Darsning mavzusi: Ajdar haykalini ishlash.
Darsning vazifalari: O’quvchilarda badiiy ijodiy qobiliyatlarni, tasavvurni (fantaziya) o’stirish. Haykaltaroshlik loyi, stek va qo’l bilan ishlash malakalarini o’stirish.
Darsning jihozlanishi: Rassom A.Venediktov tomonidan Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin” dostoniga ishlagan ajdar tasvirli grafik ishi. Ajdar haykallari. ( X.Haqberdievning “Ajdarho” haykali). Turli adabiyot va jurnallardagi ajdar rasmlari.
Darsning mazmuni: O’qituvchi ajdarni hayotda bo’lmagani va uning ertak, doston va kinofilьmlarda aks etishi haqida suhbat o’tkazadi. Suhbatda ajdar haqiqatda yo’qligi, uni xalq tomonidan o’ylab topilganligi, uning beo’xshov ilonsimon hayvon ekanligi, ertak va dostonlarda ajdarni xalqqa ko’p yovuzlik qilishi, xalq qahramonining bu hayvon bilan yakkama-yakka olishuvi va uni o’ldirishi yuzasidan ma’lumotlar beriladi. Suhbat davomida o’qituvchi bolalarni darsdagi faolligini oshirish va ajdar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida ularga bu hayvon bilan bog’liq bir qator savollar berdi:
-ajdar ishtirok etgan qaysi ertaklarni bilasiz? Dostonlarni-chi?
-ajdar ishtirok etgan qaysi mulьtfilьm va kinofilьmlarni ko’rgansiz?
-ajdarning badiiy asarlarda qanday sifatlari aks ettirilgan? (ko’p boshli, bahaybat, qo’rqinchli, og’zidan olov chiqaradi, og’zidan shamol chiqaradi, ko’zlari yonadi, qanotli v.b.)
-bu hayvon ko’proq qaysi xalqlar xalq og’zaki ijodida uchraydi? v.b.
Savol-javoblardan so’ng o’qituvchi bolalar ajdar haqidagi rasmlar, illyustratsiyalarni namoyish etadi va ular orqali ajdarning o’ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi.
Bu suhbatda o’qituvchi bolalar e’tiborini ko’proq ajdarning o’lchovi, tuzilishi, qismlari va ularning shakli, o’lchov nisbatlari, qismlarning o’rni kabilarga qaratadi. SHuningdek, mazkur suhbatda o’qituvchi kulol ustalar tomonidan ishlangan haykallardan ko’rsatsa yanada yaxshi bo’ladi. CHunki bolalar bajarishlari kerak bo’lgan haykal namunasini namoyish etilishi vazifani aniqligini ta’minlaydi.
Bolalar vazifani loy yoki plastilindan bajaradilar. Loydan bajarilgan ishlar maxsus kulolchilik pechida (o’chog’ida) kuydiriladi.
Dars sinfda bajarilgan haykallardan eng xarakterlilarini ko’rgazmaga ajratish va tahlil qilish bilan yakunlanadi.
Uyga ajdarni turli ko’rinishlarini qalamda tasvirlash vazifa qilib topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |