O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston- finlyandiya pedagogika instituti


Download 0.52 Mb.
bet17/21
Sana06.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1277768
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Majmua Bio 4-sem

INSONGGA XOS YuQORI TUYG’ULAR insongga xos yuqori tuyg’ularga aqliy (intellektual), axloqiy va estetik hislar kiradi. Bu hislar faqat odamlardagina mavjuddir.
AQLIY TUYG’ULAR bu tuyg’ular aqliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan bilim jarayonlari hamda ijod bilan bo’ladi. Odam biror narsani bilib olmoqchi bo’lib qattiq harakat qilishini, bilim natijasidan qanoatlanish yoki qanoatlanmasligini o’z hayoti yo’lida uchraydigan narsa va hodisalarni bilib olishga qiziqish hissini sezadi. Bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan bunday tuyg’ular aqliy-intellektual hislardir. Aqliy urinchoqlik bilishga qiziqish, taajjublanish, hayron qolish, ishonch, shubhalanish, yangilik hissi kabi ko’rinishlari bor. Shaxsda Yang biror narsa ta’sirida odatda tashqari tarzda paydo bo’luvchi his taajjublanish hissidir. Odam o’zi kutmagan voqyea tusatdar sodir bo’lsa, taajjublanadi. Taajjubning ijobiy va salbiy mohiyati bor. Agar inson ta’ssurotlar mazmunidan mamnun bo’lsa, taajjub hissi xursandlik tariqasida o’tadi. Xursandlik yo’nalishidagi taajjub tufayli odamning bilish faoliyati kuchayadi. Unda intellektual xursandlik vujudga keladi. Xursandlik natijasida odam taasurotlarni g’oyat o’tkir nigoh o’rganadi. Odamning bilish jarayonlarida hayron qolish hissiyotining muhim ahamiyati bor. Shaxs u yoki bu narsaning sababini, narsalar aro ichki bog’lanishlarni, zarur faktlarni aniqlashda fikriy topqirlikka erishuvida hayron qolish hissi zo’r vosita rolini o’ynaydi. Narsalararo bog’lanish va munosabatlaring to’g’riligiga doir chiqarilgan xulosalarishonch hissi, agar bu xulosalar haqiqatga zid bo’lsa, shubxalanish xissi, fikriy izlanish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik masala hal etilsa, yangilik xissi muhim ijobiy kechinma sifatida xizmat qiladi.
A x l o q i y t u y g’ u l a r. Axloqiy yoki ma’naviy hislar odamning boshqa shaxslarga, jamiyatga, o’z ijtimoiy muhitiga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi. Ahloqiy xislarga shaxsning vatanparparlik, ijtimoiy burch. insonparvarlik, jamoaviylik va o’rtoqlarga o’zaro yordam ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, ahloqiy poklik, oddiylik, kamtarlik, adolatsizlikka, tekinxo’rlikka, vijdonsizlikka, mansabparastlik, ichkilikka nisbatan murosaiiz bo’lish, izzat-nafs, qadr-qimmat kabi xislari kiradi.
Mustaqillik davri shaxsi Har tomonlama yetuk, barkamol inson bo’lishi, umum manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yishi, o’z xalqini va vatanini chin dildan sevishi va ardoqlashi zarur. Bundam tuyg’ulardan maxrum shaxs davrimizning haqiqiy fuqorosi bo’la olmaydi.
Davrimizning ilg’or yoshlari o’zlarining barcha xatti-xarakatlarida umuinsoniy axloqning yuksak tamoyillariga asoslanishi zarur. Toki ular mamlakatimizda tinchlik va mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladigan barcha xarakatlarni axloqiy deb bilsinlar, g’ayriaxloqiy xarakatlarga qarshi keskin kurash olib borsinlar.
E s t ye t ye t i k t u y g’ u l a r. Shaxsning tabiat, jamiyat va turmushdagi go’zallikni, nafosatga bo’lgan munosabati, undan zavq-shavq olishi estetik tuyg’ulardir. Turli tuman voqyea-hodisalarning shaxsda xayajon uyg’otishi, tuyg’ularning natijasidir.
Estetik kechinma jarayonida insonning ichki dunyosida, hayotga bo’lgan munosabatida ma’naviy o’zgarish yuz beradi. Estetik rohatdan olingan hayajon uzoq vaqt saqlanadi, shaxsni orzu-hayollarga, o’y-fikrlarga cho’lg’aydi. toza havo, go’zal tabiat manzaralari odam tanasini yayratib, salomatligini yaxshilash bilan birga kayfiyatini, ruhini ham o’zgartirib yuboradi.
Tabiiyki, olam inson uchun yaratilgan inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. Odam o’z go’zalligi bilan yer yuzidagi barcha jonzotdan ustun turadi.Tabiat olamidagi butun mavjudot insonga xizmat qiladi.Odam o’zining estetik tuyg’ulari tufayli hamisha tozalik va ozodalikka intiladi. Poklik inson salomatligi uchun eng zarur shartdir. Agar odamning tanasi toza bo’lmasa, u kerakli miqdordagi havoni ichiga ololmaydi. Odamning badani elak akbi ko’zlik bo’lib, toza bo’lmasa ichidagi rutubat kirdano’tib chiqib keta olmaydi.
Natijada odam turli kasalliklar (vabo, rishta, tif, bszgak, chechak va x.k.)ga giriftor bo’ladi. Demak, estetik hislar birinchi navbatda odamning o’z organizmini, butun a’zolarini, kiyim-kechagini, atrof-muhitini toza va ozoda saqlab yurishi uchun zarurdir.
Yuksak axloqli hislar sifatida estetik tuyg’ular odam uchun xamisha zarurdir. Chunki, odamdagi tozalikka, go’zallikka, borliqdan zavqlanishga intilish cheksiz va chegarasiz bo’lib, hamma yoshdagi odamlarga xos hisoblanadi, Odam eng yoshlik chog’idan boshlab go’zallikka tashnalik tuyg’ulariga ega bo’la-boradi.
Inson xayotida hissiyotlarning roli katta. Quvnoqlik, xursandlik. ruhlanish kabi ijobiy kechinmalar odamning ijodiy faoliyatini oshiradi. O’z navbatida odamda yaratuvchilik faoliyati uning ijobiy tuyg’ularini rivojlantiradi va unda yangi mazmundagi tushchularning vujudga kelishiga xizmat qiladi. Natijada odamning mexnat qobilyati oshadi, mexnatning unumdorligi kuchayadi. Bu narsa ayniqsa, ilmiy va badiiy ijod jarayonlarida yakqqol ko’zga tashlanadi. Ijodiy faoliyatni kuchaytirish nuqtai nazaridan ijobiy xislar "uchqun" yoki "olov" sifatida xizmat qiladi.
Inson faoliyatining oddiy yoki murakkabligi bilan bog’liq xolda uning kechinmalari organizmning tashqi qiyofasida aks etadi. Har qanday odamdagi tashqi ko’rinish uning xursand, xafa, g’azab yoki qo’rqinch xolatini anglatadi. Ikkinchidan, shaxsdagi emosional xolatlar uning ichki a’zolari faoliyatida ham o’zgarish yuzaga keltiradi. Ijobiy tuyg’ular vaqtida nafas olish tezlashadi, yoqimsiz tuyg’ular vaqtida aksincha, nafas olish pasayadi.
Shuni ham ta’kidlash joizki. xissiy xolatlar bilan bog’lik xarakatlar xar bir shaxsda alohida ko’rinishga ega bo’ladi. Organizmning turli-tuman xarakatlari, imo-ishoralar, ko’z imolari, tovush oxanglari jilmayish, kulish, yelka qisish, ho’mrayish kabi ifodali xarakatlarning xar biri aniq, ma’no kasb etadi va ma’lum maqsadni anglatadi. Hissiy xolatlar shaxsning o’z iroda kuchini ishga solish yo’li bilan ham tarbiyalanadi. Bunda odamning o’z vazifa va maqsadlarini to’g’ri anglashi, aniq maqsadga dadil intilishi katta ahamiyat kasb etadi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling