi harakatlarni talab qiladi. Birinchi sinf o’quvchisi alifbeni "a" harfini o’rganishdan boshlaydi. Maqsad "a" harfining katta va kichik shakllarini yozishni o’rganishdan iborat. O’quvchi bu maqsadni amalga oshirish uchun ko’l barmoqlari orqali katta va kichik "a" xarfi shakllarini ifodalovchi harakatlarni o’zlashtirmog’i lozim. Shuning uchun ko’nikma faqat bilimgagina emas, albatta u yoki bu maqsad bilan bog’liq harakatlarda ham ifodalanadi.
Odamlarning turli faoliyatlari bilan bog’liq, bo’lgan ko’nikmalari murakkabligi jihatidan oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab ko’nikmalar ilmiy-aqliy faoliyatda yaqqol namoyon bo’ladi. Kuchli aqliy quvvat talab qiluvchi yozuv, chizish, hisoblash kabilar shular jumlasidandir.
Odam faoliyatida ko’nikmalar-malakalar tarzida ham namoyon bo’ladi. Har qanday malaka ko’nikma bo’la oladi, lekin har qanday ko’nikma malaka bo’la olmaydi. Ko’nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina malaka bo’ladi. Masalan, talabaning turli xarf shakllarini sezish jarayoni avtomatlashgan bo’lgani uchun ko’nikilgan harakat bo’lib qolgan. Shuning uchun talaba xarflarni chiroyli tez va soz yoza oladi. Bu harakat talabaning malakalashgan ko’nikmalaridir. Juda ko’p marta takrorlash tufayli talabaning xarflar shakllarini yozish bilan bog’lik, harakatlar shu darajada avtomatlashganki, unda ong bevosita ishtirok etmaydi.
Malakalar va odatlar singari ko’nikmalar ham bir qancha turlardan iborat. Talim, mehnat va sport ko’nikmalari shular jumlasidandir. Odamning mehnat faoliyatiga doir ko’nikmalari uning harakat a’zolari bilan bog’liq. bo’lib va turli asboblardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ko’z va qo’l harakatlarining o’zaro mosligi hamda dadillik, o’zini tuta bilish va mustaqillik kabi iroda sifatlari zarur bo’ladi.
Shaxsning mehnat ko’nikmalari ishlab chiqarish jarayonida turli qurollardan foydalanish natijasida shakllanadi va o’sib boraveradi.
Yangi tarkib topgan ko’nikmalar shaxsning mehnat faoliyatini yengillashtiradi, ongni zo’r berishdan saqlaydi, eng muhimi, odamning aqliy va jismoniy quvvatini hamda vaqtini tejaydi, faoliyatning mahsuldor bo’lishiga yordam .beradi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling