O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Download 152.48 Kb.
|
disertatsiya new april ZZZ
Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga, Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! Sovchilari eshigida zor bo‘lsin — Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.30
Bu banddagi ritorik so‘roq gap Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! gapi bo‘lib, u orqali muallif, bir kuni boshing bolishga botar bo‘lsa, ya’ni kasal bo‘lib qolganingda senga qaraydigan qizlaringdan yaqin birorta kishing yo‘q, ular joningga malham bo‘ladi degan fikrni ifodalagan. Bu ham oddiy gapdan ko‘ra o‘zining ta’sir kuchi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ritorik so‘roq gapda ham kim so‘roq olmoshi asosiy vosita sifatida qo‘llangan. Muhammad Yusuf ijodi xalq tilining bor imkoniyatlarini, o‘zbek tilining barcha go‘zalliklarini o‘zida jamlay olgan, sodda, xalqona ohanglar bilan yo‘g‘rilgan, shuningdek, kuchli falsafiy ma’nolarga egaligi bilan o‘z davridayoq 30 Muhammad Yusuf., Saylanma., -T.: Sharq., 2007, B.288. barchaning diliga birdek kirgan, shu kirish barobaridan yuraklardan chuqur joy egallangan bir xazina hisoblanadi. Tilimizga xos qaysi xususiyatni tahlil qilishga harakat qilsak, albatta, uning ijod namunalari orasidan istagancha misol, tadqiq obyekti topishimiz mumkin. Jumladan, uning har bir she’rida ritorik gaplarning har bir mazmuniga mos keladiganini, ularni rang-barangligini va ma’lum bir vazifani bajarish uchun qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek she’riyatida esa bunday ijodkorlar talaygina. Quyida boshqa ijodkorlar, shoirlar asarlarida uchraydigan ritorik gaplaning ham tahliliga e’tibor qaratamiz. E voh, yer shuncha qattiq, Osmon shuncha uzoqmi?! 31 Bu misralar bugungi o‘zbek she’riyatining eng iste’dodli va yirik vakillaridan biri Usmon Azim qalamiga mansub. Bu ritorik so‘roq gap orqali muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy savol gap emas. Uning kuchli hayajonni ifodlayotgan ritorik gap ekanligi esa, misra boshida kelgan e, voh undovi va bayt oxiridagi tinish belgilaridan anglashilmoqda. Ritorik gaplarni hosil qilishda tinish belgilari ahamiyatli bo‘lganidek, undov so‘zlar, olmoshlar va yuklamalarning ham o‘z o‘rni borligi xususida yuqorida fiklarimizni bayon qilgandik. Bu misolda esa olmosh yoki yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi yuklanmoqda. Quyida Erkin Vohidovning hammaga mashhur “Kamtarlik haqida”gi she’ridan olingan parchadagi ritorik gapni aniqlashga va uni tahlil qilishga urinamiz: Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? Bu bandning yuqoridagi ikki misrasida berilgan fikrlarga nisbatan keyingi ikki misra javob sifatida ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Ya’ni garchi shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo odamzotga ham kerak emas degan yashirin inkor aynan ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Shoirning bunday ta’sirli, yuksak mahorat bilan yozgan misralari talaygina. Mana yana ulardan biri: O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Bog‘ingdan gul termagan kim bor… 33 Bu gap orqali ham yashirin tasdqi ma’nosi ifodalanganini ko‘rish mumkin. Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz. Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo, Kim sher yozmas mening yoshimda? 34 Bu band ham xuddi oldingisi kabi shakllantirilgan bo‘lib, unda ham olmosh, ya’ni kim so‘roq olmoshi vositasida yashirin tasdiqli gap berilgan. Uning impliqit ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: bu ko‘ngil hammani shaydo etadi, mening yoshimda hamma she’r yozadi degan mazmun mujassamlashgan. Download 152.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling