O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi o’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanidan referat mavzu


Download 132.33 Kb.
bet10/12
Sana09.06.2023
Hajmi132.33 Kb.
#1469863
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tasviriy san\'at darsliklari va ularni tahlil qilish

Darsning mavzusi: “Tuyalar karvoni” mavzusida haykal ishlash.
Darsning vazifalari: O’quvchilarni loydan haykal ishlash malakalarini o’stirish. Badiiy fikr doirasini kengaytirish. SHakl, o’lchov, mutanosiblik orqali estetik tarbiyalash. Jamoa tarbiyasini amalga oshirish. Bolalarni badiiy fikrlashga o’rgatish, ularni ijodiy qobiliyatlarini o’stirish.
Darsning jihozlanishi: Haykaltaroshlik darslari uchun kerak bo’ladigan o’quv qurollar, badiiy ashyolar, dars mavzusiga aloqador bo’lgan san’at asarlarining reproduktsiyalari. O’yinchoq tuyalar. Katta o’lchovdagi tuya rasmi.
Darsning mazmuni: Darsda avvalo o’qituvchi sahro zonalarinig tabiati va iqlimi, hayvon va qushlari haqida to’xtaladi. O’quvchilarga buni cho’lda o’suvchi o’simliklardan – saksovul, tikan, sahro jonivorlaridan tuya, echkimar, ilon kabilar haqida atroflicha so’zlab beradi va ularning rasmlarini ko’rsatadi. Tuyalarning hayoti haqida alohida to’xtaladi. Tuyani sahroning kemasi deb ham ataydilar. Tuyalar juda chidamli hayvon bo’lib, bir oygacha suv ichmasdan va ovqatlanmasdan yura oladi. Bunday paytlarda ular o’z o’rkachlaridagi yog’laridan foydalanadilar. Tuyalar haqida gap borganda, o’qituvchi bolalar e’tiborini ularning tuzilishi, shakli, o’lchovlari, o’lchov nisbatlariga qaratadi. Buning uchun u katta o’lchovdagi odam, eshak, tuya tasvirini, shu mavzudagi suvratlarning reproduktsiyalarini yoki diapozitivlarini ko’rsatadi. Ana shu xildagi tushuntirishlardan so’ng o’qituvchi tuyalar shaklini loydan ishlashni amaliy tarzda bajarib ko’rsatadi.
Tuya shakli alohida loy bo’laklaridan ishlanadi. Buning uchun tuyaning tanasi, orqa va old oyoqlari hamda bosh qismlari uchun loy bo’laklari tayyorlab olinadi. Ularga kerakli ko’rinishlar berilgach, o’z o’rinlariga yopishtirib chiqiladi. Odatda tuyalarning o’rkachlari bitta yoki ikkita bo’lishi mumkin. O’quvchilar o’z xoxishlariga ko’ra ularni bir yoki ikki o’rkachli qilib ishlaydilar. Tuyaning sirtidagi mayda detallar steklar yoki barmoqlar bilan silliqlab chiqiladi.
Bolalar “Tuyalar karvoni” kompozitsiyasini ishlashlari uchun sinfda alohida 3-4 ijodiy guruh tashkil etiladi va ularga guruh boshlig’i tayinlanadi. Bu boshliqlar guruh ishi uchun javob beradilar.
Guruh a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlanadi. Har bir kompozitsiya uchun bir karvonboshi, eshak yoki ot, it, 5-10 tagacha yuklar ortilgan tuyalar, tuya ustida o’tirib ketadigan 2-3 ta odam haykallarini yasash kerak bo’ladi. Ularning haykalini yasash guruh a’zolari orasida bo’lashib olinadi. Har bir bolaga bittadan haykalni yasash tavsiya etiladi. Har bir o’quvchi o’z vazifasini bajarib bo’lganidan so’ng, har bir guruh a’zosi kompozitsiya ustida ishlaydi. Kompozitsiya uchun taxminan 30-40 sm kattalikdagi fanercha kerak bo’ladi. Fanerning ustiga har bir figura quyidagi tartibda joylashtirib chiqiladi. Karvonning eng oldida it, so’ngra eshak mingan karvonboshi, tuyalar tasvirlanadilar. Tuyalarning ba’zilarida odamlar o’tirib olgan bo’lishlari mumkin. Karvonboshi kompozitsiyada eshakni yetaklab ketayotgan holda tasvirlanishi ham mumkin.
Mazkur mavzu ikki darsga mo’jallangan bo’lib, birinchi darsning ko’proq qismi o’qituvchining karvon haqida suhbati, shuningdek, it, eshak, tuya, odamlarning shakli, o’lchovi, tuzilishi haqida bo’ladi. SHu bilan birga topshiriq mazmuni, guruh a’zolarining o’z vazifalarini belgilab olishlari va kompozitsiya mazmunining o’zaro kelishib olishlari haqida bo’ladi. Ikkinchi dars to’laligicha o’quvchilarning mustaqil ishlariga bag’ishlanadi. Ish yakuni ikkinchi dars oxirida amalga oshiriladi. Bunda ijodiy guruhlar tomonidan tayyorlangan ishlar muhokama etilib, yaxshi ko’rsatkichga erishgan bolalar rag’batlantiriladi.
Uyga “Tuya va bo’taloq“ mavzusida haykal ishlash vazifa qilib topshiriladi.

Download 132.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling