O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston- finlyandiya pedagogika instituti
Download 0.52 Mb.
|
Majmua Bio 4-sem
Nazorat uchun savollar:
1. Xayolga ta’rif bering? 2. Xayolning inson hayotidagi roli haqida so’zlang? 3. Orzu va ijodiy xayol turlarini tavsiflang? 4. Xayol jarayonidagi agglyusinasiya va akssentirovka haqida so’zlang? 5. Real xayollar noreal xayollardan qanday farq qiladi? 6. Shaxsda xayol jarayonining o’sishi haqida gapiring? 16-M A V Z U: T A F A K K U R, N U T Q Reja: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur operasiyalari. Tafakkurning asosiy shakllari Nutq haqida umumiy tushuncha. Nutq va uning funksiyalari Tafakkur insoi ruhiy hayotining, aql-idrokining, ongli xatti-xarakatlarining yuksak shakli bo’lib, predmetlarni, voqyea-xodisalarning bilish vositasi hamda inson shaxsining keng ko’lamli faoliyatini ro’yobga chiqarishning asosiy sharti hisoblanadi. Tafakkur jarayonida insonda fikr. muloxaza, g’oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ongida tushunchalar. hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Inson o’zining tafakkuri, nutqi va ongi tufayli tabiat olamidagi boshqa jonzotdan ustunlikka erishdi, "tabiat toji" bo’ldi. Shuning uchun ham tafakkur boshqa bilish jarayonlariga nisbatan odamning aqliy va jismoniy faoliyatida aloxida o’rin tutadi. Inson tafakkur yordamida o’zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan narsa va hodisalarning to’g’riligi, aniqligi va haqqoniyligini aniqlaydi. Tafakkur fikrlash tufayli hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, taxminlar, xulosalar chin yoki xato ekanligini bilib oladi. Tafakkur sezgi, idrok, hayol, xotiraga nisbatan predmetlar va voqyea-hodisalarni to’la, aniq, haqqoniy va umumiy tarzda aks ettiruvchi yuksak bilish jarayoni sifatida odamga tashqi olam muammolarini yechish kalitini beradi. Ana shu boisdan inson tafakkuri orqali moddiy olam predmetlari va voqyea-hodisalarini umumlashtirib, bevosita aks ettiradi, ular o’rtasidagi muhim bog’lanishlar, munosabatlar, xossalar va xususiyatlarni bilib oladi. Shu tufayli ham hozirgi kunda har bir odamning ilmiy va amaliy faoliyati maxsulini tafakkursiz tasavvur etib bo’lmaydi. Inson tafakkuri tashqi olamni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xarakteriga, obyektning subyekt uchun yangiligi va shaxsning faollik ko’rsatish darajasiga ko’ra bir necha yo’nalishlarga ega. Tafakkur fikrlash faoliyati sifatida olib qaralganda, inson tomonidan u yoki bu muammoni hal etish jarayoni nazarda tutiladi. Fikr yuritish davomida muammoni yechimini qidirishni boshqarishda shaxsning hissiy kechinmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Mexnat faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonida odamlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar tafakkur yordamida namoyon bo’ladi. Individual tafakkur ishlab chiqarish va ta’lim-tarbiya jarayonida jamoaviy mazmun kasb etadi. Natijada o’z-o’zini to’g’ri anglash, o’z faoliyatiga to’g’ri baho berish, jamoa manfaatini o’ylash, ijtimoiy faollikka intilishga yo’naltirilgan tafakkur sifatlari tarkib topadi. Insonni inson tomonidan idrok qilinishi va to’g’ri baholanishi ham tafakkur mahsuli bo’lib. shaxslararo muloqotlar ham bir odamdan irodaviy quvvat, aqliy jiddiylik, chuqur va keng tafakkur talab etadi. Shaxsning mehnat faoliyatini belgilovchi yaratuvchilik, kashfiyotlar, ixtirolarning barchasi, undagi amaliy va nazariy ahamiyatga maolik bo’lgan taxminlar, g’oyalarning hammasi tafakkur mahsulidir. Ma’lumki, insoning bilish faoliyati tashqi olamni sezish va idrok qilishidan boshlanib, so’ngra tafakkurda fikr yuritishni aqliy yo’l bilan aks ettirishga o’tadi. Shu bilan birga tafakkur ham xissiy bilish a’zolarining mahsuli, ya’ni sszgilar, idrok, xotira va xayol materiallariga asoslangan- xolda namoyon bo’ladi. Tafakkur o’zi uchun zarur g’oyalarni-xissiy obyektlardan oladi, shu bilan birga u fikr yuritishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Tafakkur, sezgi. idrok, xotira, xayol yordamida moddiy do’nyo bilan bog’lanadi, so’ngra undagi narsa va xodisalarni, ularning belgi va hislatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu aks attirishning to’g’riligi amaliy faoliyatida ong va aql idrok yordamida uzluksiz nazorat qilinadi. Tashqi dunyoning predmetlari va voqyea-hodisalarini sezgi, idrok, xotira va xayol kabi ruhiy jarayonlar yordami bilan bilish odam uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin, tashqi dunyo ta’sirotlarini keng va chuqur aks ettirish uchun bular hali yetarli emas. Fikr yuritish orqali atrof-muhitni chuqur bilish; predmetlar va voqyea-hodisalar o’rtasida mavjud bo’lgan o’zaro munosabat va bog’lanishlarni aniqlash muammoli tarzda nomoyon bo’ladi. Chunki, inson oldida muammo vujudga kelmas ekan, tafakkur jarayoni hosil bo’lmaydi. Tafakkur orqali inson asosiy va yordamchi, birlamchi va ikkilamchi muhim va nomuhim jixatlarini bilib oladi, shu asosda ta’sirotlarga o’z munosabatini bildiradi. Tafakkur xotirada mavjud bo’lgan xabarlarni kaytadan ishlaydi, umumlashtiradi, ularning kelgusini taxmin kilish imkonini beradi. Shunga qaramasdan, voqyelik tafakkurda hamisha ham aniq, to’g’ri aks etmaydi, ba’zan chiqarilgan xukm va xulosalar amaliy tadbiqga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun nazariya bilan amaliyot o’rtasida uzviy bog’liklik, jips aloqa bo’lishi lozim. Tafakkur nazariy g’oyalarining amaliy mosligini yo tasdiqlaydi, yo inkor qiladi. Tafakkur jarayonining inson faoliyatidagi roli hakida gap ketganda shuni ta’kidlash joizki, tafakkur tashqi dunyo ta’sirotlarini umumlashgan xolda ularning o’zaro bog’lanishlarini bevosita so’z orqali aks ettiradi. Demak, tafakkur yordamida inson to’plagan bilimda faqat inson zotiga xos bo’lgan ruhiy hodisalarning ideal timsollari yaratiladi va umumlashtiriladi, avlodlar tajribasi qayta ishlanadi, hozirgi zamon va kelajak uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalar ilgari suriladi va yangi nazariyalar kashf etiladi. Inson o’z fikrini tushunchalar orqali ifodalaydi. Fikr ko’zgusi hisoblanuvchi tushunchalar bir va bir necha so’zlardan iborat bo’ladi. Til va tafakkur shu darajada o’zaro bog’liqki, odam o’ylayotganda (fikrlayotganda; gapirayotgandek, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandek o’zini his etadi. Odamni fikrlash faoliyati ijtimoiy mohiyatga ega. Inson tafakkurini ham, nutqini ham (tilini) mexnat ehtiyoji, yashash uchun kurash, mexnat qurollarini yasash va ulardan oqilona foydalanishga intilish, boshqalar tajribasini o’zlashtirish, o’z tajribasini boshkalarga yoyishga qaratilgan talablar vujudga keltirdi. Nutqning sharofati bilan tafakkurning izchilligi, davomiyligi va mantiqiyligi yuzaga keldi, ajdodlar ma’naviy mulkni kelajak avlodga eltish imkoniyati barpo etildi. Hozirgi mustakillik tufayli qayta uyg’ongan qadriyatlarni istiqlol sari yo’naltirib, milliy urf-odatlarni davr talablariga muvofiqlashtirishda g’oyat muhim manba sifatida xizmat qilib yosh avlodning ma’naviy kamolotida alohida rol o’ynamoqda. Inson tafakuri assosiasiyalardan (bog’lanishlardan) iborat bo’lib, bu bog’lanishlar narsa va xodisalar o’rtasidagi mavjud obyektiv munosabatlarning inson miyasida aks etishi sababli vujudga keladi. Bosh miyaning butun faoliyati taffakurning nerv-fiziologik negizi bo’lib, miya po’stining murakkab analitik-sintetik faoliti fikrlash jarayonining ftizilogik asosi hisoblanadi. Bosh miya po’stlog’ining bu faoliyati birincha va ikkinchi signallar sistemasining baravar ishlashi bilan izohlanadi. Taffakur jaryonida xar ikala signallar sistemasi bir-biri bilan chambarchast bog’lanadi. Inson fikriy jarayonining normalligi uchun xar ikala signallar sistemasi faol ishtirok etishi shart. Ikkinchi signal sistemasi bu o’rinda yetakchi funksiyani bajaradi. Chunki, so’zlar, fikrlar signali bo’lib, murakkab umulashtirish va abstraksiyalash jarayonlari bilan mustaxkam aloqada bo’ladi. Taffakkur operasiyalari deganda, anliz vasintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya va sistemalashtirish kabilar tushuniladi. A n a l i z .Predmet yoki voqyea xodisalarni bo’linishi mumkin bo’lgan qismlarga ajratish yo’li bilan o’rganish analiz deb ataladi. Analizda narsa va xodisalar amaliy ravishda qismdlarga ajratilib, ularga xos belgi va xususiyatlar tahlil etiladi. Umuman insonning tabiat va jamiyatga oid bilim va tajribalarini o’zlashtirishi analizdan boshlanadi. Odam o’zining kundalik faoliyatida tafakkurningt bu operasiyasidan xilma-xil maqsadlarda ko’p marotaba foydalanadi. Talaba bir kunlik faoliyati yoki bir soatlik dars jarayonida juda ko’p ishilarni tahlil yo’li bilan amalga oshiradi. Til yuzasidan morfologik yoki sintaktik tahlillar, fizik yoki matematik masala va misollar yechish va ishlash kabilar fikriy tahlil tufayli yuzaga chiqadi. Shuning uchun dars (ma’ruza, Amaliy mashg’ulot) jaryonini analizsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shunday qilib, odam analiz jarayonida o’rganilishi lozim bo’lgan bilimni tarkibiy qismlarga ajratish orqali butunni qismlarga, qismlarni esa butunga bo’lgan munosabatini aniqlaydi, ularni ichki bog’lanishlarini moxiyatini bilib oladi. Odam ana shu yo’l bilan bilim egallaydi. Texnik analiz tufayli predmet va jismlarni moxiyatini to’g’ri anglab oladi. S i n t ye z. Analizning teskarisi sintez bo’lib, fikrlashning bu operasiyasida butunning qismlariga munosabati aniqlanadi va qismlarning o’zaro munosabati to’g’risida hukm chiqariladi. Sintez jarayonida odam analiz tufayli ayrim qismlarga ajratilgan narsalarni fikran birlashtirib bir butun xolatga keltiradi. Analiz jarayoni kabi sintez jarayonining ham ta’lim jarayonida katta ahamiyati bor. O’quvchi tovushlardan bo’g’inlar, bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan gaplar tuzib o’z fikrini bayon etadi. Bu sintezning natijasidir. Agar predmetlar, voqyea-hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, ularni sintez qilib ham bo’lmaydi. Odam narsalarni butun holda bilmasa, analiz qila olmaydi. Shuning uchun analiz va sintez yagona fikriy jarayonning ikki tomonidir. Masalan: talaba konspekt yozish, referat tayyorlash, amaliy mashg’ulotga hozirlik ko’rish, kurs ishi yoki diplom ishini bajarishda aqliy xarakatlarining analiz va sintez operasiyalari tufayli o’z maqsadiga erishadi. T a q q o s l a sh. Taqqoslash predmetlar va o’rtasidagi o’zaro o’xshashliklar va tafovutlar to’g’risda xulosa chiqarishdir. Odamning tashqi olamni aks ettirishida narsalar o’rtasidagi o’xshash jihatlar tafovutini, ular o’rtasidagi o’xshashlikni topishdan iborat bo’lgan fikr yuritishning katta amaliy ahamiyati bor. Narsalar o’rtasidagi o’xshashlik va farqni aniqlashda iborat bo’lgan fikr yuritish operasiyasi bilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, har qanday tushunish va har qanday tafakkurning asosida taqqoslash yotadi. Odam barcha narsalarni taqqoslash yo’li bilan to’liq o’rganadi. Taqqoslashning amaliy va nazariy kabi ikki yo’li bor. Konkret narsalar bevosita solishtirilsa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Agar odam ikki ruchkani, ikki talaba daftarini, dars o’tilayotgan ikki yoki undan ortiq darsxonani chog’ishtirsa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Odam tasavvur qilinayotgan narsalarni ongi orqali fikran solishtirsa, bu taqqoslashning nazariy yo’li bo’ladi. Ma’lumki, odam narsa va hodisalarning hammasini bevosita aks ettirish imkoniyatiga ega emas. Shu bois odam o’z bilimini fikr yuritish, mantiqiy yo’l bilan boyitadi. Narsalarga xos belgi va alomatlarni nazariy taqqoslash asosida bilib oladi. Talaba o’z dustlariga xos fazilatlarni fikran taqqoslash orqali ulardaga o’xshashlik va tafovutlarni aniqlaydi, uqigan badiiy asarlaridagi timsollarni qiyosiy o’rganish orqali ularga to’g’ri baho beradi. Demak, talaba ta’lim jarayonida taqqoslash borasida qanchalik ko’p mashq qilsa, unda taqqoslash ko’nikmasi o’sadi va umumiy tafakkur samarali bo’ladi. A b s t r a k s i ya - Fikrlash orqali abstraksiyalashda narsalarga xos xislat, xususiyat va belgilarga doir hukm chiqariladi. Inson faoliyatida narsa va hodisalarning o’ziga xos belgisi, sifati va alomatlari haqida fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Abstraksiyalash shunday fikr yuritishki, narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari anglab olinadi va bu xususiyatlar tafakkurning mustaqil obyekti bo’lib qoladi. Abstraksiya analiz tufayli vujudga keladi. Abstraksiya mazmunidagi bilimlar odam tomondai qiyinchilik bilan o’zlashtiriladi. U m u m l a sh t i r i sh. Umumlashtirish shunday tafakkur operasiyasiki, bunda narsa va hodisalarga xos xossa, belgi, xususiyat va alomatlar o’rganilib, umumiylik asosida birlashtiriladi. Masalan, temir, po’lat, oltin kabilarni ularning o’xshashlik va umumiy belgilariga asoslanib, "metall" iborasi bilan nomlanadi. Olma, o’rik, shaftoli kabilar "meva" nomi bilan ataladi. Tafakkur jarayonida umumlashtirish hamma vaqt abstraksiyalash bilan bog’lik bo’ladi. Barcha umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Abstraksiyalashda narsa va xodisalarning o’xshash va muhim belgalari fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda o’sha ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsalar birlashtiriladi. Odamning umumlashtirish asosida fikr yuritishi so’z orqali ro’yobga chiqadi. Masalan: «talaba» so’zida oddiy maktabda ta’lim olayotgan minglab yoshlar ifodalanadi. Psixolog E.G’oziyevning uqtirishicha, fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasini quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Umumlashtirish mazmuniga ko’ra: fikrning nunshnlayag.l «--ura : -elementar - xususisiydan umumiyga -emperik - umumiydai xususiyga -tushunchali - yakkadan umumiyga va undan xususiyga - nazariy - umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yana umumiyga - kamroq umumiydan yana umumiyga - yagona umumiy xolatdan yanada umumiyroqqa Taffakurning umumlashtirish operasiyasini yuqoridagi tarzda turlarga ajratish talabalarning bilimlarini o’zlashtirishini osonlashtiradi va umumiy o’quv faoliyatini kuchaytiradi. K o n k r ye t l a sh t i r i sh. Konkretlashtirish yo’li bilan fikr yuritishning insonning amaliy faoliyati uchun katta ahamiyati bor. Bunday fikr yuritishda umumiy, mavhum belgi va xususiyatlar yakka aniq narsalarga tadbiq qilinadi. Konkret ifodalangan predmet va voqyea-hodisalarni inson oson va to’liq idrok qiladi. Konkretlik belgisi inson uchun eng ma’qul hisoblanadi. Voqyelikni konkret idrok qilish odamni irodaviy tenglik, aqliy zo’riqish va stress (jiddiylik) xolatlaridan saqlaydi. K l a s s i f i k a s i ya l a sh. Fikrlash jarayonida bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farqiga asoslanib turkumlarga ajratish klassifikasiya yoki sinfiylashtirish deb yuritiladi. Masalan: hayvonlarni sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, suvda yashovchilar, quruqlikda yashovchilar, parrandalar va qushlar kabi sinfiylashtirish mumkin. Yoki o’simliklarni bir yillik, ko’p yillik daraxtlar, zotlar, madaniy o’simliklar, sabzavotlar, poliz ekinlari kabi turkumlashtiriladi. Shuning uchun klassifikasiyaning o’rganilishi lozim bo’lgan narsalarning tartibini aniqlashda, voqyea-hodisalarni yaxshi holda tekshirishda va esda koldirshda muhim ahamiyat kasb etadi. S i s t ye m a l a sh t i r i sh. Narsa va xodisalarning makon va vaqtdagi o’rniga qarab yoki mantiqiy joylashtirilishi sistemalashtirish deb aytiladi. Sistemalashtitirish fazoviy (makoniy) , xronologik va mantiqiy belgilariga qarab uch turga ajratiladi. Masalan, boshqa bir turdagi ko’chatlarning tartib bilan o’tqazilishi, xonaga mebellarni joylashtirish, tarixiy voqyealarni yillar bilan tartibga solish yoki darsxonadagi kitoblarni mavzuga asosan joylashtirish kabilar sistemaga solishning misollaridir. Tafakkur formalari (shakllari). Tafakkur shakllariga hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar kiradi. H u k m. Narsalar va hodisalarga xos belgi, hislat yoki xususiyatni tasdiqlash yoki inkor qilish yo’li bilan fikr yuritish xukm deb aytiladi. Narsa va hodisalarga xos umumiy va muhim belgilarni, bog’lanish va mohiyatni xulosalar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat bo’lgan fikr yuritish formasi tushuncha deb aytiladi. Inson narsa va hodisalarni taqqoslash, ularning o’xshashlik va farqini aniqlaydi, moxiyatini anglaydi, fikran ularning belgilarini ajratib, ularni abstraksiyalashtiradi va umumlashtiradi. Buning oqibatida odamda olamdagi narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha yuzaga keladi. Tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga, bo’linadi. Predmetlarning o’zini ifodalovchi tushunchalar konkret tushunchalar deb ataladi. Masalan: stol, parta, doska, ruchka, daftar va h.k. Predmetlarga xos belgi, xislat, xususiyatlarni ifodalovchi hamda narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlar va qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushunchalardir. Masalan, yoshlik, sevgi, yorug’lik, do’stlik, mexnasevarlik, irodalilik va x.k. Ko’lami jixatidan tushunchalar quyidagi uch turdan iborat : 1. Yakka tushunchalar. 2. Umumiy tushunchalar. 3. To’planma tushunchalar. Tushuncha so’z bilan ifodalanadi. Ammo xamma so’zlar ham tushuncha bo’lavermaydi. Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’lik tarzda namoyon bo’ladi. So’zsiz tushuncha bo’lmaydi. So’z tushunchaning moddiy va asosiy funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki bir necha so’zlardan ham tash kil topadi. Masalan, maktab degan tushuncha bir so’zdan, o’rta maktab tushunchasi ikki so’zdan va oliy maktab talabasi tushunchasi uch so’zdan tashqil topgan va x.k. Har bir so’z muayyan mazmunni va tushunchani aks ettiradi. So’zlar aloqa vositasi sifatida tushunchalar mohiyatini anglatadi. Tushunchalar so’zlar vositasi bilan shaxslararo munosabatlarda muhim rol o’ynaydi. X u l o s a ch i q a r i sh. Ikki yoki undan ortiq xukmlardan fikran yangi xukm hosil qilish, xulosa chiqarish deb aytiladi. Xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladigan tayyor xukmlar asos bo’lib, ularning tahlilidan chiqarilgan yangi xukm xulosa deyiladi. Xulosa chiqarishning uch turi bor : 1. Induktiv xulosa chiqarish. 2. Deduktiv xulosa chiqarish. 3. Analogiya yo’li bilan xulosa chiqarish. Bir necha ayrim xukmlardan umumiy xulosa chiqarish induksiya yo’li bilan xulosa chiqarishdir. Fikrlashning bu turi yordamida ayrim fakt va hodisalarni o’rganish natijasida umumiy qonun va qoidalar kashf etiladi. Umumiy xukmlardan yakka yoki juz’iy xulosa chiqarish deduktiv xulosa chiqarishdir. Ta’lim jarayonida umumiy xukmlardan yakka xulosa chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi, talabalarning bilimlarni o’zlashgirishini osonlashtiradi, ularning mustaqil fikrini o’stiradi. Narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba’zi belgilariga qarab fikr yuritishdan iborat bo’lgan xulosa chiqarish formasiga analogiya deb aytiladi. Analogik xulosa chin, xato va taxminiy bo’lishi mumkin. T a f a k k u r t u r l a r i . Odam faoliyatining .turli-tumanligi va murakkabligi tufayli unda tafakkurning turlicha qirralari namoyon bo’ladi. Moddiy olamni o’rganish, amaliy va nazariy vazifalarni bajarish xamda shaxslararo munosabatlarda odam fikr yuritadi. Ana shu fikrning xarakteriga, doirasiga (yoyiqligiga) muhimlik darajasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Insonning amaliy va nazariy faoliyati o’zaro bog’liq bo’lib, hamma vaqt biri ikkinchisini taqozo etadi. Umuman, amaliy faoliyat odam hayotida avvaldan mavjud bo’lib, nazariy faoliyat(timsollar, tasavvurlar, fikrlar) esa keyinchalik vujudga kelgan. Inson yoshidagi amaliy faoliyat tufayli aqliy xarakatlarni bajaradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi va buning natijasida unda ko’rgazmali xarakat taffakur o’sa boradi. Taffakkurning bu turi yoshlarga xos bo’lib, ular idrok qilgan narsalarini o’zaro solishtiradilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarni birlashtirib, yaxlit xolga keltiriladilar. Insonning tasavvur qilinayotgan narsa va xodisalar haqida fikr yuritishi ko’rgazmali-obrazli tafakkur deyilakdi.Tafakkurning bu turi ham ko’rgazmali xarakat singari ko’proq yoshlarda (ayniqsa 7yoshgacha) mavjud bo’ladi. Yosh bolalar ilmiy tushunchalarga ega tbo’lmaganliklari uchun asosiy ko’rgazmali obrazlar asosida fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkur yordamida u yoki bu narsaning to’satdan hal qilinishi ixtiyorsiz (intuitiv) tafakkurdir. Ixtiyorsiz tafakkur jarayoni esa mulohaza, muhokama, isbotlash, taxmin kabi formalarda nomoyon bo’ladi. Kishilar jamiyatda doimo jamoa bo’lib yashaydilar. Ijtimoiy mehnat va ijtimoiy munosabatlar odamlarning bir-birlari bilan doimiy aloqa qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu munosabat, albatta, nutq, vositasida amalga oshiriladi. Nutq xam odam ongi singari mehnat mahsulotidir. Nutq, boshqa kishilar bilan aloqada bo’lish extiyojidan va buning qat’iy zarurligidan kelib chiqqandir. Biz nutq orqali o’z fikrimizni, bilimimizni, tajribamizni boshqalarga yetkazamiz va boshqa kishilarning fikrini bilib olamiz, o’zimizning ruhiy xolatimizni, kechirayotgan tuyg’u hissiyotlarimizni ham ifoda qilamiz. Biz nutq yordamida bir-birimizga ta’sir qilamiz. Nutq gapirayotgan kishining ongida va qalbda bo’lgan fikr va maqsadni ifoda qiladi. Biz nutq vositasi bilan birovni xursand yoki birovni xafa qilishimiz, uni umidsizlantirishimiz yoki unga tasalli berishimiz mumkin. Nutq kuchi haqida har bir halqda alohida maqollarning bo’lishi ham bejiz emas, bu maqollar aqlning kishi ruhiga qanday ta’sir qilish kuchiga ega ekanligini yaqqol ko’rsatadi. Masalan, yaxshi so’z - jon ozig’i", "Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til va x.k. Kishilar bir-birlari bilan muomala, munosabatda bo’lar ekanlar, ular u yoki bu tildagi (o’zbek, rus, fransuz, nemis va x,.k.) grammatik qoidaga asoslangan so’zlardan foydalanadilar. Insonlar til vositasi bir-birlari bnlan muomala qiladilar. Demak, til yordamida odamlarning bir-birlarn bilan apoqa qilish vositalaridir. "Nutq" va "til" terminlarining ma’nosini ko’pincha bir-biriga aralashtirib yuboradilar. Nutq bilan til bir narsa emas. Til so’z belgilari sistemasidan iborat bo’lib, u aloqa quroli bo’lsin, nutq aloqa prosessining o’zidir. Lekin ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Ular birgalikda mavjuddir. Har bir til tarixiy tarakqqiyot davomida odamlarning nutq yordamida aloqa bog’lash prosessida vujudga kelgan, rivojlangan6 va takomillashib borgan. Har qanday tilning mavjud bo’lishi, takomillashib borishi kishilarning o’sha paytda doimiy gaplashib turishlariga bog’liq. Agar kishilar u yoki bu tilni nutq orqali bo’ladigan muomalada ishlatmay qo’ysalar, u til inqirozga uchrashi, "o’lik til"ga aylanib qoladi. Nutq faqat kishilar o’rtasidagi aloqa vositasi bo’lib qolmasdan, balki tafakkur qilishning zaruriy vositasi tafakkur qurolidir. Chunki, biz fikr qilish uchun so’zdai foydalanamiz, fikrimizni so’z bilan ifoda qilamiz va boshqalarning fikrini bilib olamiz. Odatda biz ovoz chiqarib yoki ovoz chiqarmasdan, o’z ichimizda tilning grammatika qoidalariga xos xolda aytiladigan so’zlar orqali fikr yuritamiz. Tafakkur bilan nutq turli xodisa bo’lsa ham, lekin ular bir-biri bilan uzviy ravishda bog’lanib ketgan. Har bir kishidagi tafakkurning o’sishi shu kishi nutqining rivojlanishi bnlan bog’lik bo’lganidek kishi nutqining rivojlanishi ham undagi tafakkurning o’sishiga bog’likdir. NUTQNING FIZIOLOGIK ASOSLARI, odamning individual hayoti va faoliyati davomida o’zlashtirilib boriladi. Biz gapirganimizda, bir tomondan. ovoz signallarini qabul qilamiz, ikkinchi tomondan. talaffuz qilish nutqqa oid muskul apparati orqali vujudga kelishini ko’ramiz. Nutq, faoliyati uchun bosh miya katta yarim sharlarida po’stining murakkab markazlashgan, nerv xujayralarining ishlashi talab etiladi. Nutqning anatomik-fizioloptk asosi eng avvalo fonetik Nutqning nafas olish, ovoz va artikulyasiya muskul apparatlaridan iboratdir. Nafas olish kishining hayet kechirishi va nihoyat ovoz chiqarishi chiqarishi uchun katta ahayimyatga ega bo’lib, u diafragmadan, o’pkadan, o’pkani, bronxni va bug’izni xarakatga keltiruvchi muskullardan iboratdir. Ovoz chiqarish apparati kekirdak bo’lib, u to’rtta tog’aydan iborat. Ana shu tog’aylar o’rtasida ikkta elastik, xususiyatga ega bo’lgan muskullar bor. Bularni ovoz muskullari deymiz. Nafas olish orqali ovoz muskullari xarakatga kelib, tebranib turadi va nihoyat ular taranglanishi yoki susayishi mumkin. Agar ovoz muskullari taranglashsa, ular bir-biriga yaqinlashadilar, natijada nafas yo’lidan chiqqan havo ovoz muskullarini tebratadi va nihoyat tovush hosil buladi. Bosh miya po’stlog’ida nutqning uch xil markazi mavjud: e sh i t i sh markazi, x a r a k a t l a n t i r i sh va k o’ r i sh markazlari. Eshitish markazi miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismida joylashgan bo’lib, eshitilgan so’zlarni idrok qiladi, boshaqalarning nutqini tushunish va o’zlashtirishni ta’minlaydi. Bu markaz shikastlansa, kishi o’zgalarning so’zlarini eshitishda, ularning ma’nolariga tushunmaydi, bu sejorli afaziya deb ataladi. Afaziya natijasida kishida og’zaki va yozma nutq buzilad. Nutqning xarakat markazi bosh miya chap yarim sharining peshona qismida joylashgan bo’lib, gapiruvchi kishining aktiv nugqini vujudga keltiradi. Bu markaz shikastlansa, boshqa kishilarning so’zlarini eshitib, uning ma’nosiga tushunsa ham, o’zi gapira olmaydi. U so’zlarning kanday talaffuz etilishini eslay olmaydi. Bunday kasallik tufayli ichki nutq ham buziladi. Nutqning ko’rish markazi bosh miyaning orqa kismida joylashgan bo’lib, kishining yozilgan xatni o’qishi va xat qanday belgilar (xarflar) shu markaz orqali idrok etiladi. Agar bu markaz shikastlansa, kishi xarflarni tanimay qoladi va xatni o’qiy olmaydi. Biroq, keyingi yillarda fiziologik va psixologik olimlarimiz (P.K.Anoxin, A.RLuriya. A.N Leontyev, D.N.Uznadze va boshqalar) tomonidan amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqot ishlaridan ma’lum bo’lishicha, nutq faoliyatining fiziologik asosini yuqorida ko’rsatilganidek talqin etish yetarli emas. Balki, bosh miya po’stining boshqa markazlar kabi nutq markazlarining ham qat’iy chegaralari va bir-biridan ajralgan holda xarakat qiladi. P.K. Anoxin tadqiqotlarida hosil qilingan ma’lumotlar nuqtai nazaridan olganda, nutq faoliyatining fiziologik asosini bir necha funksional sistemalarning murakkab uyushmasi tashqil etadi, bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan sistema bo’lsa, boshqalari o’zga faoliyatlar uchun ham xizmat qilaveradi. Kishi nutq orqali boshqalar bilan munosabatda bo’lar ekan, buni albatta ikkinchi signal sistemasi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun ham vaqtli bog’lanishlar vujudga qilaveradi. Bu esa o’zining qator xususiyatlariga ega bo’ladi. Eshitilgan so’zlarning hammasi esda saqlanib qolavermaydi. Ikkinchi signal sistemasi tanlab esda olib qoladi. NUTQ TURLARI . Nutq o’zining xususiyatiga va bajaradigan vazifalariga qarab asosan uch turga bo’linadi : og’zaki, yozma va ichki nutq kabi. Og’zaki nutq. Odatda kishilar bir-birlari bilan muomala va munosabatda bo’lganlarida o’zlarining fikrlarini ovoz chiqarish, gapirish bilan amalga oshiradilar. Gapiruvchi shaxs o’z fikrini, his-tuyg’ularini faqat so’z bilan emas, balki imo-ishora, mimika va intonasiyalarda ham ifoda qiladi. Gapiruvchi nutqi aniq, ravon, emosional bo’lishi kerak. Tinglovchi esa, o’z dikqatini jalb etib, ma’ruzachining nutqini tinglagandagina uning ma’nosiga yaxshi tushunib oladilar. Kishilar o’rtasidagi amalga oshirilayotgan munosabatlarning xarakteri yoki xususiyatlariga qarab og’zaki nutq dialogik va monologik tarzda. bo’lishi mumkin. Dialogik nutq ikki yoki undan ortiq kishilarning bir-birlari bilan suxbatlashish prosessidir. Bunda suxbatdoshlar faollik ko’rsatishlari kerak. Dialogik nutq orqali suhbat qilayotgan kishilar bir-birlarining fikrlarini tez tushunib olgani holda, suxbatdoshining aytgan gaplarini tasdiqlashi yoki unga e’tiroz bildirishi mumkin. Bu xil nutqning yana bir xususiyati bor, bunda suxbatdoshlarga malum bo’lgan ayriliq so’zlar tushirib qoldirilishi ham mumkin. Ba’zi hollarda dialogik nutq ixgiyorsiz ham bo’ladi, chunki suxbat davomida yangi-yangi fikrlar kelib chiqaveradi. Lekin bu nutq izchil va to’la bo’lmasligi ham mumkin. Bu sharoit bilan bog’lik. Monologik nutq esa, dialogik nutqdan farq qilib, bitta odamning boshqalarga qarata nutq so’zlashidir. Masalan, dokladchi nutqi, lektorning auditoriyadagi o’quvchi, talabalarga qarata ma’ruza o’qishi kabilar monologik nutqdir. Monologik nutqning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar eng avvalo shundan iboratki, ko’pchilik oldida so’zlagan notiq fikrining mantiqiy jixatdan izchilligiga, talant burroligi, talaffuzning aniqligiga va nihoyat fikrning ta’sirchanligiga e’tibor berishi lozim. Ma’ruzachi tinglovchilarning ham aytilayotgan gaplarga munosabatini hisobga olib borsa yaxshi bo’ladi. Monologik nutq faqat boshqalarga qaratilgan bo’lib qolmasdan, kishi o’zi yozish konspektini yoki ma’ruzasini o’zicha ovoz chiqarib o’qish ham mumkin, bu ham monologik nutqka kiradi. Yozma belgilardan foydalangan xolda nutq tuzish mumkin, bu yo z m a nutq bo’ladi. Yozma nutq, monologik nutqning turlaridan biri bo’lib, ko’pincha boshqalar uchun tayinlangan nutqdir. Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo yozma nutqning murakkab va mukammal tuzilib ifoda qilinadigan nutq turlaridan ekanligini qayd qilish kerak. Chunki, u masofa va zamon e’tibori bilan uzoqda bo’lgan kishilarga atalgan bo’ladi. Shuning uchun xam yoziladigan xat, maqola, kitob va boshqa yozma asarlardagi gaplarning hamma bo’laklari grammatik qoidaga muvofiq o’z joyida ishlatilishi lozim. Bunda gapning egasi, kesimi va boshqa bo’laklari tushib kolar ekan, uning mazmuniga tushunmaslik mumkin. Bu yana shuning uchun zarurki, biz o’z bilim va tajribalarimizni kelgusi avlodga faqat yozma shaklda qoldiramiz, u albatta kelgusi avlodlarga tushunarli bo’lishi kerak. Nutqning alohida xili ham bo’lib, uni i ch k i nutq deb yuritamiz ichki nutq, kishining o’ziga qaratilgan bo’lib, o’z ichidan o’ylab, jim o’tirgan vaqtdagi nutqidir. Odatda, u ovozsiz o’tadi. Ba’zi xollarda esa, u shivirlab aytiladi yoki ovoz bilan gapiriladi. Bunday hodisa kishi bir narsadan qattiq ta’sirlangan, hayajonlangan yoki bir narsadan gpushaymoi bo’lgan yoki o’zi yolg’iz o’tirgan vaqtlarda ro’y beradi. Kishi o’zi sezmasdan baland ovoz bilan gapira boshlaydi yoki ayrim so’zlarni ovoz chiqarib gapirib ham qo’yadi. ko’p xollarda ichidan o’ylanib o’tirgan kishi yuz ifodasini o’zgartirib, boshini qimirlatib, qoshini chimirib, qo’llarini silkitib ham qo’yadi. Bu ichki nutqning xarakat bilan ifoda qilinishidir. Bunday hodisa ayniqsa, kichkina bolalarda ko’p uchrydi. Bola o’ynar ekan, uning og’zi ham jim turmaydi, u o’z-o’zidan gapirib o’ynaydi. ya’ni o’z ichida nimani o’ylayotgan bo’lsa, shuni ovoz chiqarib gapiraveradi. Ichki nutq, to’la bo’lmasligi, ko’pincha qimlardan tuzilgan bo’lishi xam mumkin. Masalan. kishi portfelini axtarar ekan, «uyda esdan chiqib qolibdiku" yoki "olmabman" deb shivirlab qo’yadi va nima olishini unutganligini o’zi biladi. Ichki nutq tafakkurga tabiiy ravishda bog’langandir. Nutqning bolalarda rivojlanishi . Inson hayotida nutq, ma’lum davrda paydo bo’lib, taraqqiy eta boshlaydi. Bu taraqqiyot asosan uch. Davrga bo’linadi. Birinchi davr - nutqni o’zlashtirishdan oldingi davr. Bu ikki oylikdan o’n bir oylikkacha to’g’ri keladi. Ikkinchi davr - tilni dastlabki o’zlashtirish davri. U o’n bir oylikdan bir yoshu yetti oylik davrgacha davom etishi mumkin. Uchinchi davr - bir yoshu yetti oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bundan keyingi davrda bola o’z nutqida prinsipial jixatdan katta o’zgarish bo’lmaydi. Faqat so’z boyligi ortib borishi va grammatik jihatdan so’z formalari ko’payib borishi mumkin. Bola nutqining rivojlanishi, uning butun psixik prosesslarining taraqqiyoti bilan bog’liq va bunga yashash sharoiti xam katta ta’sir etadi. Kun sayin jismoniy jixatdan o’sayotgan bola aqliy, psixik tomondan ham takomillashib boradi. So’z boyligi borgan sari o’sa boradi. Hodisa va vaqyealar narsalar nomini bildiradigan so’zlar, so’ngra fe’l, keyinchalik sifat va sonlar paydo bo’la boshlaydi. Masalan, ikki yashar bola taxminan 300-500 so’z egallagan bo’lishi mumkin. Ikki yosh bilan 5-7 yosh o’rtasida bolaning nutqi tez o’sa boshlaydi va so’z boyligi 3-4 mingga yetadi, Shu bilan birga uning tafakkuri ham rivojlana boradi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari to’g’risida ko’p savol beradi, yangi so’z va tushunchaparni egallay boshlaydi. Albatta, buning uchun balaga to’g’ri tarbiya berish, u bilan so’zlashish, ertaklar gapirib berish, kitob o’qib eshittirish kerak. Nutqda o’z vaqtida amaliy egallab olish va so’z boyligini o’stirish umuman maktabda sifatli o’qish uchun yaxshi zamin bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan barcha fanlar orqali o’quvchinint lug’at sostavi boyib boradi. Bolalar o’z nutqiga ongli munosabatda bo’ladilar. Bunga til va adabiyot darslari katta hissa qo’shadi. Chunki, bu fanlar o’quvchilarga o’z nutqini muayyan grammatik talablarga javob bera oladigan qilib tuzish qonunlarini o’rgatadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling